13
I – bob. O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtirokini
o’rganishning nazariy – metodologik asoslari
1.1 Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy - metodologik asosi.
Aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri
natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga
majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni
ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish
ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, moddiy madaniy-maishiy
sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish
mumkin.
“Migratsiya” terminini qisqacha ta’riflaganda, u lotincha so’zdan olingan
bo’lib, aholining doimiy yashash joyi o’zgargani holda bir aholi punktidan ikkinchi
aholi punktiga ko’chib yurishni anglatadi. Demak, aholining xududlar bo’ylab
qilgan harakati – aholi migratsiyasi deyiladi. Migratsiyada ishtirok etuvchi
kishilarni esa migrantlar deyiladi.
Migratsiya – ichki va tashqi migratsiyaga bo’linadi. Ichki migratsiya
mamlakat ichkarisida aholining xududlar bo’ylab, ya’ni shahar bilan qishloq
o’rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi va u mamlakatda aholi va oilalar
sonining ko’payishi yoki kamayishiga sabab bo’ladi.
Aholining migratsion harakati asosan uch turga, ya’ni doimiy migratsiyaga,
mavsumiy migratsiyaga va tebranma migratsiyaga bo’linadi. Kishilarning bir aholi
punktidan boshqa bir aholi punktiga, masalan, qishloqdan shaharga yoki
davlatlararo doimiy yashash joyini o’zgartirish maqsadida ko’chib yurishi doimiy
migratsiyaga xos jarayondir. Doimiy migratsiya mamlakatning ichki xududida va
davlatlararo bo’lishi mumkin.
Mavsumiy va tebranma migratsiya asosan ichki migratsiyaga xos xususiyat
bo’lib, aholi migratsiyasining asosiy turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mavsumiy
migratsiya uchun aholining vaqtinchalik xududiy harakat qilishi harakterlidir. U
o’z navbatida mazmun va maqsadiga ko’ra iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy
jarayonlarga xos turlarga bo’linadi.
14
Kishilarning bir aholi punktidan boshqa bir aholi punktiga ishlash va o’qish
maqsadida har kuni yoki har haftada harakat qilishi tebranma migratsiyani tashkil
etadi. Ushbu migratsiya urbanizasiya sharoitida vujudga keldi va rivojlanishi
uchun imkoniyat tug’ildi. Tebranma migratsiyaning asosiy yo’nalishi qishloqdan
shaharga, kichik shaharlardan katta shaharlarga bo’ladi. Aholi joylashishi bilan
ishlab chiqarishni joylashtirishdagi nomutanosibliklar tebranma migratsiyaning
asosini tashkil etadi.
Ko’chib yurish intensivligi erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha keyingi yillarda ayollar orasida migrantlar soni bir
muncha ko’paydi.
Aholi migratsiyasining yo’nalishlari ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi va joylanishi bilan, xo’jalik tarmoqlarining ishchi kuchi bilan
ta’minlanganlik darajasi va aholining turmush darajasidagi tafovutlar bilan
belgilanadi. Ko’chib yuruvchi aholi to’rt yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Bular
shahardan shaharga, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga va qishloqdan
qishloqqadir. Aholi harakati yo’nalishlari millatlar orasida har xil bo’lib, o’zbek,
qozoq, tojik, turkman, qirg’iz, qoraqalpoqlar asosan qishloqdan shaharga
yo’nalishida harakat qilsa rus, ukrain, yahudiylar shahardan shaharga yo’nalishida
harakat qilishganligi statistik ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi.
Tashqi migratsiya albatta oilalar soniga, milliy tarkibiga va turli ijtimoiy
guruhga xos oilalar shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’lkamiz qadimda Buyuk
ipak yo’lida joylashganligi, o’lkamizning boy tabiiy resurslari mavjudligi, iqlim
sharoitining yaxshiligi sababli minglab turli millat vakillarining oilalarini ko’chib
kelishiga qulay sharoit yaratdi. Bularning barchasi O’zbekistonda oila
shakillanishiga ta’sir etib, ular sonining miqdoriy o’zgarishi va etnik tarkibi
turlicha bo’lishiga sabab bo’ldi.
Ta’kidlash joizki keyingi yillarda oilalarning milliy tarkibida mahalliy millat
oilalarining salmog’i ortib bormoqda. Bu hol mahalliy millat oilalarida tabiiy
o’sishning yuqoriligi va ularning ko’chib yurishiga ko’p ham moyil emasligi bilan
izohlanadi. Aksincha nomahalliy millat oilalarida tabiiy o’sish past va ularning
15
migratsion harakatga moyilligi kuchli hamda ularning ba’zilari tarixiy vatanlariga
qaytish huquqiga erishdilar.
Insoniyat mavjudligi va uning rivojlanish darajalari, bir tomondan, jamiyat
a’zolarining ijtimoiy , iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy–mafkuraviy mobilligiga bog’liq
bo’lgan. Boshqa tomondan esa, ayni shu mobillikning har bir tarixiy zamon
ijtimoiy makondagi o’ziga xos xususiyatlari jamiyat taraqqiyotini belgilovchi
mezon sifatida e’tirof etilgan. Agar migratsiya jarayonining obekti ham, subekti
ham inson ekanligini nazarda tutsak, uning mohiyatini faqat inson omilini ijtimoiy
– siyosiy jihatlardan tahlil qilish orqali yoritish mumkinligi aniq bo’ladi. Buning
natijasida Yevropadan ko’chib kelgan ziyoli oilalar AQSh fani va madaniyatini,
hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob
boylik keltirganlar. Haqiqatdan, 1965 yilda dunyoda 75 mln. aholi ish joyi axtarib,
o’z uylarini tashlab, boshqa mamlakatlarga ketgan bo’lsa, bu son 1985 yilda – 105
mln., 1990 yilda – 120 mln., 2000 yilda – 150 mln. kishini tashkil etgan qilgandi
18
.
Demograflar ilmiy bashoratiga ko’ra, kelgusi 50 yilda jahon aholisi sonining
o’sishi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz berishi tufayli yaqin
kelajakda rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi aholi
o’zaro nisbati o’zgarib, rivojlangan mamlakatlar aholisi kamayib boraveradi,
faqatgina dunyodagi eng boy mamlakat AQSh aholisi immigrant (chet ellik
muhojir kishi) lar hisobiga ko’payadi.
19
Oqibatda, 1950 yilda jahon aholisining
rivojlangan davlatlarda yashayotgan qismi, rivojlanayotgan davlatlardagi aholidan
ikki baravar kam bo’lgan bo’lsa, 2050 yilga kelib, bu nisbat oltidan birga o’zgaradi
va rivojlangan mamlakatlarda yashovchi aholi, dunyodagi jami aholining oltidan
bir qismini tashkil etishi kutilmoqda.
20
XX asrning ikkinchi yarmidan tashqi migratsiyaning yangi shakli, ya’ni
“oqillar ketishi” deb nom olgan migratsiya paydo bo’lgan. Bunday migratsiya
G’arbiy Yevropadan AQShga ko’plab ziyoli oilalar ko’chib ketishidan boshlandi.
18
Панина Г.В. Роль образования в социокультурной адаптации мигрантов//Вестник высшей школы/ 2013,
ноябрь, № 11. – С. 92.
19
Джоэл Коэн. Демография. // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 17.
20
Джоэл Коэн. Демография. // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 19.
16
Ma’lumki, ziyoli oilalar yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan. Ba’zi
davlatlar yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni o’zlarida takomillashtirish
bilan birga o’zga davlatlarning ziyoli oilalarini yo’ldan urib, o’z mamlakatlariga
ko’chirib kelishga katta e’tibor berganlar. Bunga yaqqol misol qilib AQShni aytish
mumkin. Amerikaliklar bu usuldan 1930 yildan boshlab foydalanadilar. Buning
natijasida Yevropadan ko’chib kelgan ziyoli oilalar AQSh fani va madaniyatini,
hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob
boylik keltirganlar.
O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy
tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish
istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial-
iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki
O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib
kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion
harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu
muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy harakati va undagi
o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Tashqi mehnat
migratsiyasi masalalari agentligi tashkil etildi
21
.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha
ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi
taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi,
kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va
o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil
etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab
chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini
tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini
ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni
rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb
21
Мамашакиров С. Қонуний меҳнат миграцияси// Ўзбекистон овози, 2015 йил 29 январь, № 13 (31 916).
17
qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Aholi migratsion harakatining yo’nalishi
umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’lgan taqdirda, ya’ni ishchi
kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning iqtisodiy ahamiyati
katta bo’ladi. Migratsiya tufayli yangi-yangi tabiy boyliklarni ishga solish, yangi
yerlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish mumkin.
Ammo migratsiyaning davlat manfaatlariga muvofiq bo’lmagan yo’nalishi, ya’ni
aholining mehnat resurslari bilan to’la ta’minlangan xududlarga ko’chib o’tishi,
ba’zi xo’jalik tarmoqlarini tayyor ishchi kuchi bilan ta’minlab, yuzaki qaraganda
ijobiy ko’rinsada, aslida umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas.
Chunki, bu samarasiz migratsion oqim mahalliy mehnat resurslarini ishlab
chiqarishga to’la jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishda qiyinchilik
tug’diradi. Umuman migratsion jarayonlarida sifat o’zgarishlari sodir bo’lishi
uchun migratsiyaning yo’nalishlari asosan xo’jalikning mehnat bilan ta’minlanish
geografiyasiga mos kelishi kerak.
Bugun dunyo migratsiyasida ishtirok etayotganlarning soni keskin oshib
borayotgani kuzatar ekanmiz, yaqin kelajakda ularning soni yanada oshishi
bashorat qilinayotgani bejizga emasligini anglasa bo’ladi. Migratsiya ko’lami
kengayishiga kambag’allik, ishsizlik, inson huquqlarining poymol qilinishi,
kelajakka nisbatan umidsizlik va tushkunlikka tushish, turli xil nizolar, urushlar
tufayli notinchlik, qo’rquv kabi omillar sabab bo’lmoqda.
Migrantlar, o’z tabiatiga ko’ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan
a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, migratsiya iqtisodiy
o’sishga, millatlarning assimilyalashuviga, marginal madaniyatlar boyishiga olib
kelgan.
Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, uning muhim muammolari
mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar
ekspluatasiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi: migrantlarning kelgan
mamlakatlari madaniyati va turmush tarziga moslashuvi, integrasiyalashuvi qiyin
kechadi; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlar tub aholisini ish joylaridan
mahrum etadi. Bu esa, o’z navbatida, mahalliy aholining migrantlarga nisbatan
18
salbiy munosabatlarini shakllantiradi. Ushbu va boshqa ko’plab sabablarga ko’ra,
migratsiya muammosini har tomonlama, shu jumladan siyosiy–sosiologik jihatdan
o’rganish talab qilinadi.
Xalqaro migratsiyaning qisqacha tarixiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bular
quyidagilardir. XVIII-XIX asrlarda demografik jarayonlarning rivojlanishi o’z
navbatida
davlatlararo
savdo
aloqalarining
rivojlanishini,
kemalar
bandorgohlarining paydo bo’lishi, sanoatlashgan mintaqalarning shakllanishida
ham muhim o’rin tutdi. Bu davrda emigrantlar faolligida Yevropa davlatlari
yetakchilik qildi. Jumladan, Yevropadagi emigrantlar soni bo’yicha birinchi o’rinni
Buyuk Britaniya egallagan 1815-1900 yillar qariyb 13 mln. kishi emigratsiya
qilingan. Ularning aksariyat qismi AQSh (65%), Kanada (15%), Avstraliya (9%),
Janubiy Amerikaga (5%) chiqib ketishgan. Ikkinchi o’rinni Germaniya egallab,
1841 yildan to 1900 yilga qadar 4853 ming kishi emigratsiya etilgan. Bu davrda
italiyaliklarning emigratsiyasi o’ziga xos bo’lib, mavsumiy ko’rinishga ega
bo’lgan va mohiyatan mayatniksimon migratsiyaga o’xshab ketadi, ya’ni ulardan
quruvchilar, yer o’zlashtiruvchilar Avstriya, Bolqon yarim oroli davlatlari,
Shveysariya, Fransiya kabi davlatlarga erta bahordan ketishib, kech kuzda
qaytishgan.
22
Doimiy emigrantlar oqimi esa Argentina, Braziliya va AQShga yo’naltirilgan.
Shunday qilib, italiyalik emigrantlar qit’alar bo’yicha taqsimoti Amerikaga – 80%,
Afrikaga – 19%, Osiyoga – 0,5%, Avstraliyaga – 0,5% ni tashkil etgan. 1900
yillardan 1939 yilgacha Yevropadagi emigratsiya jarayonlarini Shimoliy Yevropa
davlatlari davom ettirdi. Bu davrda Shvesiyadan 305 ming, Norvegiyadan 360
ming, Daniyadan 206 ming emigrant chiqib ketgan. Ikkinchi jahon urushi davrida
Yevropadagi migratsiya jarayonlari nihoyatda tartibsiz kechgan. Kishilar
yoppasiga xavfsiz hududlarga ko’chirilgan. Ammo, urush Yevropaning deyarli
barcha hududini qamrab oldi. Siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lganligi bois, bu
migratsiya jarayonlari vaqtinchalik ko’rinishga ega bo’ldi. Shunday qilib, XX
22
“Демография асослари” фанидан ўқув – услубий мажмуа (бакалавриат босқичи талабалари учун) -
Тошкент, ЎДЖТУ нашри. – 2012. - Б. 177.
19
asrga kelib demografik jarayonlar nihoyat murakkab ko’rinishga ega bo’lib qoldi.
Insoniyat tarixida katta o’rin egallagan ikkita jahon urushini boshidan kechirishiga
qaramay, dunyo aholisi 1900-1950 yillar davomida 50 yil ichida 440 mln. kishiga
ko’paygan bo’lsa, 1950-1980 yillardagi 30 yil ichida 2,1 martaga ko’paydi.
Shuningdek, o’tgan XX asrning 50 yillariga nisbatan 1990 yillarda 3571 mln. ga,
2000 yilda 4436 mln. kishiga ko’paydi.
Migrantlar hayotini kuzatgan mutaxassilarning fikricha, ularning o’z
davlatlarida yoki ular boradigan joylarda muhim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ruhiy psixologik vaziyat yuzaga keladi. Bugungi kunda rivojlangan yoki
rivojlanayotgan davlatlarda migratsiya tajribasini, uning salbiy yoki ijobiy ta’sirini
sezmagan odam bo’lmasa kerak.
1990 yilgacha xalqaro migrantlarning katta qismi rivojlanayotgan
mamlakatlarda yashagan bo’lsa, bugungi kunga kelib, ularning aksariyat qismi
rivojlangan davlatalarda yashash imkoniyatiga ega bo’ldilar va ularning nisbat
darajasi yildan–yilga sezilarli oshib bormoqda.Ayniqsa, globallashuv sharoitida
bilim olish, o’qish uchun chet ellarga ketayotganlarning migratsion oqimi
o’smoqda. 1980-yillarda chet el universitetlarida 800 ming chet ellik talaba o’qigan
bo’lsa, 1990 yilda ularning soni 1 mln. dan oshib ketdi. XXI asr boshlarida esa, 1,
5 mln. ni tashkil qildi
23
.
Hozirgi kunlarda global migratsiya jarayonida «Janubdan» «Shimolga»
ko’chishning kuchayishi kuzatilmoqda. Bunda odamlarning qashshoq
mamlakatlarni tark etib, boy mamlakatlarga yo’l olayotganlariga sabab bo’luvchi
bir qancha muhim omillarni ko’rsatish mumkin (Qarang: 1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |