Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana04.10.2020
Hajmi0,69 Mb.
#49494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar

 

 

 

 

 

 

                                                      

46

 Узбекистан в цифрах 2012. Государственнқй комитет Республики Узбекистан по Статистике. – Т., 2012. – 



С. 39. 

47

 Толаметова З.А. Демографик жараёнлар ва уларнинг аҳоли бандлигига таъсири//Иқтисод ва молия, 2014, 



№ 3, 57 бет. 


 

50 


 

 

2.2  O’zbekistonda  ro’y  berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi 



bandligiga ta’siri. 

 

Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek,  “...  yangi  ish 

o’rinlari tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini ta’minlash 2013  yil  va 

undan  keyingi  yillarga  mo’ljallangan  maqsadli  vazifalarni  hal  qilishning  eng 

muhim ustivor yo’nalishi bo’lib qoladi”

48

.  



Ish  o’rniga  bo’lgan  ehtiyoj  mehnat  bozorida  ilk  bor  ishchi  kuchini  taklif 

qiladigan shaxslar (akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari va 

boshqa  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilari  bo’lmish  mehnatga  layoqatli  yoshlar), 

shuningdek,  ishga joylashishga muhtoj band bo’lmagan aholi (ish joyi va daromad 

manbaiga ega bo’lmaganlar) hisobidan shakllantiriladi. 

Ish  o’rniga  bo’lgan  ehtiyoj  mehnat  bozoridagi  ishchi  kuchiga  bo’lgan  talab 

va taklif balansi, demografik jarayonlar tahlili asosida aniqlanishi zarurdir. 

Bunda iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizasiya 

qilish  va  texnologik  yangilash  natijasida  bo’shab  qoladigan  ishchi  o’rinlar  hisob-

kitobiga alohida e’tibor qaratiladi. 

Postsovet hududi ichida migratsion jarayonlarda eng faol ishtirok etayotgan 

mamlakatlar  qatoriga  O’zbekiston  ham  kiradi.  Mamlakatdagi  ichki  migratsion 

jarayonlarning  markazi  Toshkent  shahri  bo’lib  qolayotgan  bo’lsa,  tashqi 

migratsion 

jarayonlarda 

asosan 


O’zbekiston 

bilan 


iqtisodiy–ijtimoiy  

munosabatlarda  faol  qatnashayotgan  hamda  o’zbekistonliklarning  milliy 

mentaliteti  va  xarakteri  mos  tushadigan  mamlakatlar  o’rin  egallamoqda.  Bu 

mamlakatlar  orasida  birinchi  o’rinda  Rossiya,  keyingi  o’rinlarda:  Qozog’iston, 

Janubiy  Koreya  Respublikasi,  Boltiq  bo’yi  davlatlari  va  qisman  Ukraina(maydan 

voqyealarigacha), Yevropa qit’asida esa, Turkiya, Germaniya, Angliya va Gresiya 

mamlakatlari  turadi.  Amerika  qit’asida  esa,  AQSh  va  Kanadada  o’zbek  millatiga 

mansub  bo’lgan  yoki  o’zbekistonlik  fuqarolarning  migratsion  jarayonlardagi 

ishtirokini  kuzatish  mumkin.  Yaqin  sharq  yoki  Afrika  qit’asida  Misr  Arab 

                                                      

48

 Каримов И.А. Бош мақсадимиз-кенг қўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом 



эттириш. – Т.: “Ўзбекистон”, 2013. – 14 бет. 


 

51 


 

 

Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarida ham o’zbekistonliklarning mehnat 



qilib yurganliklari to’g’risida jamoatchilik fikri ma’lumot beradi. Bundan tashqari, 

Malayziya  va  Hindistonda  ham  o’zbeklarning  ma’lum  darajadagi  migratsion 

ishtiroki  mavjud.  Misol  sifatida  tahlillarga  ko’ra,  2012  yilda  Nurobod  tumanidan 

xorij davlatlariga uzoq muddatli chiqib ketganlar soni 3 937 nafarni tashkil etgan.

49

 

Ayrim 



statistik 

ma’lumotlarga 

qaraganda 

bugungi 


kunga 

kelib 


O’zbekistonliklarning  2  mln.  247  ming  aholisi  migratsiya  jarayonlarida 

qatnashmoqda (2008-2009 yy.). 

O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  va  aholini  muhofaza  qilish  vazirligi 

tomonidan  taqdim  etilgan  statistik  ma’lumotlarga    (2008  yilning  31  dekabriga) 

qaraganda  O’zbekiston  Respublikasidan  ketgan    va  kelgan  shaxslarning  safar 

maqsadlari  bo’yicha  taqsimoti  ma’lumotlariga  ko’ra,  jami  2  mln.  224  ming  747 

kishi ishtirok etgan 

50

. Shu bilan birga, bir tomondan, ayrim o’zbekistonliklarning 



norasmiy  migrantligi,  ikkinchi tomondan, aholining  notartib  migratsion  mobilligi, 

ma’lum vaqtlarda, aniq statistik axborotni olish muammosini keltirib chiqardi. 

Ushbu  aytilgan  fikrlarning  amaliy  ko’rinishi  o’zbekistonliklarning  Koreya 

Respublikasiga 

mehnat 

migratsiyasida 

ko’zga  tashlanadi

51



O’zbekiston 

Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy  himoya qilish vazirligining tashqi mehnat 

migratsiyasi  masalalari    agentligi  respublikamizda  rasmiy  mehnat  migratsiyasini 

tashkil  qilish  bilan  shug’ullanadi.  Jumladan,  2006  yilda  Koreya  Respublikasi 

Mehnat  vazirligi  imzolagan  Memorandum  asosida  Koreya  Respublikasi  ish 

beruvchilari  rasmiy  mehnat  shartnomasi  asosida  fuqarolarimizni    u  yerga  ishlash 

uchun  tashkiliy  ravishda  jo’natib  kelmoqda.  Buning  uchun,  avval,  talabgorlar 

koreys tili bo’yicha test sinovlarini topshiradilar, so’ngra koreyali ish beruvchilari 

tomonidan mehnat shartnomasini olgan fuqarolar ketish oldidan moslashuv o’quv 

mashg’ulotlariga  qatnashib,  tibbiy  ko’rikdan  o’tadilar  va  rasmiy  ravishda,  o’z  ish 

joylariga  kuzatib  qo’yiladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  ishga  ketuvchilarning  90% 

                                                      

49

 Ибрагимов Ж. Одам савдоси – давр муаммоси // Заравшон 2013 йил 2–май, № 52 (22. 210) 



50

  ЎзР Меҳнат ва аҳолини муҳофаза қилиш вазирлигининг 2008 йил 31 декабргача бўлган маълумотлари 

51

  Парманов  Ф.Я.  Миграция  жараёнларини  бошқаришда  инсон  омили.  //  Социология  фанлари  номзоди  ….  



диссертация автореферати. – Т., 2012.- Б. 12. 


 

52 


 

 

o’zbek  va  10  %  boshqa  millatlarga  mansub  bo’lib,  ular  asoson  qishloq  joylarida 



istiqomat qilishadi. 

Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan rasmiy migrantlar tarkibida ayollar 

soni  boshqa  (Rossiya,  Qozog’iston  va  h.k.)  davlatalarga  ketayotgan  nomuntazam 

migrantlar  tarkibidagi  ayollar  soniga  nisbatan  kamchilikni  tashkil  qiladi.  Bunga 

asosay  sabab  qilib,  birinchi  navbatda,  Koreya  Respublikasining  uzoqligi,  hayot 

tarzi va madaniyatlaridagi farqlar hamda ayollarning nibatan sanoat korxonalarida 

kam ishlashga qiziqishlarini ko’rsatish mumkin. 

Mehnat  va  aholini  ijtimoiy    himoya  qilish  vazirligining  tashqi  mehnat 

migratsiyasi 

masalalari 

agentligi 

boshqa 


davlatlar 

bilan 


hamkorlikni 

mustahkamlayotganligini  e’tiborga  olgan  holda  va  ishga  borgan  migrantlarning 

rasmiy maqomi va uning haq huquqlari himoyanlanganligi, shuningdek, u yerdagi 

sanoat  korxonalarida  malakali  mutaxassis  bo’lib,  respublikamizga  qaytganidan 

so’ng o’z yashash joylaridagi sanoat korxonalarini rivojlanishi uchun o’z hissasini 

qo’shishini  nazarda  tutib,  bu  yo’nalishda  aniq  ishlar  qilish  kerakligini  ta’kidlash 

joiz. Jumladan, migrantlarning mehnat qobiliyatini hisobga olish, ish vaqti optimal 

reglamentlashtirilganligi  va  boshqa  sharoitlar  qulayligi  migrantlarni  ayni  shu 

mamlakatda  ishlashga  moyilligini  rag’batlantiruvchi  omillar  hisoblanadi.  Bu 

jarayonning davlat tomonidan tashkillashtirilishi va nazorati O’zbekiston davlatida 

fuqarolarini  ijtimoiy    muhofazasini  namoyon  qiladi.  Ya’ni,  migrantlarga  ish 

beruvchi  mamlakatlarda  qonunning  huquqiy  makonini  yaratilishi,  migrantlar 

manfaatlarini himoya qilishi davlatning tashqi funksiyasini tashkil qiladi. 

            Dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarga ketgan o’zbekistonliklarning 

katta qismi xorij tilllarini yaxshi o’zlashtirgan talabalar, malakali texnik va sanoat 

xodimlari,  hamda  yuqori  salohiyatga  ega  bo’lgan  professor–o’qituvchilardan 

tashkil  topadi.  Shuningdek,  ushbu  mamlakatlarning  o’z  yurtlariga  xorijlik 

fuqarolarni jalb etishga qaratilgan loyiha, dasturlar (masalan, GREYeN CARD  va 

shu kabilar) bo’yicha ham migratsiya rivojlanib bormoqda 

52

.  



                                                      

52

 АҚШ Иммиграция Департаменти Ҳисобот. www. greencardlottery.com 




 

53 


 

 

Hozirga kunda O’zbekistonda migratsion jarayonlarni gorizontal va vertikal 



yo’nalishlarda  ijtimoiy-sosiologik  tadqiq  qilinib,  ularni  turkumlashtirishda 

muayyan  ilmiy  izlanish  natijalari  e’lon  qilinmoqda.  mazkur  natijalarni 

umumlashtirib,  O’zbekistondagi  migratsion  jarayonlarda  inson  omili  rolini  

izohlashda tadqiqotchi K.Kalanovning tadqiqotlari  muhim o’rin egallaydi 

53

.  


K.Kalanovning  tadqiqiotlarida  izohlanishicha  O’zbekiston  fuqarolarining 

uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi: rasmiy doimiy emigratsiya; rasmiy 

vaqtichalik  emigratsiya;  norasmiy  emigratsiya;  ekologik  emigratsiya;  intellektual 

migratsiya  shaklida  yuz  bermoqda.  O’zbekiston  fuqarolarining  MDH  davlatlariga 

migratsiyasi  (gastarbayter  va  yollanma  ishchilar);  doimiy  rasmiy  migratsiya 

(fuqarolikni  olish);  vaqtinchalik  etnik  migratsiya  (etnik  vatanga  borib  ishlash); 

ekologik  migratsiya;  intellektual  migratsiya  (tadqiqotchilar,  olimlar,  talabalar  va 

shu kabilar).  

Shu  kabi  O’zbekistonning  o’z  hududi  ichidagi  migratsiya:  vaqtinchalik 

iqtisodiy  migratsiya  (mardikorlar);  vaqtinchalik  va  doimiy  majburiy  ekologik 

migratsiya  (favqulodda  vaziyatli  hududlardan  aholini  ko’chirish);  uzoq  qishloq 

tumanlaridan  yirik  shaharlarga  yoshlarning  vaqtinchalik  va  doimiy  tartibsiz 

migratsiyasi;  kichik  shahar,  shaharcha,  uzoq  tumanlardan  yirik  shaharlarga 

intellektual  migratsiya  (asosan  Toshkentga)  ham  mavjuddir.  Va  nihoyat,  xorijiy 

mamlakatlardan  O’zbekistonga  immigratsiya:  tranzit  immigratsiya  (asosan 

Afg’oniston,  Tojikiston  va  qisman  Qirg’izistondan);  shartnoma  bo’yicha 

vaqtinchalik  immigratsiya;  norasmiy  immigratsiya  (asosan  qo’shni  davlatlarda 

istiqomat qiluvchi mahalliy o’zbeklar va qisman qardosh xalqlar). 

Ushbu turkumlashtirish tamoyilini dastlabki metodologik asos sifatida qabul 

qilish  mumkin.  Lekin, har qanday  ijtimoiy-sosiologik  tadqiqot  kabi, uni universal 

uslub  tarzida  qabul  qilish  mumkin  emas.  Chunki  bunday  ilmiy  tadqiqot  natijalari 

kompleks–sistemalikdan  ancha  yiroq.  Ya’ni,  migratsion  jarayonlarga,  asosan, 

faktorial  yondoshish  ustivor  ahamiyat  kasb  etgan.  Vaholanki,  har  qanday 

                                                      

53

 Qarang: Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. // Материалы второго конгресса 



социологов  тюркоязычных  стран  на  тему  Гражданское  общество  и  социальный  прогресс  в  XXI  веке.  – 

Алматы. 2008. – С. 438 – 441. 




 

54 


 

 

migratsiyaga  mamlakatning  urbanizasiyalashuv  darajasini  belgilaydigan:  ishlab 



chiqarish kuchlarini joylashtirish,  demografik tarkibi, etnik tuzilishi, konfessional 

xarakteristikasi, aglomerasiya effektii va boshqa qator omillar, mental xususiyatlar 

(tarixiy shakllangan turmush tarzi, an’analar, oilaviy munosabatlar, oila boshlig’iga 

bo’ysunish psixologiyasi, oilada ko’p bolalik) juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ulardan 

har  birining    migratsion  jarayonlarga  ta’siri  alohida  tadqiqot  obekti  bo’lishi 

mumkin. 


Biz  ushbu  jarayonlarni  tahlil  etishda  migratsiya  asosi  va  maqsadi  bo’lgan 

“yollanma  mehnat”  kategoriyasining  mazmunini  aniqlashga  harakt  qildik. 

Ma’lumki,  O’zbekiston  hududida  yollanma  mehnat  (oddiy  aholi  tilida  bu 

mardikorlik deb ataladi) hamma vaqt bo’lgan Buning sababini mamlakatning katta 

iqtisodiy  tarmog’i  agrar  sohaga  yo’naltirilganligini  asos  qalib  ko’rsatish  ilmiy 

jamoatchilik o’rtasida ustivor mavqega ega.

54

  

Hozirgi kunda yollanma mehnatda aholining turli xil qatlamlari oshkora yoki 



vaziyat  taqozosi  tufayli  ishtirok  etmoqda.  Biz  yollanma    mehnat  tushunchasi 

orqali,  kishilarning  bir  necha  soatdan  bir  necha  kungacha  bo’lgan  muddat  ichida 

ish  beruvchi  bilan  norasmiy,  o’zaro  kelishuvga  asoslangan  muzokaralar  asosidagi 

mehnat  faoliyatini  nazarda  tutmoqdamiz.  Xususan,  bolalar,  ayollar,  nafaqadagi 

kishilar, davlat xizmatida ishlayotgan ishga yaroqli aholi qatlamining ba’zi toifalari 

qo’shimcha  daromad  manbai  sifatida  yollanma  mehnat  tizimida  faoliyat 

yuritaytganini kuzatish mumkin. 

Sobiq  sho’rolar  tuzumi  davrida  yollanma  mehnat    ishtirokchilari,  asosan 

uzoq  qishloqlardan  o’qishga  kelgan  talabalar  bo’lib,  ular  yotoqxonalarda 

turadiganlar  orasida  kuzatilgan.  Bu  davrda  yollanma    mehnat  xususiy  qurilish  va 

qishloq  xo’jaligi  sohalarida  bo’lib,  davlat  sektori  hech  qanday  rol  o’ynamagan. 

Agar  davlat  sektori  o’z  faoliyatida  yollanma  mehnatga  jalb  etilsa,  uning 

tashkilotchilari  jinoiy  javobgarlikga  tortilgan.  Yollanma  mehnatga,  asosan  aholi 

tomorqalari va xususiy uy–joy qurilishida ehtiyoj sezilgan. E’tirof etadigan tomoni 

                                                      

54

  Qarang:  Каланов  К.  Внутренняя  миграция  на  неформальном  рынке  труда  в  Узбекистане.  //  Россия  – 



Узбекистан: история и современность (ч.II). / ЕвроАзия. – Москва. № №. (Июнь) / 2008. – С. 70 -75. 


 

55 


 

 

shundaki,  asosan  bunday  mehnat  markaziy  shaharlarda  (ko’proq,  poytaxt–



Toshkent shahrida, eski poytaxt–Samarqand shahrida) amalga oshirilgan. 

Yollanma  mehnat  sovetlar  davridan  oldin  ham  mavjud  bo’lgan.  Xususan, 

Chor  Rossiyasi  hukumati  birinchi  jahon  urushi  davrida  mahalliy  xalqni 

mardikorlikka  olganligi  to’g’risida  ko’plab  tarixiy  ma’lumotalar    mavjud.  demak, 

mardikorlik  faqat  jismoniy  shaxs  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lmay,  balki  davlat 

tomonidan ham tashkillashtirlgan va undan turli sohalarda foydalanilgan.  

Sobiq  tuzum  parchalanib  ketishi  natijasida,  uning  o’rnida  vujudga  kelgan 

mustaqil  davlatlarda  yollanma  mehnatda  ishtirok  etayotgan  kishilar  soni  oshib 

ketdi.  Malakaviy    bitiruv  ishini  bajarish  jarayonida  bizning  ijtimoiy-sosiologik 

tadqiqotlarimiz,  uning  sabablarini  quyidagi  omillar  bilan  bog’liqligini  ko’rsatdi.

 

Ya’ni:  xususiy  sektor  rivojlanishiga  keng  yo’l  ochib  berilishi,  tabiiy  ravishda, 



arzon va sug’urtasiz mehnatga ehtiyojni oshirib yubordi; Chet el texnologiyalari va 

sarmoyalarining  ko’p  miqdorda  kirib  kelishi  va  ularni  joylashtirshni 

reglamentlashtiruvchi  qonunlar  nochorligi  tufayli  qurilishda,  biznesda,  kommunal 

xizmat  va  boshqalarda  arzon  yollanma  mehnat  bozori  vujudga  keldi.  Bozor 

iqtisodiyoti  davrida  xususiylashtirish  va  barcha  narsalarga  to’lov  tizimining  joriy 

etilishi odamlardan muayyan  moliyaviy imkoniyatni talab eta boshladi va mazkur 

ehtiyojlarni  qondirish  zaruriyati  mehnat  bozorida  yollanma  mehnat  taklifini 

kuchaytirdi;  Shaharlarda  ish  joylarining  qisqarib  ketishi,  ekologik  vaziyat 

keskinlashuvi qishloq xo’jalik mahsulotlari xarajatlarining tannarxini qoplamasligi 

mehnat bozorini to’ldirdi. 

L.P.Maksakovaning  fikricha, migrant ishchilar xorijdagi korxonalarda ishni 

tashkil  etishdan  tashqari,  uni  boshqarish,  bozor  iqtisodiyoti  ko’nikmalarini 

shakllantirish,  zamonaviy  bilimlarni  o’rganib,  texnologik  tajriba  va  malakalarini 

boyitib  qaytadi.  Shuningdek,  ishchi  kuchini  eksport  qilish  respublika  valyuta 

tushumlarining sezilarli manbai bo’lib qoladi va natijada ushbu daromad hisobiga 

yangi ish joylari barpo etish imkoniyati ortmoqda.

55

 

                                                      



55

  Qarang:  Максакова  Л.П.  Миграция  и  рынок  труда  в  странах  Средней  Азии.  –  Тошкент:  Брейд  –  Стайл. 

2002. – С. 136. 



 

56 


 

 

Keyingi  yillarda  O’zbekistonda  migratsiya  jarayonida  vujudga  kelayotgan 



muammolar  va  ularning  yechimiga  doir  muayyan  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib 

borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda, ishchi kuchi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi 

sabablar,  ularning  ahamiyati,  afzalliklari  yoritib    berilishi  bilan  bir  qatorda,  bu 

boradagi  ishlarni  xalqaro  tajriba  asosida  tashkil  etishga  yo’naltirilgan  ilmiy  taklif 

va  tavsiyalar  ishlab  chiqilmoqda.

56

  Qator  olimlar  mamlakatimiz  yoshlarining 



qishloqdan shaharga, shahardan uzoq xorijiy davlatlarga vaqtinchalik borib kelish 

tendensiyasi o’sayotganligini, avvolo, migrantlarning daromad topish istagi, bilim 

olish, ish o’rganish, tajriba almashish ehtiyoji va zaruriyati bilan bog’liq ekanligini 

sosiologik tadqiqotlar asosida izohlaydilar.

57

 

Migratsiya  jarayonini  global  tarzda  tahlil  qiladigan  bo’lsak,  hozirgi 



O’zbekiston  sharoitida  yollanma  mehnat  asta–sekin    rasmiy  tus  olib  borayotgan 

bo’lsa  ham  to’liq  ijobiy  ahamiyatga  ega  emas.  Chunki,  bunda  bozor 

munosabatlariga doir bilim va ko’nikmalar to’liq shakllanmagan yollanma mehnat 

kishisi mentalitetidagi an’anaviy xususiyatlar o’z inersiyasini saqlab qolmoqda. Bu 

xorijga  borib  ishlash  uchun  ketayotgan  migrantlar  psixologiyasida  ham  saqlanib 

qolmoqda. 

Shuning uchun xorijda ishlab kelish istagida bo’lgan migrantlarni tayyorlash 

jarayonida  pedagogik  va  marketing–boshqaruv  mahoratini  shakllantirish    muhim  

ahamiyatga  ega.  Chunki  yollanma  mehnat  uchun  xorijga  borgan  ishchilarning 

mehnat  shartnomasi  buzilishi,  natijada  esa,  mamlakat  va  millat  sha’niga  jiddiy 

salbiy baho berishga sabab bo’lishi mumkin. 

Xuddi  shuningdek,  migratsiya  jarayonlarining  jahon  tajribasini  o’rganish 

asosida,  uning  O’zbekistondagi  xususiyatini    ijtimoiy-sosiologik  baholash  va 

prognozlashtirish 

mumkin; 

migratsiya 

natijasida 

boshqa 


mamlakatlarda 

o’zbeklarning  diasporalari  shakllanishini  sosiologik  tahlil  qilish  muhim  ilmiy 

ahamiyatga  ega;  an’anaviy  jamoaviy–oilaviy  turmush  tarzini  kechiradigan 

                                                      

56

  Qarang:  Убайдуллаева  Р.А.  Демографическая  ситуация  Узбекистана  и  перспективы  ее  развития  // 



Социально – демографические процессы в современном Узбекистане. Материалы Республиканской научно 

– практической конференции. – Тошкент: 2009. – С. 14 – 23. 

57

 Qarang: Ата–Мирзаев О. Потенциал сельско–городской миграции молодежи в Узбекистане. – М.: 1999. – 



С. 28. 


 

57 


 

 

o’zbeklarning  migratsiya  oqibatida  individual–oilasiz  hayotiga,  mentaliteti  va 



ruhiyatiga  o’tkazadigan  ta’sirini  atroflicha  o’rganish  zarur;  O’zbekistondagi 

ommaviy  migratsion  jarayonlar  davomiyligini  va  uning  ijtimoiy    oqibatlarini 

bartaraf qilish lozim. 

XX  asrning  so’ngida  demografik  tendensiyada  migratsiyaning  misli 

ko’rilmagan oqimi vujudga kelganligi kuzatilmoqda. Ya’ni, ortiqcha ishchi kuchi 

mavjud  bo’lgan  mamlakatlarning  fuqarolari  ishchi  kuchiga  ehtiyoji  oshib 

borayotgan rivojlangan Yevropa mamlakatlariga oqib kela boshladilar.  

Ushbu  jarayon  ba’zi  davlatlarda  demografik  inqirozning  oldini  olayotgan 

bo’lsa,  boshqalarida  ijtimoiy    –  iqtisodiy  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda. 

Inson  omilining  milliy  iqtisodiyot  rivojidagi  roli  ortib  bormoqda.  Jahon 

iqtisodiyotida  davlatlarning  demografik  ahvoli,  aholi  tizimi  va  sifati  juda  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi. Bu tizimni  aholi soni,  yoshi,   mehnatga  layoqatli aholi soni, 

tug’ilish va o’sish koyeffisiyentlari, migratsiya effekti, savodsizlik darajasi kabi bir 

qator ko’rsatkichlar tashkil etadi. 



 O’zbekiston  fuqarolarining  migratsiyada  ishtirok  etish  sabablari  tahlili 

natijasida quyidagi holatlar aniqlandi. Ya’ni migratsion jarayonlarning katta ulushi, 

o’zbeklar  tili  bilan  aytganda,  tirikchilik  uchun  moddiy    mablag’  orttirish 

maqsadida  mamlakat tashqarisiga  chiqib ketayotgan  bo’lsa, boshqalari bilim va 

malakalarini  oshirishga,  aksariyat  holatlarda,  rusiyzabon  aholining  katta  qismi 

o’zlarining  etnik  vatanlariga  yashash  va  mehnat  qilish  uchun  ketmoqdalar. 

O’zbekistonliklarning tashqi migratsion jaryonlarda faol ishtirok etishini, tabiiyki, 

faqat  mamlakatda  hammani  to’liq  ish  bilan  ta’minlash  imkoniyati  yo’qligi  bilan 

bog’lash noo’rin. Negaki, katta demografik muammolarni boshidan kechirayotgan 

Rossiya Federasiyasi va Qozog’iston hukumati Xitoy va Kavkaz xalqlardan ko’ra, 

islom  diniga  e’tiqod  qilish  bilan  birga,  mehnatsevar  va  tinchlikka  moil,  boriga 

qanoat qilib yashaydigan: o’zbek, qirg’iz, qoraqalpoq va tojiklarni o’z hududlarida 

orqada  qolgan  tarmoqlarida;  qishloq  xo’jaligi,  turli  xil  og’ir  mehnatlar  va 

mamlakatning  taraqqiy  etmagan  hududlaridagi  turli  jisimoniy  mehnatga  jalb 

qilishdan  manfaatdor.  Janubiy  Koreya  Respublikasi  esa,  O’zbekiston  bilan  uzoq 



 

58 


 

 

muddatlik  teng  sherikchilik  asosida  olib  borilayotgan  davlat  siyosatiga  muvofiq 



ko’pchilik  o’zbek  yoshlarining  ish  bilan  bandligini  ta’minlab  bermoqda. 

Shuningdek,  O’zbekistonda  koreys  tili  va  madaniyatini  o’rgatish  markazlarida 

ta’lim olgan ko’plab talabalarning Janubiy Koreya universitetlarida ta’lim olishga 

bo’lgan intilishlari oshgan 

58



 Yuqorida  keltirilgan    migratsiya  jarayonlarini  tahlil  qilishda  ijtimoiy-



sosiologik  tadqiqotlarning  o’rni haqida  bildirilgan  fikr–mulohazalarimizdan  so’ng 

yakun  sifatida  quyidagilarni  ta’kidlash  kerak.  O’zbekistondan  mamlakat 

tashqarisiga  mehnat migratsiyasining ilk yuqori bosqichi  XX  asrning  90–yillariga 

to’g’ri  keladi  va  bu  mustaqillikka  erishish,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari 

shakllanishi  bilan  bog’liq.  O’zbekistonlik  mehnat  migrantlari,  birnchi  navbatda, 

janubiy  Koreya  Respublikasida,  Rossiya  Federasiyasida  ishlashni  afzal  deb 

biladilar. 

Global  migratsiya  jarayonida  O’zbekistonning  o’ziga  xos  xususiyatlari: 

o’zbekistonliklarning  etnodemografik  tarkibi,  mentaliteti,  xarakteri,  uni 

boshqarishning  siyosiy  sosiologik  mexanizmlarini  o’rganishni  tashkillashtirish 

rasional  usullari  va  vositalarini  tahlil  qilishdan  quyidagi  umumiy  yakunlar  kelib 

chiqadi.  

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ichki va tashqi migratsiyaning 

xarakteri,  shart–sharoitlari  hamda  imkoniyatlari  o’zgardi.  Davlatning  bosh 

islohotchilik  roli  va  milliy  taraqqiyotning  modeli  migratsiya  jarayonini 

tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish institusional tizimi faoliyatida yaqqol 

ko’zga  tashlanmoqda.  Migratsiya  jarayonini  boshqarishdagi  jahon  tajribalarini 

umumlashtirish  va  O’zbekiston  Respublikasi    bilan  qiyosiy  tahlil  qilish,  uning 

mamlakatimizdagi  strategik  yo’nalishlarini  belgilab  berishda  xizmat  qiladi. 

O’zbekiston  aholisining  ijtimoiy    makon  va  sotsial  mobilligi  global  migratsiya 

jarayonidagi ishtiroki bilan belgilanadi. Zero, xalqaro migratsiyada inson omili hal 

qiluvchi  rol  o’ynaydi.  Mamalakatimizdagi  ichki  va  tashqi  migratsiya  tarkibi  va 

                                                      

58

  Парманов  Ф.Я.  Миграция  жараёнларини  бошқаришда  инсон  омили.  //  Социология  фанлари  номзоди  ….  



диссертация автореферати. – Т., 2012. – Б. 16 – 17. 


 

59 


 

 

yo’nalishlarining  tuzilmaviy–funksional  tahlili  global  tendensiyalarga  mosligini 



ko’rsatmoqda.    

Shunday  qilib,  aholining  mexanik  harakatchanligi-mamlakatga  boshqa 

joylardan  ko’chib  kelish  va  mamlakatdan  ko’chib  ketishni  bildiradi.  2012  yilda 

Markaziy  Osiyoning  5  davlatidagi  umumiy  aholining  soni  64,6  million  kishini 

tashkil  etib,  undan  shahar  aholisi  30,7  million  kishini,  ya’ni  umumiy  aholining 

47,4 foizini tashkil etgan. 2007-2012 yillarda Markaziy Osiyoda aholining o’rtacha 

yillik o’sishi 1,6 fozga teng bo’lgan

59

.  



BMT  prognozlarining  kщrsatishicha, 

2050 yilda Markaziy Osiyodagi umumiy aholi soni 82 million kishiga yetib, undan 

55,2 foizi shaharlarda yashaydi. Oxirgi 20 yil ichida O’zbekistonda shahar aholisi 

10,2  foizga,  Qozog’istonda  5  foizga,  Turkmanistonda  2  foizga  o’sgan  bo’lsa, 

Qirg’izistonda  2  foizga,  Tojikistonda  9  foizga  qisqargan.  Buning  asosiy  sababi-

Qirg’iziston,  Tojikistonda  deurbanizasiya  jarayoni.  ya’ni  qishloq  aholisining 

ko’payishi  kuzatilgan  bo’lib,  shahar  aholisi  38,2  foizdan  33,9  foizga  qisqargan. 

Iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o’zgarishlar  natijasi  bunga  asosiy  sabab  bo’lib,  bu 

davlatlarda  sanoatning  qisqarishi,  agrar  sektorning  o’sishi  ham  bandlik  bilan 

bog’liq  muammolarining  kelib  chiqishiga  sababchi  bo’lmoqda.  Hozirgi  kunda 

dunyo  miqyosida  600  ta  yirik  shaharlar  mavjud  bo’lib,  unda  sayyoramizdagi 

aholining 5 dan 1 qismi yashaydi, dunyo miqyosida ishlab chiqilgan YaIM ning 50 

foizi  shu  shaharlar  hissasiga  to’g’ri  keladi

60

.      Respublikamizdagi  demografik 



vaziyatga  nazar  soladigan  bo’lsak,  davlatimiz  nafaqat  Markaziy  Osiyoda, 

qolaversa,  dunyoning  boshqa  davlatlari  o’rtasida  ham  aholisining  jadal  o’sib 

borayotgani  bilan  ajralib  turadi.Xullas,  respublikamizda  aholining  tabiiy  o’sish 

sur’atlari  yuqori  bo’lib,  O’zbekiston,  aholisining  soni  bo’yicha,  MDH 

mamlakatlari  ichida  3-o’rinni  va  markaziy  Osiyo  davlatlari  ichida  1-o’rinda 

turadi


61

.                                      

                                                      

59

 



www.unescap.org-Урбанизация

 в Центральной Азии: вызовы, проблемы, переспективы. Аналитический 

доклад. 2013. 03. Доклад Цент экон. исслед. – Т., 2013. 

60

 



www.unescap.org-Урбанизация

 в Центральной Азии: вызовы, проблемы, переспективы. Аналитический 

доклад. 2013. 03. Доклад Цент экон. исслед. – Т., 2013. 

61

 Толаметова З.А. Демографик жараёнлар ва уларнинг аҳоли бандлигига таъсири//Иқтисод ва молия, 2014, 



№ 3, 55 бет. 


 

60 


 

 

Migratsiya  jarayonlarining  jahon  tajribasini  o’rgangan  holda,  malakaviy 



bitiruv  ishining  bosh  maqsadidan  kelib  chiqib,  quyidagilarga  e’tibor  qaratildi  va 

ayrim  jihatlar  aniqlandi.  Bugungi  kunda  O’zbekiston  Respublikasiga  oid 

qonunlarning  o’zbekistonliklar  mehnat  qilayotgan  mamlakatlarniki  bilan 

mutanosibligi  hamda  farqlari  migratsion  jarayonlarga  ta’sir  ko’rsatadi;  so’nggi 

yillarda  o’zbekistonliklarning  rasmiy  va  norasmiy  migratsiyada  ishtirokidagi 

davriy o’zgarishlar mehnat bozori konyukturasiga bog’liqdir; migratsiyada ishtirok 

etayotganlarning  demografik  holati:  jinsi,  oila  tarkibi;  yosh  ko’rsatkichi;  yashash 

joyi; millati; mahalliy xususiyatlari migratsiya xarakterini belgilaydi. 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish