30
1.2 O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki
tushunchasi va uning mohiyati.
XXI asrga kelib, inson shunday murakkab sharoitda: o’zining borliqdagi
o’rni, hayot mazmuni, ijtimoiy–siyosiy munosabatlardagi maqomi haqida qayta
o’ylab ko’rishga majbur bo’lmoqda. Bu esa, O’zbekiston aholisi misolida ham
migratsiya jarayonini inson muammosi kontekstida keng ko’lamda va chuqur
tahlil qilish borasida ijtimoiy ishchi xodimlari fani oldiga bir qator vazifalarni
qo’yadi.
Tadqiqot mavzusi maqsadidan kelib chiqqan holda, inson omilini migrant
maqomi kontekstida tahlil qilganda uning ijtimoiy mohiyati konkretlashadi.
Lekin, aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri
natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga
majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni
ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish
ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, modddiy madaniy-maishiy
sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish
mumkin.
O’zbekistonning
mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga qo’shilishi uni
jahon mehnat bozorida ham faol qatnashishini taqozo etadi. Iqtisodiyotni isloh
qilishning dastlabki yillaridagi joylashtirish bilan shug’ullanuvchi barcha jismoniy
va yuridik shaxslar yoki xorijiy ish beruvchilar bilan xususiy ravishda kontrakt
tuzilgan fuqarolar hamda ishlash uchun O’zbekistonga kelayotgan chet el
fuqarolari tegishli davlat idoralaridan ruxsatnoma (lisenziya) olishlari lozim.
Inson paydo bo’libdiki, u dunyoni, o’zini bilishga, atrof–muhitning sir–
asrorini ochib berishga harakat qiladi. Lekin, inson uchun eng murakkab, doimiy
muammo bu–uning o’zligini, o’z mohiyatini anglashdir. To’g’ri, har bir tarixiy
davrda inson muammosiga yondoshish usuli ham, ko’lami ham turlicha bo’lgan,
lekin uning dolzarbligi hech qachon ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun
ham O’zbekistonda aholining migratsion mobilligi kuchayotgan hozirgi davrda
inson
omilini
faollashtirish
muammosining
dolzarbligi,
nafaqat
uning
31
an’anaviyligiga, balki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi o’ziga xos, murakkab
bosqichidagi muhim o’zgarishlarga ham bog’liqdir.
O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy
tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish
istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial-
iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki
O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga
olib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion
harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu
muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy harakati va undagi
o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha
ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi
taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi,
kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va
o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil
etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab
chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini
tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini
ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab
chiqarishni rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi
kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Aholi migratsion harakatining
yo’nalishi umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’lgan taqdirda,
ya’ni ishchi kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning
iqtisodiy ahamiyati katta bo’ladi. Migratsiya tufayli yangi-yangi tabiy boyliklarni
ishga solish, yangi yerlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini
kengaytirish mumkin. Ammo migratsiyaning davlat manfaatlariga muvofiq
bo’lmagan yo’nalishi, ya’ni aholining mehnat resurslari bilan to’la ta’minlangan
xududlarga ko’chib o’tishi, ba’zi xo’jalik tarmoqlarini tayyor ishchi kuchi bilan
ta’minlab, yuzaki qaraganda ijobiy ko’rinsada, aslida umumdavlat nuqtai nazaridan
32
maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu samarasiz migratsion oqim mahalliy mehnat
resurslarini ishlab chiqarishga to’la jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishda
qiyinchilik tug’diradi. Umuman migratsion jarayonlarida sifat o’zgarishlari sodir
bo’lishi uchun migratsiyaning yo’nalishlari asosan turli xil mulk xo’jaligining
mehnat bilan ta’minlanishiga mos kelishi kerak.
Demak, zamonaviy aholishunoslik nazariyasi, o’zining ko’lami jihatidan,
juda keng doiradagi masalalarni hal qilishga qaratilgan. Lekin, hozircha aholi
haqidagi to’plangan tabiiy ilmiy hamda ijtimoiy bilimlarni maxsus va umum ilmiy
uslublar asosida umumlashtirishga yo’naltirilgan bunday harakatlar bir butun
bilimlar tizimini yaratgan emas. Umuman aholi haqidagi to’plangan tabiiy yoki
ijtimoiy fanlar to’plagan bilimlar majmuasi ham, uning bir butun obyekt sifatida
yaxlit tasavvurini bera olmaydi. Chunki aholi uni tashkil etuvchi elementlarning
oddiy majmuasi emas, balki, yangi sifat darajasini ifodalovchi, muayyan
barqarorlikka, shu bilan birga dinamik rivojlanishdagi ijtimoiy hodisadir. Shuning
uchun ham aholining alohida jihatlarini, xususan migratsiya bilan bog’liq
o’zgarishlarni muayyan fan doirasida o’rganib, uning mohiyatini to’laligicha ochib
berishi mumkin emas. Shu bois, intellektual jihatdan yuqori taraqqiy topgan
davlatlar XXI asrda ta’limni rivojlantirishni muhim strategik vazifa deb
qaramoqdalar.
29
Biz bu jarayonda har bir xalqning migratsiya natijasida ma’naviy
integrasiyalashuvi va unifikasiyalashuviga qaramasdan mental xususiyatlarini
saqlab qolishi ham alohida ahamiyat kasb etishini nazarda tutish lozimligini qayd
qilmoqchimiz. Vaholanki, har qanday shaxs tilining individual xususiyatlari
“omillar kompleksi” bilan determinlashgan bo’lib, ularning tarkibida migratsiya
jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ya’ni, migratsiya hodisasi migrantning ham,
migrantni qabul qilgan ijtimoiy muhitni ham kompleks–sistemali tahlil qilishni
taqozo qiladi.
30
Umumlashtirib aytganda, inson omilini har tomonlama kompleks
o’rganishga qaratilgan, aholishunoslik deb nomlanuvchi yaxlit bir butun nazariyani
29
Qarang: Абдуллаев Ю. Жаҳон олий мактаби: қиёсий таҳлил. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 2001. – Б. 12.
30
Qarang: Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. – М.: 1977. – С. 162.
33
yaratish, uning umummetodologik asoslarini yaratishga bog’liq. Faylasuf
I.T.Frolovning fikricha, bunday umummetodologik asos vazifasini: integrativ,
aksiologik xarakterga ega, maxsus fanlar, (xususan, ijtimoiy ish va sosiologiya)
xulosalariga asoslangan va ularni muayyan metodologiya asosida umumiy
maqsadga yo’naltira oladigan ilmiy ijtimoiy-falsafa bajarishi mumkin.
31
Hozir amaldagi ta’lim dasturlari inson omili masalalarida umumiy
yaxlitlikka erishgani yo’q. Bu o’rinda mashhur sosiolog P.Sorokin faol migratsiya
jarayonlarida turli darajadagi xalqaro ta’lim dasturlari orqali o’z malaka va
ko’nikmalarini oshirgan yoshlar orasida turli xil og’ishlar kuzatilayotganiga ishora
qilib aytgan quyidagi fikrlarini keltirishni lozim deb hisobladik: “Universitet
bitiruvchilarining
ko’payishi, gumanitar fanlar bakalavrlari, magistrlari,
sosiologiya, ijtimoiy ish va falsafa doktorlari hamda boshqalar sonining ortib
borishi jamoatchilikka foydadan ko’ra ko’p zarar keltiradi. Ko’pchilik uchun
bunday xulosa paradoks bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin bu haqiqat”
32
. Bizning
fikrimizcha, bugungi kunda ham barcha talabalarning har qanday qiziqishi va
ijtimoiy holatini o’rganish, balki rasional boshqarish foydadan xoli bo’lmaydi.
Chunki jamiyatda avj olib borayotgan muammolarga hech ikkilanmasdan
“deviant” kayfiyatdagi insonlar, xususan yoshlar hayotidan ko’plab misollar
keltirish mumkin.
O’zbekistonda mamlakatning 60 foizdan ko’proq aholisi yoshlardan iborat
ekanligini inobatga olib, migratsiya jarayonlarini boshqarishda inson omilini
aholining bevosita shu demografik qatlami bilan bog’lab o’rgandik. Jamiyatda
yoshlar muammosini sosiologiyaning tarmoq yo’nalishi hisoblangan “Yoshlar
sosiologiyasi” o’rganib, yosh avlodning ijtimoiy hayotga kirib kelishi,
ijtimoiylashuv xususiyatlari, katta avlod nazariy bilimlari va amaliy tajribalariga
vorislik asosida hayotiy rejalarini shakllantirish va unga nisbatan yo’naltirilgan
qadriyatlarni–jumladan kasbiy, ijtimoiy mobillik, turli guruhlar ichida ijtimoiy
rollarni ijro etish va ko’nikmalarni shakllantirish kabi omillarni tahlil etadi.
31
Qarang: Фролов И.Т. О человеке и гуманизме. – М.: Наука 1989. – С. 25 – 26.
32
Qarang: Фролов И.Т. О человеке и гуманизме. – М.: Наука 1989. – С. 25 – 26.
34
Zamonaviy ijtimoiy-demografik guruhlar sosiologiyasida yoshlar
muammosi masalalarini o’rganishda “YuVENTOLOGIYa” (lotin tilida-yuventus),
- deb nomlanuvchi maxsus tarmoq fan yo’nalishi kiritilgan bo’lib, lug’aviy
ma’nosi “ta’sir o’tkazish” degan iborani beradi.
33
U yoshlarning o’zlari yashab
turgan jamiyat hayotiga nisbatan munosabatlarini, ularning ijtimoiy–siyosiy
jarayonlardagi ishtirokiga turli omillar ta’sir kuchini o’rganadi va tahlil etadi.
Yoshlar muammosiga yuqorida ko’rsatilgan yondashuvlarning umumiy
kamchiligi, ularning migratsion jarayonlardagi faol ishtirokini va shu xususiyat
bilan bog’liq muamolarni diqqatdan chetda qoldirishdir. Shuning uchun yoshlar
masalasi tahlilida, undagi davr ruhi yoki demografik holatlaridan kelib chiqib
emas, balki ular uchun xos bo’lgan mental xususiyatlarni belgilab beradigan
migratsiyaga moyillik sifatlariga qarab baholash kerak. Bunda yoshlarning jamiyat
rivojlanishiga qo’shayotgan hissasini albatta migratsion mobilligi bilan bog’liq
ekanligini unutmaslik lozim.
Shu bois, aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning mohiyatini
to’liq ravishda anglamoqchi bo’lsak, yoshlarning ijtimoiy demografik
ko’rsatkichlari bilan bog’liq faktlarning tahliliga juda katta e’tibor qaratmog’imiz
zarur. Zero, Vatanimiz mustaqillikka erishgach, uning taraqqiyoti, xalqimiz
farovonligi va yurtimizda inson salomatligini asrash, unga munosib sharoit yaratish
va g’amxo’rlik ko’rsatish uzluksiz o’sib borayotganining tasdig’i sifatida aholining
o’rtacha umr ko’rish darajasi 1990 yildan 2014 yilga kelib, 67 yoshdan 73,5
yoshga yetganini O’zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida
qayd etib o’tdilar.
34
O’zbekistonda jami aholining 60 foizini 30 yoshgacha
bo’lganlar tashkil etadi. Demografik nuqtai nazardan bu ko’rsatkich juda katta
mehnat resurslariga ega ekanligimizni ko’rsatadi. Hozirgi zamonda, ya’ni so’nggi
o’n yilda(2003–2013 yillarda) 14 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar o’rtasida
o’rtacha vazn ko’rsatkichi 43 kilogrammdan 47 kilogrammga, qizlar o’rtasida esa
33
Qarang: Социология. Учебное пособие для студентов ВУЗов. – М.: «Тетра Системс», 1988. – С. 391.
34
Мамлакатимизни демократик янгилаш ва модернизация қилишга қаратилган тараққиёт йўлимизни
қатъият билан давом эттириш – бош мақсадимиздир. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон
Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 22 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги
маърузаси// Халқ сўзи, 2014 йил 6 декабр, № 237 (6167).
35
44 kilogrammdan 48 kilogrammga ortgani kuzatilmoqda. Ularning bo’yi esa o’g’il
bolalar o’rtasida o’rtacha 3 santimetrga, qiz bolalar o’rtasida esa 2,9 santimetrga
o’sgani aniqlangan. Hozirgi vaqtda 92 foiz o’g’il–qizlarimizning vazni va bo’yiga
doir ko’rsatkichlari Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’la mos
keladi. Agar 2003 yilda harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan yigitlar yurtimizda
67, 6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda bu ko’rsatkich 82, 5 foizga etdi.
35
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi, davlat tomonidan olib borilayotgan
demografik siyosatning amaliy natijasidir.
2014
yilda
ta’lim muassasalarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi, ishga joylashishi
kerak bo’lgan 630 mingga yaqin kishi mehnat bozoriga kirib kelgan edi. Bu haqda
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o’rinbosari Botir
Alimuhammedov
O’zXDP
Markaziy
Kengashi
hamda
Oliy
Majlis
Qonunchilikpalatasidagi fraksiyasining 2014 yilda bo’lib o’tgan ish o’rinlari
tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi muhokamasiga
bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilishida ma’lum qilgandi.
Iqtisodiyot vazirligi demografiya va mehnat bozori bo’limi boshlig’i Zafar
Sharipovning aytishicha, respublikamizda ishga layoqatli iqtisodiy faol aholi soni
yildan-yilga oshib bormoqda. “Bandlik tarkibini tahlil etadigan bo’lsak, jami band
aholining 12,9 foizi sanoatda, 26,8 foizi qishloq va o’rmon xo’jaligida, 9,4 foizi
qurilishda, 11,1 foizi savdo, umumiy ovqatlanish, tayyorlov va ta’minot sohalarida
mehnat qilayapti”, — dedi u.
36
Demak
,
yuqorida
keltirilgan
tahlil,
ya’ni
O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va
uning mohiyatini yoritish bo’yicha qabul qilingan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy
xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat
siyosatining asosiy vazifalarini hal etishga yo’naltirilgandir. Shuningdek, ushbu
sa’y-harakatlarning barchasi milliy mehnat bozorida ishchi kuchi kasb-malaka
tarkibini muvozanatga keltirishga, xorijda ishlayotgan, yashirin tashqi mehnat
migratsiyasining oldini olishga va boshqalarga qaratilgan. Ayni vaqtda
35
Ҳалқ сўзи, 2013 йил 16 март, № 52 (5726).
36
Газета.uz / parliament.gov.uz
21.11.2014, 21:52 //
Do'stlaringiz bilan baham: |