23
Рязанцев С.В., Ткаченко М.Ф. Мировой рқнок труда и международная миграция. – М.: Экономика, 2010. –
С. 151.
20
Jadval № 1
Dunyo bo’yicha xalqaro migrantlar, 1975 – 2005 yillar (million kishi)
24
Yillar
1970
1980
1990
2000
2005
Dunyo bo’yicha 81,5
99,8
154,0
174,9
200
Rivojlangan
davlatlar
38,3
47,7
89,7
110,3
-
Rivojlanayotgan
davlatlar
43,2
52,1
64,3
64,6
-
Albatta, alohida qit’alar, mintaqalar aholisining qayta barpo bo’lishida
hududlardagi siyosiy, iqtisodiy, ekologik vaziyatlar ham muhim o’rin tutadi. Bo’lib
o’tgan jahon urushlari barobarida fan-texnika inqilobi, yangi yerlarning mineral-
xomashyo resurslarining beayov o’zlashtirilishi oqibatida global muammolar
yuzaga keldi. Natijada rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida depopulyasiya,
ya’ni «demografik inqiroz» yuzaga kelgan bo’lsa, boshqa ba’zi davlatlarda esa
«demografik portlash» holati sodir bo’lmoqda. Jumladan, BMT ma’lumotlariga
ko’ra, 2025 yilga borib, Xitoy aholisi 1569, 6 mln. kishiga Hindiston aholisi
1384,6 mln. kishiga yetishi bashorat qilinmoqda.
25
XX asrning ikkinchi yarmida shu kabi yangi omillar ta’sirida tashqi
migratsiyada keskin o’zgarishlar yuz berdi. Bu urushdan keyingi davrda tinch
xo’jalik yuritishda mehnat resurslariga ehtiyojning ortishi bilan bog’liq bo’ldi.
Kam rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining qoloqligi,
ishsizlikning yuqoriligi va natijada arzon ishchi kuchlarining to’planib qolishi ham
migratsion jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, 1946-1957 yillarda
Yevropadan 5900 ming kishi boshqa hududlarga (sanoat va qishloq xo’jaligining
yangi o’choqlariga) ko’chib ketishgan bo’lsa, Shimoliy Amerika, ya’ni AQSh va
Kanadaga 3200 ming kishi, Lotin Amerikasiga 1200 ming kishi, Afrikaga 300
ming kishi Avstraliya va Okeaniyaga 1000 ming kishi ko’chib o’tgan.
24
БМТ нинг Иқтисодий ва Ижтимоий масалалар бўлими: Халқаро Миграция. – Нью – Йорк: БМТ, 2004.- Б.
45.
25
БМТ нинг Иқтисодий ва Ижтимоий масалалар бўлими: Халқаро Миграция. – Нью – Йорк: БМТ, 2004.- Б.
45.
21
Urush yakunidan keyingi 10-15 yil ichida dunyo mamlakatlaridagi siyosiy-
iqtisodiy vaziyat birmuncha barqarorlashdi. Endilikda, dunyo aholisi yerlari
hosildor, xom-ashyo resurslariga boy mintaqalarga emas, balki sanoat rivojlangan,
ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi birmuncha yuqori, fan-texnika rivojida
istiqbolli hududlarga intilisha boshlashdi. Jumladan, 1960-1962 yillar davomida
aholi migratsion Yevropa uchun ijobiy tus oldi va musbat ko’rsatkichni hosil etdi.
Aksincha, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo davlatlaridagi migratsiya saldosi manfiy
ko’rsatkichlarga ega bo’ldi. AQSh va Avstraliya davlatlariga migratsiya oqimi
barqaror rivojlana bordi.
Bu davrda asosiy immigratsiya davlatlari sifatida Fransiya, Germaniya,
AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Shveysariya qayd etilsa, emigratsiya
davlatlari sifatida esa Jazoir, Italiya, Ispaniya, Gresiya, Meksika, Portugaliya
davlatlari qayd etilgan. Sanoatning og’ir tarmoqlarida ishlash uchun asosan
erkaklar talab etilgan. Masalan, 1964 yilda Belgiya ko’mir sanoatida band
aholining 40 % ini xorijiy muhojirlar tashkil etgan.
Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga
bevosita ta’sir ko’rsatuvchi va o’z navbatida aholi joylashuvidagi muhim
muammolar bilan bog’liq aholining hududiy harakatidir. Bugungi kunda aholi
migratsiyasi demografiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, sosiologiya, statistika,
etnografiya kabi qator fanlarning tadqiqot obektiga aylandi.
Mehnat
resurslarining xalqaro migratsiyasi bir necha yuz yillar ilgari boshlanib, bu davrlar
oralig’ida jiddiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Albatta, bu Buyuk geografik
kashfiyotlar va uning oqibati bo’lmish xalqaro mehnat taqsimotidagi o’zgarishlar
migratsiya jarayonining shu darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Masalan,
Amerika qit’asining kashf etilishi yoki Afrika materigidagi ma’danlarning
o’rganilishi Yevropa, Afrika, Amerika qit’alari bo’ylab migratsiya jarayonlarining
faollashuvini keltirib chiqardi. Birinchi va ikkinchi jahon migratsiyasi asosan
siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’ldi. Bu davrda aholi migratsiyasiga ta’sir
etuvchi boshqa omillar chetda qoldi. Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, yillik
migratsiya saldosi 90-yillarning o’rtalariga kelib, qariyb 1 mln. kishini tashkil
22
etgan, ya’ni qabul qiluvchi mamlakatlarga ko’chib kelganlar soni bu yerdan chiqib
ketganlarga nisbatan 1 mln. ko’p bo’lgan. Taxminlarga qaraganda, jahon
iqtisodiyotining barqarorlashuvi munosabati bilan migratsiya saldosi yaqin yillar
ichida kamayib boradi.
Xalqaro migratsiya bilan bog’liq bo’lgan pul oqimi hajmi 100 milliardlab
dollarni tashkil etadi va uni ko’lami jihatidan bemalol yillik bevosita xorijiy
investisiyalariga tenglashtirish mumkin. Emigratsiya mehnat resurslari serob
bo’lgan mamlakatlar iqtisodiyotiga yaxshi ishlari ta’sir ko’rsatadi, nega deganda,
ishchi kuchining chet elga chiqib ketishi ishsizlikni kamaytiradi. Chunonchi, 70-
yillarda Misr hukumati ishsizlikka qarshi kurash dasturini qabul qilar ekan, unda
Fors ko’rfazi mamlakatlariga bo’ladigan emigratsiyalash, rag’batlantirish
choralarini ko’zda tutgan. Puerto-Rikoda eng kam ish haqi qonun bo’yicha ishchi
kuchining loaqal uchdan bir qismi AQShga ketishi mo’ljallangan.
«Aqliy talofot» ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ayniqsa, Afrika
(Malavi, Sudan, Zambiya) uchun jiddiy muammo bo’lib kelmoqda. Biroq ko’p
hollarda mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilanganda «Aqliy talofot» ham barham
topdi. Masalan, hind olimlari Silikon vodiysida yuksak texnologiyaga asoslangan
Amerika koorporasiyalarida bir qancha yil ishlab keyin o’z yurtlariga qaytgan hind
sanoatida yangi kompyuter dasturlarini yaratish sohasiga asos qo’ydilar.
Immigratsiyaning iqtisodiy samaralari ko’p hollarda yuzaki tarzda salbiy deb
baholanadi, buning sababi chet eldan kelgan ishchilar ish joylarini egallab tub aholi
o’rtasida ishsizlikni ko’paytiradi. Bunday muammo ham borligini inkor etmagan
holda, shuni ta’kidlash lozimki, immigrantlar o’zlari bilan birga, tajriba, bilim,
o’quv degan narsalarni olib keladilar. AQSh, Kanada va Avstraliya immigratsiyasi
natijasida paydo bo’lgan mamlakatlardir. Ba’zi mamlakatlarda immigrantlar butun
bir tarmoqni kelib rivojlantirib yuborishadi. Bunga misol qilib, Indoneziya,
Malayziyada ishlagan xitoylik sanoat ishchilarini Afrikada faoliyat ko’rsatgan hind
va Livan biznesmenlarini, Fors ko’rfazida xizmat qilgan iordaniyalik va
falastinliklarni
ko’rsatish
mumkin.
Qolaversa,
immigrantlar
ko’pgina
mamlakatlarda mahalliy aholi inkor etadigan bo’sh ish joylarini to’ldirishadi.
23
Turkiya va Shimoliy Afrikadan keladigan immigrantlar Germaniya va Fransiya
immigratsiyaning
60-80%ini
tashkil
etishadi.
Falastinliklar
Isroilda,
indoneziyaliklar Malayziyada, boliviyaliklar Argentinada eng og’ir ishlarga jon
deb ko’nishadi. Qolaversa, mamlakat uchun daromad keltiruvchi, shu jumladan,
eksportdan daromad keltiruvchi ba’zi sanoat tarmoqlari immigrantlar bo’lmasa,
tang ahvolga tushib qolardi. Migratsiya natijasida erishilgan iqtisodiy samara,
migrantlar daromadining oshishi, o’z yurtiga yuboradigan pul jo’natmalarining
ko’payishi
shakllarida
namoyon
bo’ladi.
Rivojlangan
mamlakatlar–
immigratsiyasining
asosiy yo’nalishi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa
emigratsiyaning asosiy manbaidir.
Insoniyat tarixi–bu migratsiya tarixi hamdir. Odamlar bir joydan ikkinchi
joyga birdan-bir maqsad, ya’ni yaxshi yashash uchun maqbul joylarga, ish bor
joylarga ko’chishadi. Migratsiya jarayoni ayniqsa, keyingi ikki yuz yillikda juda
tezlashdi. XIX asrda 50 mln. yevropalik, boshqa kontinentlarga ko’chishdi.
Ko’chishlarning asosiy sababi yashayotgan joylarida yerlarning yetishmovchiligi
va ko’chib borgan joylarida esa yerlarning arzon baholarga sotilishidir. Ko’chib
borgan migrantlarning ko’pchiligi qishloq joylarida o’rnalashdilar. XIX asrning
oxiri va XX asrning boshlarida esa migratsiya oqimi yirik sanoatlashgan
shaharlarga qaratishdi. 1846-1939 yillarda Yevropada 38 mln. odam AQSh ga, 7
mln. Kanadaga, 2 mln. Avstraliyaga, 7 mln. Argentinaga, 5 mln. Braziliyaga
ko’chib o’tishdi.
Keyingi
ikki
asrdagi
jahonda ro’y bergan migratsiya oqimini taxminan to’rtta davrga bo’lish mumkin.
Birinchi davr (XIX asr va XX asrning boshlari 1914 yilgacha). Bu davrda
Rossiyadan tashqari Yevropaning hamma mamlakatlarida odamlar bir
mamlakatdan ikkinchi mamlakatga bemalol hech qanday ruxsatsiz va pasportini
almashtirmasdan birgina XIX asrda, ya’ni 100 yil mobaynida Yevropa aholisining
12% boshqa mamlakatlarga ko’chib kelaverishi munosabati bilan ushbu
mamlakatga ko’chib keluvchilar hammasini ham qabul qilavermaslik haqida
qarorlar qabul qilindi. Ayniqsa, Osiyodan ko’chib boruvchilar uchun pasport rejimi
qiyinlashtirildi. Xitoyliklarni to XIX asrning oxirigacha Amerikaga ko’chib
24
kelishlari ta’qiqlandi.
Ikkinchi
davr
(1914-1945
yillar), Ko’pchilik Yevropa davlatlari muhojirlarning ko’chib kelishiga qarshi
bo’lgan qonunlar qabul qildilar, chunki birinchi jahon urushi davrida va ayniqsa,
ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropadan siyosiy va boshqa turli ta’qiblar ostiga
olingan millionlab kishilar Yevropa davlatlarini tark etib boshqa mamlakatlarga
ko’chib ketishayotgan edi. AQShda 1921-1924 yillarda immigrantlar soniga kvota
e’lon qilindi. U yiliga AQSh ga mumkin bo’lgan ko’chib keluvchilar sonini 162
mln. kishi deb belgilandi. Yevropaliklar shu davr ichida asosan Lotin Amerikaga,
inglizlar esa o’z koloniyalariga ko’cha boshlashdi. Angliyada 1922 yilda ko’chib
ketuvchilar uchun alohida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan inglizlar o’z
dominionlariga ko’chib borishayotganlarida ularga moddiy yordam ko’rsatiladigan
bo’ldi. Shunday qilib, inglizlar dominionlarida o’zlarining fuqarolari
joylashtirilishini, davlat miqyosiga ko’tardilar. Haqiqatdan ham, hozirgi paytda
Buyuk Britaniya hamkorligidagi davlatlarning ko’pchilik aholisini inglizlar, ular
Avstraliyada (96%) ni, Kanadada (45%) ni, Yangi Zelandiyada (75-80%) ni tashkil
qiladi.
Uchinchi davr (1945-1975 yillar). Ushbu davrdagi migratsiya
jarayoniga ikkinchi jahon urushning va neft krizisining asoratlari ta’sir qildi.
Millionlab odamlar nemis asirligidan mamlakatlariga, Germaniyadan qochib
ketgan nemislar esa, o’z vatanlariga qaytdilar. Shunday jarayon 1946 yilning
oxirida Osiyo qit’asida ham ro’y berdi. Xitoyda Manchjuriyadan, Janubiy
Koreyadan 6 mln. yaponlar Yaponiyaga deportasiya qilindi. 1947 yili Hindiston
ikkiga bo’linib, Pokiston Respublikasi tashkil qilinishi munosabati bilan 8 mln.
hindlar Hindistonga, 6 mln. musulmonlar esa Hindistondan Pokistonga ko’chib
o’tdilar.
Urushdan keyin mamlakatlar o’z iqtisodiyotini tiklash uchun, qo’shimcha
ishchi kuchi kerak bo’ldi. Ko’pchilik mamlakatlar migratsiyasini cheklagan
qonunlarini kamaytirib, o’rniga immigrantlar uchun bir qancha qulayliklar
tug’diradigan yangi qonunlar qabul qilishdilar. Masalan, AQSh da qabul qilingan
yangi qonunga ko’ra, migratsiya erkinlashtirildi va milliy tarkibga belgilangan
kvotalar ham bekor qilindi. Shu davrdan boshlab, ya’ni 1946-1966 yillarda
25
AQShga 4,3 mln. odam ko’chib bordi, shularning 2,9 mln. ni yevropaliklarni
tashkil qildi, Kanadaga 1 mln. odam ko’chib bordi. 1948-1963 yillar G’arbiy
Yevropaning o’zi esa immigrantlarning asosiy oqimi yo’nalgan juda katta hududga
aylandi. 1950-1980 yillar o’rtasida ushbu hududga 10 mln. odam ko’chib bordi.
To’rtinchi davr (1970 yillarning o’rtalaridan to hozirgi davrgacha). Bu
davrda Yevropa mamlakatlarida ayniqsa, sobiq Ittifoqdan ko’chib boruvchilar
uchun migratsiyani qiyinlashtiradigan qonunlar qabul qilindi. 1994 yilga Yevropa
Ittifoqidagi davlatlar 1992 yilga qaraganda immigrantlarga ikki barobar kam
ruxsatnomalar bergan. Osiyoning sanoati rivojlangan mamlakatlarida ham hozirgi
kunda malakasiz ishchilarning kelishini qiyinlashtiradigan qonunlar qabul
qilinmoqda. Ma’lumki, Sovet Ittifoqi parchalanib, uning o’rnida paydo bo’lgan
mustaqil suveren davlatlarda 25 mln. rus millatiga mansub aholi bor edi,
hozirgacha ularning ko’pchiligi Rossiyaga ko’chib o’tdi. Rossiya hozirgi kunda
MDH davlatlari orasida ishchi migrantlar oqimi qaratilgan davlat bo’lib qolmoqda
va kelajakda ham shunday bo’ladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo’lmoqda:
Birinchidan, Rossiyadagi demografik vaziyat. 2003 yil Rossiyada tug’ilish
koyeffisiyenti har 1000 kishiga 9,0%, o’lim yesa 15% ni, tabiiy ko’payish manfiy
– 6,0% ni tashkil etgan.
Ikkinchidan, Rossiyaning bepoyon hududidagi tabiiy resurslarning
o’zlashtirilishi.
Uchinchidan, MDH davlatlaridagi aholining ko’pchiligi rus tilida gaplasha
bilishidir.
2014 yilga kelib go’daklar tug’ilishi Rossiyada qayta tiklana boshladi.
Birinchi farzand bo’lib tug’ilganlar soni 1 mln 947 ming. bolani tashkil etsa,
ikkinchi farzand bo’lib tug’ilgan chaqaloqlar soni, 2014 yilda 658 ming tashkil
etdi.
26
Rossiya uchun hozir ham, kelajakda ham Markaziy Osiyo
respublikalari asosiy ishchi kuchi bilan ta’minlaydigan mamlakatlar bo’lib qoladi,
chunki ushbu respublikalarda hali ham tug’ilish darajasi ancha yuqori.
Xalqaro
migratsiyaning
yana
bir
turiga
Xitoy
Xalq
Respublikasidagi migrantlar va ularga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan yordam
26
Газета.uz / parliament.gov.uz
21.04.2014, 21:52 //
Do'stlaringiz bilan baham: |