www.ziyouz.com kutubxonasi
180
Dunyoni Xolidiylarga tashlab qochsinmi? Asqar Qosim ketdi. Nima o‘zgardi? Kim insofga
kirdi? Kimning ko‘zi ochildi? Uning isyonini kim anglab yetdi?
Anvarning xayoliga shu gaplar kelib, beixtiyor o‘rnidan turdi. Deraza oldiga borib,
osmonga qaradi. Osmon tund. Yulduzlar ko‘rinmaydi. Bulut ortiga yashiringan yulduzni
xayolan ko‘z oldiga keltirib, unga murojaat etdi:
— Meni olib ketsalaring yaxshi bo‘lardi. Zunnuniy bilan gaplashardim. Asqar Qosimdan
so‘raydigan gaplarim bor edi. O‘zimni o‘ldirishim qochmaydi. Orqamdan chirqirab
qoladigan bir etak bolalarim yo‘q. Hayotdan umidim ham yo‘q. Ammo hozir bir adolatni
tiklash imkoni tug‘ilganida, qochib qolish nomardlikda. O‘limdan qo‘rqayotganim yo‘q.
O‘lganimdan so‘ng Xolidiylarning xursand bo‘lishlarini istamayapman. Menga fursat
bering. Ozgina fursat...
Do'stlaringiz bilan baham: |