Tizimning kommunikatsiya qism bog'iamalari ma' iumotlami uzatish traktlari (yo'llari) - kanaliari (kompyuter
tarmog'iga o'xshab) bilan bog'langan tarmoqdan iborat. Bog’lamalar o’mida protsessorlar, xotira modullari,
kiritish/chiqarish qurilmaiari, kommutatorlar yoki sanab o'tilgan elementlarning bitta guruhga birlashtirilgan qismi
bo'lishi mumkin. Hisoblash tizimining ichki kommunikatsiyasining tashkil qilinishi topologiya deyiladi.
O'zaro ulanish tarmoq topologiyasini ko'p kanallar bilan ulangan bog'lamalar aniqlaydi. Bog'lamalar
orasidagi aloqa adatda “nuqta-nuqta” sxema bilan amalga oshiriladi. Kanallar bilan
ulangan har qanday ikki
bog'lama qo'shni yoki bog'liq bog' lamalar deyiladi. Har bir kanal bitta manba - bog'lama bilan bitta qabul qiluvchi
bog'lamani birlashtiradi. O'zaro ulanishning tarkibiy arxitekturasi, hech bo' lmaganda aniq masalaning bajarilish
vaqtida, o'zgarmas bo'lib qolishiga qarab, statik va dinamik topologiyalarga ajratiladi. Statik tarmoqlarda o zaro
ulanish arxitekturasi qayd qilingandir. Hisoblash jarayonida dinamik topologiyali
tarmoqlarda o zaro ulanish
tarkibiy arxitekturasi dasturiy vositalar yordamida tezkor o'zgartirish mumkin.
Tarmoq bog lamasi yoki terminal, ya ni ma'lumotlaming manbai yoki qabul qiluvchisi, yoki kommutator,
ya'ni axborotni kirish portidan chiqish portiga uzatuvchi, yoki ikkala vazifani bajaruvchi bo'lishi mumkin.
Bevosita aloqali tarmoqlarda har bir bog'lama bir vaqtning o'zida ham terminal,
ham kommutator sifatida
bo'ladi va xabar terminalli bog'lamalar orasida to'g'ridan - to'g'ri uzatiladi. Bevosita aloqaii tarmoqlarda bog'lama bir
vaqtning o'zida yoki terminal, yoki kommutator sifatida bo'ladi, shuning uchun ma'lumot protsessoming ajratilgan
kommutatsiyalash bog'lama!ari yordamida uzatiladi.
Hisoblash tarmoq topologiyalarining uchta ko'rsatkichlari quyidagilar
-
sinxronlashtirish strategiyasi;
-
kommutatsiyalash strategiyasi;
-
boshqarish strategiyasi.
Tarmoqda operatsiyalami sinxronlashning ikkita strategiyasi mavjud, bular - sinxron va asinxron. Sinxron
tarmoqlarda hamma harakatlar bir vaqtning o’zida signallar hamma bog'lamalarga uzatiladigan takt impulslarining
yagona generatori hisobiga ta'minlanadigan vaqt bo'yicha yuborilgan bo'ladi. Asinxron tarmoqlarda yagona
generator yo'q, tarmoqning turli qismlarida lokal generatorlar qo’llaniladi hamda sinxronlashtirish
vazifasi butun
tizim bo'yicha taqsimlangan.
Kommutatsiyalashning tanlangan strategiyasiga qarab, tarmoq kanallarini kommutatsiyalash va paketlarni
kommutatsiyalash bo'ladi. Ikkala variantda ham axborot paket ko’rinishida uzatiladi. Paket bitlar guruhidan tashkil
topgan bo’lib, uni belgilash uchun xabar terminidan foydalaniladi.
Ulanishlami kommutatsiyalash "tarmloqlarida tarmoqqa kommutatsiyalash elementlarini o’rnatish yo’li
bilan rnanba-bog'lamasidan qabul qiluvchi bog' lamasigacha, belgilangan joyga butun paket etib bormaguncha
saqlanadigan trakt (yo'l) shakllantiriladi. Aniq juft bog' lamaiar orasida xabarlami uzatish har doim bitta aloqa yo'li
bo'yicha amalga oshiriladi.
Tarmoq ulanishlari texnologiyasini boshqarishning tashkil qilinishiga qarab ham tasniflash mumkin. Ba'zi
bir, ayniqsa, ulanishni o'zgartirish mumkin bo'lgan, tarmoqlarda markazlashtirilgan boshqarishdan (!.6-rasm)
foydalaniladi. Protsessorlar (P) xizmat ko'rsatish uchun so'rovlar arbitrajini ishlab chiquvchi (masalan,
M xotira
moduliga) yagona tarmoq nazoratchisiga belgilangan muhimlik darajalarini hisobga olgan holda, so'rov jo'natadi va
kerakli bo'lgan aloqa yo'lini o'matadi. Bu turga shina topoJogiyali tarmoqlar kiradi. Protsessorli matritsaiar xuddi
markaziy protsessoming signalidan amalga oshiriladigan markazlashtirilgan boshqarishli tarmoqlardek quriladi.
Keltirilgan sxema paketlami kommutatsiyalash tarmoqlarida ham qo'llaniIadi. Bu yerda paket sarlavhasida
saqlanuvchi yo'naltirish tegi beigilangan bog'lama manzilini aniqlaydi (teg - bu bir necha bit). Ko'pchilik ishlab
chiqarilayotgan hisoblash tizimlari boshqarishning xuddi shu turiga egadir.
Boshqarish markazlashtirilmagan tizimlarda boshqarish funksiyasi tarmoq bog' lamalari bo'ylab tarqatilgan.
Markazlashtirilgan variant sodda amalga oshhriladi, biroq bu holatda tarmoqni kengaytirish bir qancha qiyinchiliklar
bilan bog' liq. Markazlashtiriimagan tarmoqlarga qo'shimcha bog'lamalarni ulash osonroq,
ammo bunday
tarmoqiarda bog'lama!aming o’zaro ishlashi nisbatan murakkabdir.
Bir qator tarmoqlarda bog’lamalar orasidagi aloqa ko'p kommutatorlar tomonidan ta'minlanadi , biroq bitta
kommutatorli tarmoqlar ham mavjud. Kommutatorlar sonining ko pligi xabarlami uzatish vaqtining oshishiga olib
keladi, biroq sodda ulab berish elementlarini qo'llash imkonini beradi. Bunday tarmoqlar odatda ko'p pog'onali
quriladi.
Topologiyani tanlashda ma'lumotIami yetkazish turi ya yo'na!tirish funksiyasi asosiy rnasaWsrdan biridir.
Har bir bog'lamaga yagona takrorlanmaydigan manzil beriladi. Yo'naltirish asosi bo'lib bog lamalaming manzili
xizmat qiladi. Bu manzillardan, aniqrog’i, ulaming ikkilik sanoq tizimidagi ko'rinishidan kelib chiqib,
statik
topologiyalarda bog'lamalaming ulanishi yoki dinamik topologiyalarda kommutatsiya amalga oshiriladi.
Hisoblash tizimlari quriiishining statik topologiyalarini ko'rib chiqamiz.
lkkita bog’lama orasida faqat bitta qayd qilingan yo'l bo lsa, statik topologiya hisoblanadi, ya'ni statik
topologiyali tarmoqlarda kommutatsiyalash qurilmalari bo’lmaydi. Agar bunday qurilmalar bor bo'lsa ham, ulardan
aniq bir masalani bajarish oldldan foydalaniladi, hisoblash bajarilayotgan vaqtda esa tizim topologiyasi
o’zgarmaydi.
Statik
tarmoqlami tasniflash uchun, ko pincha, ulaming o'lchami tanlanadi. O'lchami j ihatidan ular
quyidagi turlarga bo'linadi:
-
bir o'lcham!i topologiya (chiziqli massiv);
-
ikki o lchamli topologiya (lialqa, yulduz, daraxt, panjara, sistolik massiv);
-
uch o'lchamIi topologiya (to'liq aloqali topologiya, xordal halqa);
-
giperkub topologiya.
Statik topologiyalaning asosiy turlarini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: