I - БОБ. АХБОРОТ – ҲИСОБЛАШ ТАРMОҚЛАРИ ЗАMОНАВИЙ ҲОЛАТИ ВА UЛАРНИНГ
НОАНИҚЛИKЛАРИ MАСАЛАЛАРИНИ ЎРГАНИШ
1.1.
Ахборот-ҳисоблаш тизиmларининг таснифланиши ва uларнинг асосий топологияси
Hisoblash tizimi (HT) keng tushuncha bo'lib, ulaming tashkiliy asosida bir necha hisoblash mashinalarini
Yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali ishlov berish teziigini boshqarish qoidasi yotadi.
Tizim so'zining bir nechta asosiy tushunchalarini korib chiqamiz.
Tizim (grekcha
systema - to'liq bog'lanishli qismlardan iborat) - bu ma lum to liqlikni, birlikni tashkil
etuvchi bir-biri bilan o'zaro bog'liq elementlar majmuasi hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko'p
qo’llaniladigan bir nechta tushunchalarni keltirib o’tamiz.
1.
Tizim elementi - bu ma'lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning tashkil etiivchisi. 0'z navbatida bir
muncha oddiy, o'zaro aloqaga ega elernentlardan iborat tizimning murakkab elementlari ko'p hollarda qism tizimlari
deb ataladi.
2.
Tizimning
tuzilishi - bu xususiy holda, turli xil holatdagi ciementlarni tizim doirasida cheklashda paydo
bo'Iuvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o'zaro aloqasining kelishuvi.
3.
Tizim struktnrasi - bu tizimning asosiy xususiyatini belgilovchi tarkibi, tizim elementlari o’zaro aloqasining
tartibi va qoidalari. Agar tizimning alohida elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimiangan bo iib.
elementlarning ichki aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada turuvchilari va aksincha ko'rinishda tashkil
qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali tizim bo'Iadi.
4.
Tizim arxitekturasi - bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan tizimning xususiyatlari majmui. Axborot
tizimlarida arxitekturaning munosabati - bu kompyuter va dasturiy komponentlaming mantiqiy qurilishi va ular
orasida vazifalaming taqsimlanishini bildiradi.
Hisoblash tizimlarini qurishning turli xil variantlari, tanlanadigan hisoblash elementlarini bog'lash
strukturasi va apparat dasturiy vositalaming arxitekturasi yechiladigan masalaga bog'!iq bo'ladi.
Hisoblash
tizimlariga bitta kompyuter echa olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
-
murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab konstruksiyalar (bino, ko'priklar) ni
loyihalash;
-
ob-havo bashorati, iqlim va ekologiya o'zgarishini modellashtirish;
-
masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash;
-
foydali qazilmalami qidirish va o’zlashtirish;
-
astronomiya, yer sathi tasvirlariga ishlov berish;
-
murakkab elektron sxemalar (superkomputerlar) ni loyihalash.
HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo'yicha xizmat ko rsatish (lokal,
korporativ va globai kompyuter tarmoqlari) sohalarini avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi,
kimyo va biologiya, yangi dori
vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq topdi.
Hisoblash tizimi deganda foydalanuvchi masalalarini tayyorlash va yechish uchun mo'IjaIlangan birgalikda
ishlovchi protsessorlar yoki kompyuterlar, tashqi qurilmalar va dasturiy ta'minotlaming to’plami tushuniladi.
HT hisoblash vositalarining mavjudligi nuqtai nazaridan bir mashinali, ko’p mashinali va ko'p protsessorli
turlarga bo'linadi. Bitta quvvatli kompyuter va ko'p funksiyali pereferik qurilmalari bilan HT qurishning eng oddiy
varianti hisoblanib, barcha pereferik qurilmalar (ayniqsa, masofadan turib erkin foydalanish yoki ishlov berish)
avtonoxn hisoblash qurilmalari vazifasini bajaradi.
Ko’p mashinali HT markazlashgan (masalaning yechilishi boshqaruvini belgilangan kompyuter bajaradi)
yoki markazlashmagan (tizim kompyuterlari teng huquqli) boshqaruvli an'naviy arxitekturadagi kompyuterlar
arxitekturasidan tashkil topadi. Bundan tashqari HT hududiy-to’plangan (barcha kompyuterlar
bir-biiiga yaqin
joylashgan) va hisoblash tarmoqlari (lokal, global) ko'rinishida taqsimlangan bo’Iishi mumkin. Hisoblash tizimlarini
bunday tashki! qilishda komponentlar bir biri bilan tezkor aloqa kanallari yordamida bog'lanadi.
Ko'p protsessorli HT buyruq va ma'lumotlar oqimiga parallel ishlov beruvchi, ya ni bitta katta masalaning
har xil bo’laklarini echuvchi protsessorlar to'plamidan tashkil topadi. Ko'p protsessorli tizimlaming klassik misoli -
bu super EHM.
Shunday ekan, hisoblash tizimi yoki tarmog’i foydalanuvchilaming individual va korporativ masalalarini
echish uchun o’zaro bog' iangan va birgalikda ishlovchi protsessorlami, kompyuterlami,
pereferik qurilma va
kommunikatsion vositalami o’zida aks ettiradi.
Hisoblash mashinalari, tarmoqlari va tizimlarini tashkil etish va boshqarishning nazariy asosini quyidagi
fanlar tashkil yetadi:
-
axborot nazariyasi elementlari - axborotlar miqdori, kanalning o’tkazuvchanlik
qobiliyatini, «signal -
shovqin» munosabatini olchash, kodlash, siqish va axborotni tiklash;
-
sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi elementlari - hisoblash tizimlari, sonni turli xil tizimlanla
tasvirlash, sonlar ustida amallar, tasvirlash va amal natijalarining aniqligi;
-
matematik mantiq elementlari - mantiqiy ifoda va o'zgaruvchilar, ular ustida amallar,
sxema elementlari,
mos o'zgartirishlarga asoslangan bog'lamalar va EHM sxemalarini ulash;
-
algoritmlar nazariyasi elementlari - davriy, tarmoqlanuvchi, iteratsion jarayonlar, ulaming xususiyatlari;
-
amaliy matematikaning boshqa bo'limlari - graflar nazariyasi, tarmoq konfiguratsiyasini topologik
o'zgartirish.
Kompyuterli jihozlanishi bo'yicha hisoblash tizimlarining quyidagi turlari bo'ladi:
-
bir turdagi;
-
bir turda bo’lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: