www.ziyouz.com kutubxonasi
115
turmang, kirovring.
Elchin uning salomiga alik ham olmadi. Qo‘l ham uzatmadi. U yolg‘iz bo‘lganida Jamshid:
«Yuring, Bek akam yo‘qlayaptilar», deb boshlab ketaverardi. Begona odamning o‘tirishi,
Elchinning sovuq qarashi uni bir oz sergaklantirdi.
— Qani, kirsangiz-chi? — dedi Zelixon.
— Uy egasi taklif qilmasalar...
— E, uy egasini qo‘yavering. Bugun chap yoni bilan turgan. Yutqizib qo‘yib, alam
qilyapti. Qani, bir qo‘l tashlaymizmi?
— Mayli, — Jamshid Elchinga qarab olib, ichkari kirdi.
— Yigirma birmi yo fantomasmi? — deb so‘radi Zelixon.
— Menga baribir, — dedi Jamshid.
— Demak, ustasiga farqi yo‘q ekan, — Zelixon shunday deb cho‘ntagidan taxi
buzilmagan qarta olib Jamshidga uzatdi. — Buzib, chiylang.
Jamshid qartani chaqqonlik bilan aralashtirdi. Uning qo‘li ishda bo‘lsa ham, xayoli
Elchinda, undan ko‘z qirini uzmas edi.
— Ko‘n ellikdan, — dedi Jamshid, o‘rtaga ellik so‘mlik tashlab.
— Yaxshi, — dedi Zelixon qo‘llarini bir-biriga ishqab, so‘ng cho‘ntagidan to‘rtta yigirma
beshtalik chiqarib, elliktalikning ustiga qo‘ydi, — Elligi qorong‘usi. Yurish yuzdan bo‘ldi.
Jamshid yana ikkita elliktalikni tashladi.
— O‘zingizga qaytdi, yurish ikki yuzdan.
— O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?!
Jamshid uchtadan qarta uzatdi. Zelixon qartalarga bir qarab olib o‘rtaga uchta yuztalik
qo‘ydi. Jamshid javob qaytardi. Yurish ming so‘mga yetganida Jamshid qartasini
tashladi.
— Yutdingiz, akaxon. Endi menga ruxsat. Siz bilan rosa chaqchaqlashadigan xonasi
ekan-u, ammo vaqt ziqroq. Akaxonimda ish bor edi. Bir joyga o‘tib kelishimiz kerak.
— Hozirmi? Ie, bu yog‘i necha puldan tushdi? Bir nozik odamni kutib turuvdigu? Juda
zarur bo‘lsa... Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi?
— Shunaqa qiling, ukaxonning sazasi o‘lmasin.
Jamshid, xuddi yangi yil kechasidagi kabi, indamay ketdi. Elchin ham uni gapga tutmadi.
Mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan Elchin jingalaksoch bu yigitdan ko‘z uzmasdi.
Jamshid orqa tomonidagi o‘tkir nigoh ta’qibini sezib, dam-badam ko‘zgu orqali unga
qarab olardi. «Urib, bog‘lab ketganimning alami bor», deb o‘ylardi u. Jamshid
Shilimshiqning gaplarini qaydan bilsin. Hozir nigohini qadab o‘tirgan odamning qahrli
hukm chiqarayotgani ham unga ma’lum emas. Zelixon «o‘lim oldida valdirayveradi»,
degani bilan, Shilimshiqning gaplari Elchinga haqiqatday tuyulaveradi. «Bu yigit ham
xotinim bilan bo‘lgan», deb ishonish, Noilaning xotirasiga balchiq chaplash bilan teng.
Ayni paytda, o‘zining gunohini ham bir karra oshiradi. Elchin har qancha gunoh yukini
ko‘tarishga rozi. Suygan yorining xotirasini bulg‘anishini istamaydi. Lekin u bechora
nima qilsin? Haqmi yo nohaqmi — gap aytildi. Birov orqali emas, o‘z qulog‘i bilan eshitdi.
«O‘lim oldidan valdirayveradi, emish... Balki so‘nggi nafasida Xudo insof berib rost
so‘zlab ketar?.. Uyimga kelganini bu hayvonning o‘zi ham aytdi-ku? Eng muhimi —
kelgan! Ichkariga kirganmi, kirmaganmi — bu bilan ishim yo‘q!» Hukm qat’iy edi. Endi
ijro etishgina qoldi.
3
Shahar markazidagi uch qavatli binoning saroymonand yerto‘lasidagi videobarda deputat
Orzubek xo‘jayinning kelishini kutib o‘tirardi. Bo‘tqa unga alohida ehtirom ko‘rsatdi —
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |