Statik biokimyо


Kerakli asbob va reaktivlar



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/93
Sana16.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#497856
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Kerakli asbob va reaktivlar:
shtativ, probirkalar, pipetkalar, baliй moyi, surma (III)- 
xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, kontsentrlangan sulfat 
kislota, A vitaminning xloroformdagi 0,05 % eritmasi, temir (II)- sulfatning sirka kislotadagi 
to’yingan eritmasi. 
 
Ishning bajarilishi. 
 
Surma (III)- xlorid bilan qilinadigan reaktsiya 
Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi surma (III)- xloridning 
xloroformdagi to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga bo’yaladi, sekin- asta
pushti binafsha rangga o’tadi. Agar probirka nam bo’lsa, suvni yuqotish uchun 1-2 tomchi sirka 
angidrid qushish mumkin. 
Sulfat kislota bilan qilinadigan reaktsiya 
Bir tomchi baliq moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi kontsentrlangan 
sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko’k rangga kirib, tezda qoramtir-qizil rangga o’tadi.
Bu reaktsiya kontsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli 
xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan.
 
 Temir (II)- sulfat bilan qilinadigan reaktsiya
1-2 tomchi baliq moyi yoki A vitaminning 0,05 % xloroformdagi eritmasidan olib, 5-10 
tomchi FeSO
4
ning muz-sirka kislotadagi to’yingan eritmasidan tomiziladi, unga 1-2 tomchi 


kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga kirib, sekin- asta pushti qizil 
rangga o’tadi. Karotinlar bu reaktsiyada yashil rang beradi. 
Mavzu: C vitaminga xos sifat reaktsiyalari. 
C vitamin-nordon mazali, rangsiz kristall modda. U suvda eriydigan vitaminlar ichida 
qizdirishga eng chidamsizi hisoblanadi. Ovqat tayyorlash jarayonida uning ko‘p qismi kislorod 
ishtirokida parchalanib ketadi. Shuningdek, u og‘ir metallar-temir, mis, kumush va boshqalar 
tuzi ishtirokida ham oson oksidlanib parchalanishi tezlashadi. 
Askorbat 
kislota-moddalar 
almashinuvida, ayniqsa oqsillar o‘zlashtirilishida, 
biriktiruvchi to‘qimalarni normal holatda tutib turishda va tiklanishda muhim ahamiyatga ega. 
Organizmda C vitamin yetishmasa, qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligi ortadi, tog‘ay va 
suyak to‘qimalari strukturasi buziladi, natijada lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda 
askorbat kislota hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi. Organizm o‘ziga zarur bo‘lgan C vitaminni 
(kattalarning bir kunlik ehtiyoji 60-108 mg, bolalarniki 30-70 mg) oziq-ovqatlar bilan olib turadi. 
Organizmning unga bo‘lgan kundalik ehtiyoji karam, kartoshka, ko‘k piyoz, pomidor va 
boshqalar hisobiga qondiriladi. 
Askorbat kislota ko‘k chuchuk qalampir, qizil qalampir, qora smorodina, xren, qulupnay, 
shovul, limon, apelsin va boshqa ko‘pgina o‘simlik mahsulotlarida anchagina miqdorda bo‘ladi. 
Askorbat kislotaning tabiiy konsentrat na'matakdir(100 g quritilgan na'matak mevasida 1500 mg 
gacha C vitamin bor .) 
C vitamin gipovitaminozida qon tomirlari, ayniqsa kapillyarlar o‘tkazuvchanligi buzilib, 
teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi, bu kasallik singa yoki skorbut kasalligi 
deb ataladi.Odam singa bilan kasallanganda gialuronat kislota va maxsus oqsil-kollagen 
biosintezi ham buziladi. Bu, o‘z navbatida, suyak to‘qimasining shikastlanishiga, tishlar mo‘rt 
bo‘lib, tezdan tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish