Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


II – bob. Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining migratsion



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana04.10.2020
Hajmi0,69 Mb.
#49494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar

II – bob. Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining migratsion 

jarayonlarda  ishtirokining tahlili 

 

2.1 

Globallashuv 

sharoitida 

O’zbekiston  aholisining    migratsion 

jarayonlardagi  ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari 

Bugungi    globallashuv  sharoitida  ertangi  kunimiz,  bugundan  yaxshiroq 

bo’lishini hohlar ekanmiz, dunyo bo’ylab yuz berayotgan migratsiya jarayonlarini 

va  uning    rivojlanish  muammolarini  o’rganishimiz  zarur.  Buning  uchun  ayniqsa, 

aholining  soni    va  ko’payishi  sabablari  hamda  uning  migratsiyasi  omillari  bilan 

bog’liq bo’lgan demografik  ko’rsatkichlarni  tarixiylik  prinsiplaridan kelib  chiqib, 

retrospektiv usulda talqin qilmog’imiz talab etiladi.    

Avvalambor  ta’kidlash  joizki,  bugun  ijtimoiy  tarix  va  demografiya 

fanlarining umumiy rivojidagi o’zaro bog’liqlik kuchayib, demografik vaziyatning 

buguni  va  kelajagiga  bo’lgan  qiziqish  aholishunoslikning  o’tmishiga  bo’lgan 

e’tiborni  kuchaytirmoqda.  Boshqacha  aytganda,  «biz  qanchamiz?,    kelajakda 

qancha  bo’lamiz?»  -  degan  savollarga  javob  berishdan  avval  «biz  qancha  edik?» 

degan  savolga  javob  berishimiz  lozim.  Chunki  uzoq  davr  mobaynida,  yetmish 

yildan ortiqroq hukmronlik qilgan sovet davlatida demografik jarayonlarga yetarli 

e’tibor  berilmadi.  Shu  bois,  demografiya  masalalarini,  xususan  aholining  bir 

joydan  boshqa  joyga  qo’chishi  (migratsiyasi)ni  tadqiq  etishda  ham,    o’zaro 

fanlararo yondoshuv nihoyatda zarur bo’lmoqda.  

Dunyo aholisi son va sifat jihatidan o’zgarmasdan bir nuqtada turaveradigan,  

tarixiy taraqqiyotga befarq qaraydigan muayyan narsa emas. Hozirgi paytda dunyo 

aholisining soni yiliga 74-76 mln. kishiga  ko’paymoqda.

41

 Bu bilan  XXI asrning 



dastlabki  50  yilida    dunyo  aholisi  soni  oshib, 9,1    mlrd.  kishiga  yetadi.

42

  Jamiyat 



tashkil topganidan to hozirgi davrga qadar mavjud bo’lgan tarix–bu aslini olganda, 

aholining tarixidir.  

                                                      

41

 Джоэл Коэн. Демография.  // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 18.   



42

 Джоэл Коэн. Демография.  // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 17.   




 

43 


 

 

Shu  bois,  har  qanday  tarixiy  davrda  jamiyat  taraqqiyoti  darajalarini 



belgilaydigan  muayyan  baholash  mezonlari  tizimi  shakllangan  va  ularning 

xarakteri,  mazmuni  dinamik  o’zgarib  turgan.  Hozirgi  davrda  xalqaro  ijtimoiy  –

siyosiy  munosabatlarning  globallashuvi  bu  mezonlarni  “tahrir”  qilmoqda.  Uning 

asosida  esa,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  inson  omili  ustivorlashuvi 

yotadi.  Zero,  inson  ijtimoiy–siyosiy  va  geografik  mobilligi,  bir  tomondan,  uning 

ongi  va  turmush  tarzidagi  stereotiplarni  o’zgartirishiga  olib  kelayotgan  bo’lsa, 

ikkinchi  tomondan,  inson  omilining  intellektual  salohiyati,  “mehnat  sifatlari”  – 

bilim,  kasb,  malaka,  tajriba  va  boshqa  ijtimoiy–ruhiy  ko’rsatkichlari  umumiy 

mobilligini  rag’batlantiruvchi  omil  sifatida  qaralishi  kerak.  Xususan,  insonning 

migratsiya  jarayonida  siyosiy  stereotiplari  o’zgarishi  va  sosiomadaniy  dinamik 

rivojlanishini globallashuv kontekstida tahlil qilish muhim nazariy, metodologik va 

amaliy ahamiyatga ega. Chunki, aynan shu masalalar dorasida milliy identifikasiya 

xususiyatlari  namoyon bo’ladi.  

Migratsiya  jarayonlari  hamma  vaqt  barcha  davlatalarda  obektiv  zaruriy 

jarayon sifatida ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelgan. O’zbekistonning hozirgi 

davlat hududida  yashagan  halqlarning uch  ming  yillik  tarixiga nazar tashlaydigan 

bo’lsak,  eramizdan  avval  VI  asrda-Eronlik  ahmoniylar,  IV  asrda-Yunon 

bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida-Xitoyliklar, VII 

asrlarda-arab badaviylari, XIII asrlarda-mo’g’il istilochilari,  XIX asrdan boshlab, 

avval  Chor  Rossiyasi,  keyin  «qizil  imperiya»  iskanjasida  ezilib  yashaganligiga 

guvoh bo’lamiz. 

Shulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo’lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz 

bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug’iladi. Uzoq davom etgan 

bu  milliy  fojeaning  asosiy  sababi-millatning  g’oyaviy-mafkuraviy  tarqoqligi, 

parokandaligidir.  Zero,  milliy  tariximizda  ozodlik,  mustaqillik  uchun  kurashib 

yorqin  iz  qoldirgan:  Shiroq,  To’maris,  Spitamen,  Muqanna,  Najmiddin  Kubro, 

Jaloliddin  Manguberdi,  Maxmud  Tarobiy,  Temur  Malik  va  boshqa  buyuk  milliy 

qahramonlar  xalqni  ozodlik,  mustaqillik  g’oyalariga  sobit  ergashtirishga  harakat 




 

44 


 

 

qilganlar.  Milliy  g’oyaning,  jamiyat  mafkurasining  xalq  ishonchi,  mukammal 



e’tiqodiga to’la aylanmaganligi sababli mag’lub bo’lganlar.  

O’zbekiston  mustaqillik  yillarida  milliy  davlatchilikning  shakllanish 

jarayonida ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar, xususan, kiril alifbosidan lotin 

alifbosiga  asoslangan  o’zbek  yozuviga  o’tilishi,  Sharq–G’arb  sivilizasiyasi  yoki 

musulmon–xristian  konfessiyalari  to’qnashuvlarisiz,  demografik  ko’chishlarni 

etnik mojarolarsiz amalga oshishiga yordam berdi. Chunki zamonaviy dunyo ilm–

fani  va  adabiyotida  o’zbek  tilini  o’rganishga  moslashuvning  qiyin  kechishi 

natijasida  (bu  holat  sobiq  sovet  ittifoqida  mavjud  bo’lgan  tillar  ichida  rus  tilidan 

boshqa  barchasiga  tegishli),  farzandlarining  kelajagini  o’ylab  taraqqiy  etgan 

davlatlarga  ko’chib  ketuvchi  odamlar  soni  kundan–kunga  oshib  boradi.  Avvaliga 

Qrim  tatarlari,  nemislar,  keyin  yahudiylar  va  boshqa  millatlar:  Rossiya,  Yevropa 

davlatlari, AQSh va Isroil kabi mamlakatlarga chiqib keta boshladilar. 

Mamlakatdagi  navbatdagi  katta  ko’chish  o’tgan  asrning  90–yillar  oxiri 

2000–yillarning  boshlariga  to’g’ri  keladi.Ushbu  ko’chishni  etnik  vataniga  qaytish 

jarayoni  deb  baholasa  bo’ladi  va  unda  asosan  rusiy  zabon  aholining  (ruslar, 

ukrainlar, tatarlar, beloruslar, latishlar, estonlar, litovlar, armanlar, gruzinlar va shu 

kabilar)  Rossiya, Ukraina va Boltiq bo’yi mamlaktlariga ko’chishi boshlandi. Bu 

vaqtda ham intellektual salohiyatga ega kishilar, ko’pincha ilmiy tahqiqotchilar va 

o’z o’rniga ega bo’lgan universitet o’qituvchilarining bir qismi Yevropa va AQSh 

ga  keta  boshlaydilar.  Ko’chish  davrida  boshqa  millat  vakillari  bilan  birgalikda 

mamlakatning  eng  yuqori  intellektual  salohiyatga  ega  bo’lgan,  ko’proq 

yevropacha,  aniqrog’i  rusiy  zabon  mahalliy  kishilar  ham  ko’pchilikni  tashkil 

etardi.  Ularning  aksariyat  qismi  tabiiy  fan  sohalari  vakillari  bo’lib,  ular  taniqli 

fizik–yadrochilar, ximiklar, biologlar, matematiklardan iborat bo’lishgan. 

Mamlakat  hududidagi  migratsion  jarayonlarning  uchinchisi  esa,  2005 

yillardan  avj  ola  boshladi.  Bu  vaqtda  endi  avvaldan  shu  hududda  yashab  kelgan 

qozoqlar, qoraqalpoqlar va qisman qirg’izlarning Qozog’istonga ko’chishini misol 

qilish  mumkin.  Ularning  asosiy  qismi,  to’g’rirog’i  yoshlar  ushbu  mamlakatning 

to’liq  fuqaroligini  olish  uchun  “repariasiya”,  ya’ni  “ko’chirib  kelish” 



 

45 


 

 

(Qozog’istonda  “oralman”)  maqomi  bilan  ko’chib  keta  boshladilar.  Bu  vaqtda 



Qozon  va  boshqird  tatarlari  Tatariston,  Boshqirdiston  va  Rossiyaning  boshqa 

hududlariga oila a’zolari bilan keta boshladilar.   

O’zbekistonning  mustaqil  davlat  sifatida  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar 

tizimiga qo’shilishi uni jahon mehnat bozorida ham faol qatnashishini taqozo etadi. 

Iqtisodiyotni 

isloh 


qilishning 

dastlabki 

yillaridagi 

joylashtirish 

bilan 

shug’ullanuvchi  barcha  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  yoki  xorijiy  ish  beruvchilar 



bilan  xususiy  ravishda  kontrakt  tuzilgan  fuqarolar  hamda  ishlash  uchun 

O’zbekistonga  kelayotgan  chet  el  fuqarolari  tegishli  davlat  idoralaridan 

ruxsatnoma (lisenziya) olishlari lozim.  

Boshqacha    qilib  aytganda,  mamlakatimizda  qabul  qilingan  huquqiy, 

tashkiliy-iqtisodiy  xususiyatga  ega  bo’lgan  hujjatlar,  tashqi  mehnat  migratsiyasi 

sohasida  davlat  siyosatining  asosiy  vazifalarini  hal  etishga  yo’naltirilgan,  ya’ni 

milliy  mehnat  bozorida  ishchi  kuchi  kasb-malaka  tarkibini  muvozanatga 

keltirishga,  xorijda  ishlayotgan,  yashirin  tashqi  mehnat  migratsiyasining  oldini 

olishga  va  boshqalarga  qaratilgan.  Ayni  vaqtda  O’zbekistonda  mehnat  bozorini 

axborot  metodik  bazasi  shakllanishiga  qarab,  davlat  migratsiya  xizmatini  yanada 

kengaytirish bilan bir qatorda shunday vazifani bajaruvchi muqobil xizmatni ham 

rivojlantirish choralari qidirilmoqda.  

Migratsiya    jarayonidagi    katta  o’zgarish    1989-1990  yillarda  ro’y  berdi. 

Ushbu  ikki  yil  ichida  O’zbekistondan  rasmiy  ma’lumotlarga  ko’ra,  400  mingga 

yaqin odam ko’chib keldi, migratsiyaning manfiy qoldig’i esa –233,7 ming kishini, 

shu  jumladan,  xorijiy  mamlakatlar  bilan  –34,1  ming  kishini  tashkil  qildi.    SSSR 

parchalangandan  keyin,  O’zbekistonda  migratsiya  jarayoni  butunlay  o’zgardi. 

O’zbekistondan  rusiyzabon  va  boshqa  millatlarning  ko’chib  ketishi,  aksincha 

O’zbekistonga  qo’shni  respublikadan  o’zbeklarning  ko’chib  kelish  tendensiyasi 

kuchaya boshladi.

43

 

Keyingi  yillarda  O’zbekistonda  rusiyzabon  aholining  ko’chib  ketishi  keskin 



kamaymoqda.    Bundan  tashqari  mamlakatimizda  ko’chib  ketganlarning  yana 

                                                      

43

 

http://demoscope.ru/weekly/2015/0639/index.php



  


 

46 


 

 

qaytib  kelishi  (reyemigratsiya)  sharoitlari  kuzatilmoqda.  Mustaqillik  yillarida 



O’zbekistonda  ichki  migratsiya  harakatlarining  pasayishi    kuzatilmoqda,  uning 

asosiy sabablaridan biri, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi murakkab sotsial-

iqtisodiy o’zgarishlar jarayonidir. 

O’zbekistonda  hozirgi  paytda    yashash  joyini  o’zgartirish  bilan  bog’liq 

bo’lgan  qishloq-shahar  yo’nalishidagi  doimiy  migratsiya  va  o’qishga,  ishlashga 

(vaqtinchalik)  keladigan    vaqtinchalik  migratsiya  oqimlari  ham  sezilarli  darajada 

kamaydi.  Ma’lumki,  shaharlardan  rusiyzabon  aholining  ko’chib  ketishi  yildan-

yilga  ko’payib  bormoqda.    Ushbu  vaziyat  respublikada  azaldan  past  bo’lgan 

urbanizasiya darajasining yanada kamayishiga olib kelmoqda. 

 

Aholi  migratsiyasining  yo’nalishlari  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 



rivojlanishi  va  joylanishi  bilan,  xo’jalik  tarmoqlarining  ishchi  kuchi  bilan 

ta’minlanganlik  darajasi  va  aholining  turmush  darajasidagi  tafovutlar  bilan 

belgilanadi.  Ko’chib  yuruvchi  aholi  to’rt  yo’nalish  bo’yicha  harakatlanadi.  Bular 

shahardan  shaharga,  shahardan  qishloqqa,  qishloqdan  shaharga  va  qishloqdan 

qishloqqadir.  Aholi  harakati  yo’nalishlari  millatlar  orasida  har  xil  bo’lib,  o’zbek, 

qozoq, tojik, turkmanlar asosan qishloqdan shaharga yo’nalishida harakat qilsa rus, 

ukrain,  yahudiylar  shahardan  shaharga  yo’nalishida  harakat  qilishganligi  statistik 

ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi.  

 

O’zbekiston  mustaqil  davlat  deb  tan  olingan  bir  davrda  aholining  milliy 



tarkibini  o’rganish  katta  ahamiyatga  egadir  chunki  millatlarning  ko’payish 

istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial-

iqtisodiy  rivojlanish  yo’lini  aniqlashda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki 

O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib 

kelmoqda.  Ayniqsa  qishloq  joylarida  yashaydigan  aholining  migratsion 

harakatchanligini  oshirish  muammosi  eng  dolzarb  bo’lib  qolyapti.  Ana  shu 

muammolarni  to’g’ri  hal  etish  O’zbekiston  Respublikasi  aholisining  xududiy 

harakati va undagi o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda. 

44

 

                                                      



44

  Исраилова  Дилфуза  Каримовна.  Современная  миграционная  ситуация  в  Узбекистане  и  пути  её 

регулирования. http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1429343880 



 

47 


 

 

 



Hozirgi  kunda  eng  dolzarb  muammolardan  biri  qishloq  oilalarida  ortiqcha 

ishchi  kuchining  to’planib  qolishidir.  O’zbekiston  iqtisodiyotining  hozirgi 

taraqqiyotida  ishlab  chiqaruvchi  kuchlardan  oqilona  foydalanishning  zarurligi, 

kichik va  o’rta  shaharlarni har tomonlama  rivojlantirishni taqazo  etadi.  Kichik  va 

o’rta  shaharlarda  mahalliy  hom  ashyo  hisobiga  yangi  sanoat  tarmoqlarini  tashkil 

etish  yoki  xalq  hunarmandchiligining  umuman  xalq  iste’mol  buyumlari  ishlab 

chiqarishning  xilma  xil  tarmoqlarini  rivojlantirish  asosida  yangi  ish  joylarini 

tashkil  qilib,  ortiqcha  mehnat  yoshidagi  aholini  ish  bilan  ta’minlash  muammosini 

ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni 

rivojlantirish  hisobiga  u  yerga  qishloq  joylaridagi  ortiqcha  ishchi  kuchlari  jalb 

qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi.  

Bugun O’zbekistonda migratsiya progressiv asosida rivojlanmoqda. Mazkur 

mavzuni  ilmiy  jihatdan  tadqiq  etish  katta  mablag’  va  vaqt  talab  etadi.  Ushbu 

mavzuni  yoritish  ham  malakaviy  bitiruv  ishi  chegaralaridan  katta  bo’lib 

hisoblanadi.  Shu  sababli  biz,  mavzuni  o’rganish  uchun  sosiologiya  fanida  keng 

tarqalgan “biografik uslub”dan  foydalanish bilan cheklandik. Mazkur uslub bilan 

muhojirlar  tomonidan  yozilgan  xat,  kundalik  daftar,  memuarlar  o’rganilib 

chiqiladi.  bizning  nazarimizda,  migratsiya  jarayonida  ishtirok  etayotgan  har  bir 

O’zbekistonlikning  yaqin  qarindoshlari  bor.  Ular  olgan  xat  (bu  elektron  xat  ham 

bo’lishi  mumkin)  va  ayrim  kundalik  daftarlari,  rasmiy  hujjatlar  va  foto  hujjatlar 

ham bo’lishi tabiiy. Ularni o’rganish natijasida migrant ijtimoiy , iqtisodiy ahvoli, 

ruhiy holati haqida muayyan tasavvurlar shakllanadi.

45

 

Mamlakatimizda  demografik  jarayonlarning  murakkab  ko’rinishiga  sabab 



bo’lgan  omillardan  biri  aholining  hududlar  bo’ylab  notekis  taqsimotidir.  

Aholining  mamlakat mintaqalarida  turli  zichlikda  joylashuvi o’ziga  xos  muammo 

hisoblanib,  bu  holat  mamlakatning  tarixiy  –  geografik  va  tabiiy–iqlimiy 

xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan. Respublikamizda aholi soni sezilarli darajada 

o’sib  borayotganligi  sababli,  uning  zichligi  ham  oshib  bormoqda,  Aholi  zichligi 

                                                      

45

  "Трудовая  миграция  в  республике  Узбекистан:  социальные,  правовые  и  гендерные  аспекты".  09:42 



27.11.2008. http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1429343880

 



 

48 


 

 

ko’rsatkichlariga  tabiiy  geografik  iqlim,  iqtisodiy,  ijtimoiy  ,  siyosiy,  madaniy  va 



shu  kabi  omillar  ta’sir  qiladi.  Shuningdek,  aholining  migratsiya  harakatlari  ham 

mehnat  potensialining  hududlar  bo’ylab  qayta  taqsimlanishi  va  takror  ishlab 

chiqarishning yuzaga keltiruvchi asosiy manbalaridan biridir. 

Demografik  va  migratsion  haraktlar  bevosita  aholi  soniga  ta’sir  qilib 

qolmasdan,  uning  yosh  va  jins  strukturasi  o’zgarishlarga  ham  sabab  bo’ladi. 

Aholining  yosh  va  jins  strukturasi  o’zgarishlarga  ham  sabab  bo’ladi.  Aholining 

yosh  va  jins  tarkibi  mehnat  potensialining  ham  miqdor  ham  sifat  jihatidan 

shakllanishining bosh omillaridan hisoblanadi.  

Mehnatga  yaroqli  yoshdagi  aholi  sonining  nisbiy  va  mutloq  ko’rsatkichlari 

o’zgarishi:  mehnat  potensiali  shakllanishiga  va  u  orqali  mamlakat  iqtisodiy 

taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun migratsiya jarayonini 

boshqarish, tashkillashtirish va nazorat qilish lozim. Ma’lumki, aholining barqaror 

rivojlanishida,  tug’ilish  jarayonlarining  u  yoki  bu  darajada  tartibga  solinishida 

davlat  siyosati  hamda  mavjud  milliy  an’analar  va  diniy  qadriyatlar  ta’sir  kuchiga 

ega.  Tabiat  qonuniyatidan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  yangi  insonning  dunyoga 

kelishida  jins  omili  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Migratsion  jarayonlarda  ilk 

vaqtlarda  erkak  jinsiga  mansub  bo’lganlar  faol  qatnashgan  bo’lsalar,  keyinchalik 

ayollarning  ham  bunda  ishtirok  darajasi  keskin  oshib  bormoqda.  Bu  esa, 

mamlakatning  kelajakdagi  demografik  istiqbolini  belgilashda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  quyidagilarni  yakun  sifatida  keltirish 

mumkin:  mamlakatimizda  migratsiya  muammolarini “biografik” uslub yordamida 

tahlil  qilish,  uning  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ruhiy–ma’naviy  jihatlarini  yoritishga  va 

boshqaruvda  muqobil  vostalarni  tanlashga  xizmat  qiladi;    Migratsiyaning 

nomuntazam ichki va tashqi ko’rinishlari jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishiga 

o’ziga  xos  ta’sir  qilib,  uni  boshqarish  muammosi  xalqaro  hamkorlikni  taqozo 

qiladi.  

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ishga 

joylashtirilganlarning  ko’pchiligini  ilk  bor  ish  qidirayotganlar,  shuningdek,  o’z 

hohishiga ko’ra va korxonalar qayta tashkil qilinishi hamda tugatilishi munosabati 




 

49 


 

 

bilan  ishdan  bo’shaganlar  (241,9  ming  kishi),  kasbiy  ma’lumotga  ega  bo’lgan 



shaxslar  (214,9  ming  kishi),  30  yoshgacha  bo’lgan  yoshlar  (262,1  ming  kishi) 

tashkil etadi

46



2011 yilda Hududiy Bandlik dasturini amalga oshirish natijasida 1 millionta 



yangi ish o’rinlari tashkil etilib,  uning 68  foizdan  ko’prog’i kichik biznes, xusuiy 

tadbirkorlik  va  fermerlikda,  28  foizdan  ortig’i  kasanachilikning  turli  shakllarini 

kengaytirish hisobidan yaratildi. 2012 yilda esa mamlakatimizda kompleks chora-

tadbirlar  dasturini  amalga  oshirish  hisobidan  1  millionta  yangi  ish  o’rni  tashkil 

etildi. Bu ish o’rinlarining 62 foizga yaqini qishloq joylarda yaratildi. Shuningdek, 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirsh  hisobiga  485  ming  kishi, 

kasanachilikda 218 ming kishi ish bilan ta’minlandi

47

.    



 

O’zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar 

natijasida  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  shakllantirildi.  Mamlakatda 

mavjud bo’lgan mehnat salohiyatidan samarali foydalanish bu maqsadga erishishni 

ta’minlovchi  muhim  omillardan  biridir.  Demak,  aholining  tabiiy  harakatlanishi. 

uning takror yaratilishi ko’pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti, 

urbanizasiya  darajasi,  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlar,  madaniyat  va  maishiy 

turmush  an’analari,  milliy-tarixiy  omillar  bilan  belgilanadi.  Ular    aholining 

tug’ilish darajasi va o’rtacha umr ko’rish yoshiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, bu esa 

mamlakatdagi  mehnatga  layoqatli  aholi  miqdoridagi  o’zgarishlarni  vujudga 

keltiradi. 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish