3.Xulosa
Demak, Axborot uzatish sifatini yaxshilash uchun dispersiya
qiymatlari iloji
boricha minimal holatga olib kelish kerak, buning uchun dispersiya qiymatlari
minimal bo‟lgan DSF, NZDSF tolalarini qo‟llash dispersiyani kamaytirish
usullaridan biri ekan. O„zbekiston Respublikasi tolali optik aloqa
liniyalarida eng
ko„p yotqizilgan bu SF-standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib
o'tilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali kabellarni olib
tashlab, o„rniga dispersiya qiymati kichik bo„lgan DSF, NZDSF tolali optik
kabellami yotqizish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi.
Shuning uchun bu
usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan
ma‟qul. Eng ko„p yotqizilgan standart tolali kabellar bo„lgani uchun, bu
tolalar qo„llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani
kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak. DSF—dispersiyani
kompensatsiyalovchi tolalardan, asosan, xromatik
dispersiyani kamaytirishda,
regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli
tizimlarga o „tishda, to‟lqin uzunligi bo„yicha
14-rasm. DSF yordamida dispersiyani kompensatsiyalash
zichlashtirilgan TOATda foydalaniladi. DSF tolalarida
dispersiya qiymati
manfiy katta qiymatlarga ega bo'ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi
tolagadispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga
yaqinlashadi, ya‟ni kompensatsiya qilinadi (14-rasm). DSF tolalari “Corning”,
“Lucent Technologies”, “Sumitomo Electric” kompaniyalari tomonidan
ishlab
chiqarilmoqda. Lekin DSF tolalarini qo‟llash bir qancha muammolarni
tug„diradi:
— dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalami ulash, montaj va ta'mirlashni
murakkablashtiradi;
— DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo„qotishlarni yuzaga
keltiradi,
bu yo'qotishlar a= 0,4 -1,0 dB/km bo‟lib, uzatish liniyasining umumiy
yo„qotishlariga qo„shiladi;
— 10-12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1
km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
— nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo‟lishi uchun ishchi
tolaning umumiy dispersiya
qiymati va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o‟lchash kerak.
Kamchiliklarni yo„qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga
joylashtirilib,
ular
uzatish
tizimlarining
ustunlariga
yoki
optik
kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo„yiladi. Bu dispersiyani
kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi.
Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o„lchamlari
har xil
bo„lishi mumkin. Masalan, “Corning” B turdagi modullari 235x235x40 mm, D
turdagi 267x267x40 mm, C turdagi 278x432x44mm, “Sumitomo” firmasining
228x202x41 mm. Lekin, DCM qo„llanilganda ham kamchiliklar mavjud:
— qo„shimcha yo„qotishga olib keladi;
— qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi.
To„lqin uzunligi bo„yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli
tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1-0,2 ps/km -1/2 dan
oshmasligi kerak. DCM modullari qo‟llanganda
yuqoridagi kamchiliklarni
e‟tiborga olish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Фриман P. Boлоконно-oптические системы связи. M. Texнocфepa,
2003.
2.
Boлоконно-oптическая техника: Coвpeмeннoe cocтoяние и
преспективы», 2-e издания.. 2005.
3.
Optik aloqa asoslari / N. Yunusov [va boshq.]. O„zbekiston
Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi — T.: ChoMpon
nomidagi NMIU, 2014.