ishdan ko’zlangan maqsad–O’zbekistonda ijtimoiy ximoyani amalga oshirishda
aholinig migratsion jarayonlardagi ishtirokining muammolarini yaxlit ilmiy-
nazariy tadqiqot tarzida qiyosiy tahlil etish va bunda tarixiy, milliy va xorijiy
davlatchilik tajribasini hamda tegishli amaliyotni umumlashtirish va o’rganish
orqali mazkur tizim qonunchilik asoslarini rivojlantirishga qaratilgan, amaliyotda
mavjud ayrim muammolar yechimi yuzasidan ilmiy asoslantirilgan taklif va
O’zbekistondagi omillarini, fuqarolarimiz huquqiy madaniyati, huquqiy ongi
– migratsiya jarayonlarida aholi ishtirokini tadqiq etishning nazariy –
metodologik asoslarini, xususan, uning mamlakatimizda ro’y berishining obektiv
10
qonuniyatlarini aniqlash, iqtisodiy–ijtimoiy asoslarini ochib berish, dunyodagi
migratsiya jarayonlari bilan O’zbekiston aholisinig migratsion jarayonlardagi
ishtiroki o’rtasidagi dialektik aloqadorlikni ko’rsatib berish;
– mamlakatni modernizasiya qilish jarayonida inson omili tushunchasi va
uning mohiyatini tahlili hamda migratsiyada aholi ishtirokining sosiomadaniyat
uzviyligi muammolarini tahlil etish, shuningdek uning namoyon bo’lish
xususiyatlarini ochib berish. Jamiyatning migratsiya jarayonlariga nisbatan
“salbiy munosabat” steriotiplarini o’zgartirish zaruriyatini asoslash;
– Globallashuv sharoitida O’zbekistonda migratsiya jarayonlarini
boshqarishning muammolarini yaxlit ilmiy-nazariy tadqiqot tarzida tahlili
barobarida; globallashuv va migratsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy
mezonlari va qaror topish qonuniyatlarini aniqlash.
– O’zbekistonda ro’y
berayotgan migratsion jarayonlarning aholi bandligiga ta’sirini yoritish. Migratsiya
jarayonini boshqarishga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat
qiladigan nazariy xulosalar, amaliy takliflar va metodologik tavsiyalar ishlab
chiqish.
Shunday qilib malakaviy bitiruv ishining mavzusi “O’zbekiston aholisinig
migratsion jarayonlardagi ishtiroki(muammo va yechimlar)” deb nomlangan
bo’lib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatga o’tishda hozirgi kundagi
ijtimoiy ish xodimining kuchli migratsion jarayonlardagi ishtirokini va ishlab
chiqarishdagi o’rnini demokratlashtirish kabi dolzarb mavzuga bag’ishlangandir.
Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi “O’zbekiston aholisining migratsiya
jarayonlardagi ishtirokini o’rganishning nazariy – metodologik asoslari” deb
nomlangan. Birinchi bobning birinchi paragrafi “Migratsion jarayonlarni
o’rganishning
nazariy-metodologik
asosi”
deb
nomlanib
migratsiya
tushunchasining hozirgi zamon g’oyasi yetarli dalil va misollar bilan batafsil
yoritilgan.
Bobning
ikkinchi
paragrafi
“O’zbekistonda aholining migratsion
jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyati” deb nomlangan. Ushbu
paragrafda zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan migratsiya jarayonlarida aholi
11
ishtirokining ilmiy xususiyatlari, asoslari, shakllari, migratsiya jarayoni
darajasining tub mohiyati ko’rib chiqiladi. Shu kabi paragrafda ularning
sosiomadaniy jihatdan ko’p qirrali ekanligi va murakkabligi kabi dolzarb
masalalar, imkon va bilim darajasida o’rganiladi.
Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobi “Mustaqillik yillarida O’zbekiston
aholisining migratsion jarayonlarda ishtirokining tahlili” deb nomlangan bo’lib, bu
bobda O’zbekistonda migratsiya jarayonlarini boshqarishning muhim vazifalari
o’zining yorqin ifodasini topgan.
Bobning birinchi paragrafi “Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining
migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari” deb nomlanib,
paragrafda jamiyat taraqqiyotidagi globallashuv va migratsiya jarayonlarini
boshqarishning mezonlarini, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tamoyillarini yoritish,
o’zining tafsifini topgan.
Bobning ikkinchi paragrafi “ O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion
jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri” deb nomlangan. Paragrafda
respublikamizda yuz berayotgan migratsiya jarayonlarning sotsial shart–sharoitlari
va ularning aholi bandligiga ta’siri hamda uning o’ziga xos xususiyatlari izchil
tahlil qilingan va dalillar misolida ko’rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: