WDM to'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga
quyidagilar ta‟sir qiladi:
—kanallar orasida qadamning kamayishi;
— kanallar sonining oshishi.
Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash
usullaridan foydalaniladi.
8. Qutblangan moda dispersiyasi
Bir modali optik tolalarda, asosan, bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq,
qutblanishni hisobga olsak, bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular
boshlang„ich asosiy modaning o„zaro perpendikulyar qutblangan ikki tashkil
etuvchilaridir.
13-rasm. Qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishi
Bu tashkil etuvchilaridan
biri dominant hisoblanib, gorizontal X o „qi bo'ylab,
ikkinchisi vertikal yuzadan Y o„qi bo„ylab tarqaladi. X o„qidan uzatilgan moda
Y o„qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun X o„qini “tez
uzatadigan o„q”, Y o„qini “sekin uzatadigan o„q” deyiladi. Signal ideal aniq
geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar
qabul qiluvchi punktga bir
xii tezlik va bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik
noidealligi, shuningdek, turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish
ko„rsatkichlari assimetriyasining yuzaga kelishi sababli ikki o„zaro
perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo„yicha turlicha
kechikishi natijasida
turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang„ich signalning asosiy modasi
buzilgan holda yetib keladi. Ikki o„zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi
modalarning turli tezliklarda tarqalishidan boshlang„ich signalning buzilgan
holda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) deyiladi. 13-rasmda
QMD hosil bo„lishi ko„rsatilgan [2]. QMD hosil bo„lishiga asosiy sabab —
bu tola o„zagi geometriyasining buzilishi va noidealligidir. Tola o'zagining
noidealligi (ovalligining buzilishi), tola geometriyasining o „zgarishi ishlab
chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi.
Shuningdek, tolaning
bukilishlari, tolani jo „natish uchun maxsus g„altaklarga o„rash, so„ng uni
yotqizishdagi mexanik harakatlar tola profili yoki o„zakning qobiq markazida
joylashuvini buzadi va tola deformatsiyasiga olib keladi,
bularning barchasi
ham tola geometriyasining o„zgarishiga ta‟sir etib, qutblangan moda
dispersiyasining hosil bo„lishiga olib keladi. Qutblangan moda dispersiyasi
pikosekund (ps) da o„lchanadi. Tola defektlarining qo„shilishi va qutblangan
moda dispersiyasi bilan o„zaro ta‟sirda bo„lishi
natijasida seksiyadan
seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi ortib boradi.
Tolani xarakterlovchi bunday holdagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm -1/2
da o„lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir
uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarining o„rtacha
kvadratik yig'indisini qo„llash kerak.Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan
moda dispersiyasining ta‟siri ushbu hollarda oshadi:
— kanalda uzatish lezligi oshganda;
— regeneratorlar orasidagi
masofa uzaytirilganda;
— kanallar soni oshganda (DWDM) — zich toiqin uzunligi bo„yicha
zichlashtirilgan tcxnologiya qoilanilganda. Tolani ishlab chiqarish jarayonini
qatiy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini
kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: