Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Oilaviy tadbirkorlik
Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad 
manbayiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga 
binoan 2018-yil 7-iyunda PQ–3777-son qaror
1
bilan
 
mamlakatimizning har 
bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir 
hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush 
tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini 
ta’minlashga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi qabul qilindi. 
Shu bilan birga, 2019-yil 7-martda bu boradagi yana bir muhim hujjat – 
davlatimiz rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish 
va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi PQ–4231-son qarori qabul qilindi
1
.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida maqsadli jamgʻarmalardan 
qoʻshimcha 5 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Umuman, tadbirkorlik 
tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2019-yilning dastlabki 5 oyida tijorat 
banklari orqali barcha hududlarga 6 trillion 200 milliard soʻm yoki 700 million 
dollardan ziyod mablagʻ ajratildi.
 
Gap oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish to‘g‘risida ketar ekan, er-
xotindan 
biri 
er-xotinning 
umumiy 
birgalikdagi 
mol-mulkidan 
foydalanadigan hollarda vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish masalasi muhim. Chunonchi, qonunlarda, nikoh 
shartnomasida yoki er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida 
1
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. 08.06.2018. 07/18/3777/1325-son 
1
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4231/2724-son 


36 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday holda er yoki xotinning roziligi talab 
qilinadi. Bunday rozilik notarial tasdiqlangan bo‘lib, qaysi mol-mulkdan 
foydalanishga kelishilgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkka tegishli maʼlumotlar 
qayd etilishi lozim.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish tadbirkorlikning er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular 
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik turida (ish 
muomalalarida) er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan 
ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan 
o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim. 
Oilaviy tadbirkorlikda er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-
mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga yetgan boshqa 
a’zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik 
faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy 
tadbirkorlik amalga oshirilayotganda uy-joy mulkdorlaridan birining ish 
muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a’zolarining 
notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining 
negizi, mulkning shakllanish holati bir-biridan farq qiladi. Yakka 
tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-
mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan 
foydalanishga yo‘l qo‘yadigan huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-
mulk negizida faoliyat ko‘rsatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida 
umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi.


37 
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda olib borish tartibi 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda 
hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarorida 
ham ko‘rsatilgan. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish