Ўзбекистон
26
va chet mamlakatlarda ishlab kelib, Xitoy iqtisodiyotiga, ilm-faniga, katta hissa
qo’shayotgan immigrantlar misol bo’la oladi. Masalan, hozir chet mamlakatlarda
30 mln. xitoyliklar bor, ularni «Xuasyao» deyiladi. Hozirgi o’z mutaxassisliklari
bo’yicha malakalarini oshirib vataniga qaytib, professor va dosent bo’lib
ishlayotganlar Xitoy oliygohlarida 30% dan ortig’ini tashkil qiladi. Ko’rinib
turibdiki, xalqaro migratsiyaga iqtisodiy, siyosiy, ekologik sharoit, tillarni bilish
bevosita ta’sir ko’rsatdi. Demak, insoniyat tarixi bu migratsiya tarixi bilan ham
chambarchas bog’liq.
Mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan hududlarda esa, bir qator omillar ishchi
kuchiga talabning pasayishiga ko’maklashadi. Xususan, bu: ijara va xususiy
mulkchilikni rivojlantirish; to’lash qobiliyatigan ega bo’lmagan yoki ekologik
zararli korxonalarni yopish; yangi yerlarni o’zlashtirish ko’lamini qisqartirish;
moddiy–texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash; intensiv
texnologiyani qo’llash; mehnat unumdorligini oshirish va hakazo. Bundan tashqari,
mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning
malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat
resurslari o’sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq
xo’jaligida ishlovchilarni boshqa ish joylariga jalb etishning ko’payishi, mehnatni
qo’llash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar.
Hozirgi kunda davlatlar, mintaqalar rivojida inson omilining shaxs, fuqaro
sifatida shakllanish xususiyatlari ko’rib chiqilgan. Shu nuqtai–nazardan,
migratsiyaning ijtimoiy–siyosiy jarayonlarida tadqiqotchilarning yangi odam emas,
ya’ni ijtimoiy xarakter shakllanmoqda degan fikrlari o’z isbotini topmoqda. Ushbu
masalaning bugungi kunda ahamiyatini tobora oshib borishiga asosiy sabab
globallashuv tufayli yangi bosqichga ko’tarilgan migratsiya jarayonlaridir. So’nggi
manbalarga ko’ra, yer yuzi aholisi yiliga 83 millionga ko’payib, ularning 82
millioni rivojlanayotgan mamlakatlarda tug’ilgan. Bu mamlakatlarning mehnat
bozorlari mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashga qodir emas. Ular
migratsiya tufayli o’zga mamlakatlarga, yot sosiomadaniy hududga bormoqdalar.
27
Bu holat o’z navbatida, ular chiqayotgan va borayotgan mamlakatlardagi ijtimoiy–
siyosiy baqarorlik masalasi dolzarbligini namoyon etadi.
Mana shu joyda yana bir muhim ijtimoiy–siyosiy masalaga ham to’xtab
o’tish kerak. Inson biror kasallikka chalinsa, uni davolash mumkin. Millat
ma’naviyatining zaifligi, uning xarakteridagi hafsalasizlik, befarqlik,
g’ayradinsizlik, o’zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qo’pollik, johillik,
xudbinlik, yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bo’ladi. Demak, hozirgi
o’zimizni o’zimiz barkamol qilishimizga to’sqinlik qilayotgan ma’naviy
jarohatlarimizni davolashimiz uchun masalaga aniq, ya’ni real milliy xarakterni
o’rganish va o’zgartirish omili sifatida yondoshmog’imiz zarur.
Natijada millatning o’z ahvoliga o’zining munosabati, ijobiy jihatlarni
oshirish va qusurlarni ma’rifiy yo’l bilan davolab, kuchlantirib, jahonning ilg’or
millatlari safiga qo’shilishi mumkin. Jamiyatning o’z ertasi va kelajagiga
ishonchi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo’lida,
demak xar bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat-mafkuraviy
tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda gap, “kishilar dunyoqarashini
boshqarish xaqida emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no
va mazmun bilan to’ldirish” ni anglatadi. Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid
soluvchi ham, o’zini himoya qiluvchi ham-g’oyani ommalashtirish uslublaridan
foydalanadi. Bu-mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, qaysi tomonning
yengishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ’ibot va tashviqot hal qiladi. Shu
tariqa mafkuralar tortishuv-targ’ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish
mumkin. Shu sababli “Milliy istiqlol mafkurasi tom ma’nodagi milliy mafkuraga
aylanishi uchun qator talablarga javob berishi zarur. Ana shunday talablardan biri-
har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olishidir.
27
Sobiq
sovet
mustabid tuzumi davrida yosh avlodlar ongini kommunistik tarbiya o’z
iskanjasida tutdi. Kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi
28
.
Ushbu holatning mavjudligini ham O’zbekiston aholisining migratsiya
27
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Т., “Ўзбекистон”, 2000. – Б. 45 – 46.
28
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: «Ўзбекистон», 2012й. – Б. 57.
28
jarayonlarida ishtirokini o’rganishda e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak.
Dunyoda insonlarning umr kechirish jarayoni uzayganligi,
yoshlarning intellektual salohiyati axborotlardan foydalanish bilan ortishi
natijasida, sosiolog va demograflar yosh maqomini belgilaydigan ko’rsatkichni
16–30 yosh o’rtasida olishni taklif qilmoqdalar. Yevropa Ittifoqi, Avstraliya va
Yaponiya kabi mamlakatlarda esa, bu ko’rsatkichni hatto 14–35 yosh orasida
belgilash odat tusiga kirmoqda.
Ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy – ma’naviy hayotning taraqqiyot yo’llari, milliy
va umuminsoniy taraqqiyot tamaddunlarining uyg’unligi, ayniqsa, ma’lum millat
yoki mamlakatning iqtisodiy – ma’naviy jihatdan yuksalib, dunyoga yuz tutishi
kelajak avlodning ma’naviy qiyofasi, tafakkur tarzi, umuminsoniy qadriyatlarni
o’zlashtirishlari bag’rikenglik (tolerantlik) xususiyatlari bilan bog’liq. Shu nuqtai
nazardan ijtimoiy–siyosiy jihatdan murakkab tarixiy jarayonning, bir tomondan –
natijasi, boshqa tomondan–harakatlantiruvchi mexanizmi bo’lgan migratsiya
fenomenini chuqur tarixiy, sotsial – falsafiy, psixologik tahlil qilish, uning salbiy
tomonlarini rivojlantirishga real imkoniyatlar yaratadi.
Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asoslaridan kelib
chiqqan holda qo’yidagilarni keltirish joizdir. Migratsiya jarayonlari milliy
ahamiyat kasb etmaydi, balki u globalalshuv sharoitida aholining kasbiy mahorati
va bilim darajasidan kelib chiqib, kasb yoki mamlakat joyini o’zgartirishi mumkin.
Xalqaro migratsiya yuqori sur’atlarda avj olib borar ekan, unda ijobiy tomonlar
bilan birga mamlakat xavfsizligi bilan bog’liq ijtimoiy–siyosiy masalalar ham
ustivorlashib bormoqda. Migratsion jarayonlarda eng faol qatlam mehnat
migratsiyasi bilan o’lchanadi va uning ahamiyati migrant chiqqan davlat uchun
ham, u faoliyat yuritayotgan mamlakat uchun ham umumiy xarakterga ega. Xuddi
shuningdek, ijtimoiy ish xodimi kasbining nazariy–metodologik asoslaridan kelib
chiqib, migratsiya jarayonida inson omili rolini tadqiq etish va ushbu tushunchani
siyosiy-ijtimoiy mohiyatini sosiomadaniy kontekstda tahlil qilish asosida quyidagi
xulosalarga kelish mumkin. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirib, migratsion
jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asosi bo’yicha quyidagi
29
yakunlarni bayon etish mumkin. Migratsiya jarayonlarini tartibga solishda
davlatlar o’rtasida «aralash fuqarolik» huquqiy me’yorlarini, qonuniy tizimini
yaratish zarurati vujudga kelmoqda. Migrantlarning ikki madaniyat o’rtasida
qolishi (marginal shaxs) natijasida vujudga keladigan sotsial muammolarning
oldini olish va oqibatini bartaraf qilishning ijtimoiy – ruhiy asoslarini yaratish,
ularni boshqarishning zaruriy shartidir. Migrantlar o’rtasida deviantlik hodisasi
oldini olish uchun moslashuv (adapsion) muhitini yaratishda yuventologiyaning
nazariy xulosalarini, metodologik tavsiyalarini, amaliy takliflarini hayotga keng
joriy qilish talab etiladi.
Migratsiya jarayonida inson omilining siyosiy–ijtimoiy mohiyati jamiyatning
ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish darajasiga bog’liq bo’lib,
bugungi globallashgan dunyoda ko’plab ijtimoiy–gumanitar fanlar nuqtai–
nazardan tadqiq etish ham alohida ahamiyatga ega. Migratsiya jarayonining
siyosiy va ijtimoiy-sosiologik tahlili uning istiqbolda sifatiy, miqdoriy va dinamik
shakllanishining ilmiy prognozini berish zaruriyatini taqozo etadi. Barcha
sohalarda bo’lganidek, migratsiya jarayonida inson omilining roli ustivorligi ilmiy
asoslangan qonuniyat maqomiga ega bo’lib, u jamiyat taraqqiyotining muhim
omiliga aylandi.
Migratsiya
jarayonida
inson omili rolini tadqiq etilishi, bir tomondan, jamiyat taraqqiyotida sotsial
muammolarni o’rganish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, migrantlarning butun
dunyo hamjamiyatida alohida sotsial institut sifatida vujudga kelganligini tan olish
zaruriyatini ko’rsatadi. Shu tufayli davlatlarning migratsiya jarayonini
tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish siyosati samaradorligi ijtimoiy–
iqtisodiy barqaror taraqqiyotda o’ta muhim ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |