DINAMIK BIOKIMYО
UGLEVODLAR ALMASHINUVI
Nazariy tushuncha:
Inson va ko'pgina hayvonlarning kundalik ovqatida uglevodlar boshqa oziq moddalarga
nisbatan ancha ko‘p miqdorda uchraydi. Masalan, odam uchun bir sutkada oqsillar va yog'lar
o‘rtacha 100-110 g. kerak bo‘lsa, bu ko‘rsatgich uglevodlarga nisbatan 450-600 g. ni tashkil
qiladi. Uglevodlarning katta miqdorda qabul qilinishi birinchi navbatda ularning tanada osongina
parchalanib energiya berilishi bilan tushuntiriladi. Kishi uchun uglevodlar manbai bo‘lib un va
un mahsulotlari,
unli va donli ovqatlar, kartoshka, sut va sut mahsulotlari hamda shirinliklar
xizmat qiladi. Yana inson oz miqdordagi uglevodni go‘sht va jigar bilan glikogen shaklida ham
qabul qiladi. Ko‘rinib turganidek tabiatda uglevodlarning asosiy manbai o‘simliklar bo'lib,
ularning ichida muhim uglevod kraxmaldir.
O‘txo'r hayvonlarda ular iste'mol qiladigan ovqatning asosiy qismini turli-tuman
o‘simliklar tashkil qilib, ular inson
hazm qila olmaydigan klechatka, ya'ni sellyulozani ham
o‘zlarining oshqozon-ichak traktida o‘zlashtirish qobilyatiga ega. Bu xildagi uglevodlar
hayvonlarning ko‘p kamerali oshqozonida simbiotik yo'l bilan hayot kechiradigan
mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Shuni ham aytish joizki,
uglevodlardan glyukoza
(monosaxarid) aynan shu mikroorganizmlar uchun oziq modda bo‘lib hisoblanadi. Agar
oshqozon-ichak yo'lida u ma'lum sabablarga ko‘ra ko‘p uchrasa, mikroorganizmlar juda tez
ko‘payib ketadi. Uglevodlarning organizm uchun nihoyatda zarur energiya manbai ekanligini
shundan ham tasavvur qilish mumkinki, agar uning me'yoriy miqdori qonda kamayib ketsa
(gipoglikemiya)
kishi darmonsizlanib, tana harorati pasayib ketadi, muskullar zaiflashadi,
charchash sezgisi paydo bo‘ladi. Agar qondagi glyukoza miqdori yanada pasaysa, o‘lim yuzaga
kelishi ham mumkin. Odatda qondagi glyukoza miqdori 80-120 mg% bo‘lib, kuchli
gipoglikemiya bu meyoriy ko‘rsatgich 40 mg% va undan past bo‘lganida yuzaga keladi. Qondagi
glyukoza muskullardan tashqari markaziy nerv tizimi uchun ham
nihoyatda zarur oziq modda
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham gipoglikemiya vaqtida markaziy nerv sistemasi faoliyati
pasayib, bosh aylanadi, kishi hushidan ketadi, alahsiraydi, terisi oqarib,
ter bosadi, yurak
faoliyatida o‘zgarish kuzatiladi va hokazo. Bunday paytlarda qonga, teri ostiga glyukoza
yuborilsa yoki qand iste'mol qilinsa qayd qilingan holatlardan tezda chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: