5
KIRISH
Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi: XXI asrda jamiyatning eng katta
boyligi – «inson», deb e’tirof etilgan bo’lib, uning rivojlanish maqsadi ham
fuqarolarning yashash joyini, hayot tarzini erkin tanlashini ta’minlashdan iborat
bo’lib bormoqda. Jamiyat hayotida keyingi yillarda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar ko’pgina amaliy va nazariy muammolarni, shu jumladan, samarali
aholi migratsiyasi siyosatini ilmiy asosda ishlab chiqishning naqadar muhim va
dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda.
Biz eski, o’zini oqlamagan mustabid,
zo’ravon tuzumdan butunlay voz kechib, taqdirimizni o’z qo’limizga olib, biz
uchun yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, hech kimdan kam
bo’lmaydigan ozod va obod hayot qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yib,
amalga oshirayotgan qat’iy o’zgarish va islohotlar natijasida bugun erishayotgan
yuksak marra va yutuqlarimizni hech kim inkor etolmaydi. Bu haqda O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.Karimov: «...oxirgi 10 yil davomida mamlakatimizda
yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 8 foizdan oshib ketayotgani va 2015
yilda ham – shunga ish ionchimiz bor – bundan kam bo’lmasligini inobatga olsak,
barcha narsa o’z-o’zidan ayon bo’ladi.
Bunday yutuqlarning sabablarini biz avvalo mard va matonatli, ko’pni ko’rgan
xalqimizning, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va saviyasi tobora
yuksalib borayotganida ko’ramiz. Va eng muhimi, buning sababi bugungi kunda
hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va kasb-
hunarlarni puxta egallagan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, Vatanimizning
ertangi kuni uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan navqiron
yoshlarimizni biz o’zimizning ishonchimiz, tayanchimiz va suyanchimiz deb
bilganimizdadir»
1
, deb ko’rsatgan edi.
Ammo shular haqida so’z yuritar ekanmiz, bir haqiqatni esimizdan
chiqarmasligimiz zarur. Bugun jamiyatshunos tadqiqotchilar tomonidan izchil va
1
Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига
бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи// Халқ сўзи, 2015 йил 11 апрель, №
72 (6255).
6
chuqur o’rganilayotgan ushbu muammolar tarkibida migratsion jarayonlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Zero BMT ekspertlarining ma’lumotiga ko’ra, 2006 yilda yer
yuzida qariiyb 150 mln.ga yaqin migrantlar bo’lgan. Ular shu yili o’z
mamlakatlariga 300 mlrd. AQSh dollaridan ziyod sarmoyani kiritganlarini
e’tiborga oladigan bo’lsak, bunda inson omili mavzusi nafaqat iqtisodiy, balki
ijtimoiy – siyosiy jihatdan ham o’ta muhimligini ta’kidlash joiz. Eng so’nggi
ma’lumotlarga ko’ra, XXI asr boshlarida, sayyoramizda 175 mln. aholi tug’ilgan
joylaridan boshqa yurtlarga ko’chib yashar ekan. Bu jami dunyo aholisining 3%
tashkil qiladi
2
. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan qayd etish joizki, bu
jarayon to’xtovsiz ravishda o’sib boraveradi. Xususan Respublikamizdagi rasmiy
ma’lumotlarga ko’ra: 2006 yilda 105,1 ming fuqaro, 2007 yilning birinchi yarmida
670,7 ming, 2008 yilda 1 mln.ga yaqin
3
, 2012 yilda 208,8 ming
4
O’zbekiston
fuqarosi tashqi mehnat migratsiyasida ishtirok etgan.
Ma’lumki, so’nggi yarim asr mobaynida katta iqtisodiy ko’rsatkichlarga
erishgan: Turkiya, Xitoy, Hindiston, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya va hatto
industrial rivojlangan Yaponiya kabi davlatlar ham migratsion jarayonlar va unda
ishtirok etgan fuqarolarning insoniy kechinmalarining migratsion sosiologiyasini
izchil hamda ilmiy o’rganish orqali katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Ularning
tajribalaridan bugungi kunda rivojlanib kelayotgan boshqa mamlakatlar ham
unumli foydalanmoqda.
Darhaqiqat, migratsiya hamma vaqt barcha davlatlarda zaruriy, obektiv
jarayon bo’lgan. Bu jarayonning boshqarilishi jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy
barqaror rivojlanishini ta’minlash bo’lsa, stixiyali kechishi, uning ziddiyatlarini
keskinlashganligi haqida tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. Shulardan
kelib chiqqan holda, malakaviy tadqiqot mavzusining dolzarbligini quyidagilar
bilan izohlash mumkin.
2
Юдина Т.Н. Социология миграции. – М.: Академический проект, 2006, - С. 89-90.
3
Qarang: Зайончковская Ж.А. Миграция населения из стран Центральной Азии. В книге: Трудовая миграция
в Республике Узбекистан: Социальные, правовые и гендерные аспекты. – Ташкент: Программа развития
ООН в Узбекистане, 2008. – С.13.
4
Gazeta.uz , 19 февраля 2013.
7
Birinchidan,
globallashuv
va
integrasiyalashuv
jarayonlarining
intensivlashuvi migratsiya fenomeniga: mintaqaviy–hududiy, etnik va diniy–
konfessional yondashuvlarga asoslangan muqobil nazariyalarni vujudga keltirdi.
Bu esa, ularni qiyosiy tahlil qilib, umumlashtiradigan ijtimoiy sosiologik
tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qo’ymoqda.
Ikkinchidan,
migratsiya
milliy,
hududiy,
mintaqaviy
va
global
xususiyatlarga ega jarayon bo’lganligi uchun unga O’zbekiston aholisining
migratsion jarayonlardagi ishtirokiga voqyelik sifatida yondoshish tamoyillarini
konkretlashtirish muhim nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Demak
O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtirokini o’rganish,
respublikamizda yuz berayotgan migratsiyaning muammo va yechimlarini yoritish
nihoyatda dolzarb mavzudir.
Do'stlaringiz bilan baham: