Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Tijoratchi tashkilot 
bu foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi 
qilib qo‘ygan subyekt (xususiy korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari, 
shirkatlari)bo‘lib, tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holatlari FK va 
boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. 
Tijoratchi bo‘lmagan
tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z oldiga 
muayyan maqsadni ko‘zlagan holda harakat qilib, foyda ko‘rishni 
ko‘zlamaydi. Bunday subyektlarga jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va 
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa va 
boshqalar kiradi. 
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jismoniy 
shaxslarga tadbirkorlik maqomiga ega bo‘lish imkoniyati berilib, ular ham 
tadbirkorlik huquqining subyektlari doirasiga kiritilgan.
Jumladan, Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga asosan fuqaro yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli. 
Yakka tartibdagi tadbirkor. 
2012-yil 2-mayda qabul qilingan 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi 


34 
tahrirdagi qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlari doirasi kengaytirilib, 
ular kichik tadbirkorlik subyektlari shaklida, jumladan, yuridik shaxs 
tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi 
tadbirkorlar ham kichik tadbirkorlik subyekti sifatida mastahkamlandi. 
Qonunga binoan har qanday fuqaro ham tadbirkor shaxs hisoblanmaydi, 
balki faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan o‘tib tadbirkor 
maqomini olgan fuqarolargina e’tirof etilishi mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) 
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga 
oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan 
mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, 
shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l 
qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli
1
.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) 
uchun ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan 
holda jalb etishga haqli. 
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda 
shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga 
haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi 
haqida dalolat berishi lozim. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri 
er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, 
agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi o‘zga 
kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmasa, er-xotinning roziligi talab 
qilinadi. 
Demak, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarining shakllari qonunda quyidagi tarzda mustahkamlangan: 

yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqi 
asosida, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, 
shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l 
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi 
to‘g‘risida”gi nizomi 


35 
qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk 
negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi 
tadbirkorlik; 

er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; 

ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda 
olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o‘z 
hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish 
majburiyatini olgan oddiy shirkat; 

yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini yuritish. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish (davlat roʻyxatidan o‘tishi) uchun shaxs 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi 
lozim. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish