O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

2.
 
Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari 
Sug’urta korxonasi, sug’urta tashkiloti va sug’urtalovchi so’zlari yagona 
ma’noni – sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan xo’jalik yurituvchi 
subyektlarini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati 
to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkiloti sug’urtalovchi sifatida talqin etilgan. 
Fuqarolik kodeksida esa sug’urta korxonasi sug’urtalovchi, sug’urta tashkiloti 
deb nomlangan. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasida 
sug’urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tegishli turdagi sug’urtani 
amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan va sug’urta shartnomasiga 
muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini 
oluvchi tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs sug’urtalovchi deb e’tirof 
etiladi”
60

Sug’urta tashkiloti tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun 
litsenziyaga ega bo’lishi shart. Unga litsenziyani maxsus vakolatli davlat organi 
– O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi beradi. 
Sug’urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi lozim. Sug’urta 
tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish O‘zbekiston 
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
 
Sug’urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil etilishi mumkin. 
2019-yil 10-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30 ta sug’urta korxonasi 
tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning 
60
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 28-maydagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (qo’shimcha va o’zgarishlar 
bilan birga). 


227 
bittasi to’liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta 
korxonasi), ikkitasi davlat mablag’lari ishtirokida tashkil etilgan bo’lib, 
aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan (“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta 
korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatlari). Aksariyat sug’urta tashkilotlari mas’uliyati 
cheklangan jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati 
cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA 
INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo’shma korxona, 
“ISHONCh” banklararo sug’urta korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati 
maqomiga ega. 
Sug’urta 
tashkilotlarining 
faoliyati 
boshqa 
xo’jalik 
yurituvchi 
subyektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug’urta tashkilotlari 
ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug’urta qildiruvchilar oldida o’z 
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan 
kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. 
Xususan, sug’urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining 
to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan. 
Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun 
malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari, sug’urta zaxiralarini 
shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish 
bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari faoliyatini 
tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo’lib 
hisoblanadi. 
Sug’urta tashkilotlari sug’urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, 
sug’urta tashkilotlari savdo-vositachilik operatsiyalari bilan shug’ullansa, bu 
holat, pirovardida, uning to’lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida 
sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan. Mazkur qonunga 
asosan sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: 

qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug’urta (qayta 
sug’urta qilish) shartnomalari tuzish; 

o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish, shu 
jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish; 

maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda 
investitsiya faoliyatini amalga oshirish; 


228 

qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional 
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun 
sug’urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;

sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini 
oshirish bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta agenti sifatida sug’urta 
vositachiligini amalga oshirish; 

sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda 
moliyalashtirish; 

sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta turlariga doir 
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; 

sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli axborot 
va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, 
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa 
tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish; 

sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, sug’urta 
bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; 

sug’urta tovoni to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta (qayta 
sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, 
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; 

sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, 
sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi 
ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshirish; 

chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish; 

ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olingan yoki 
sug’urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o’tgan mol-
mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; 

O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting 
tashkilotlari reytinglarini olish; 

o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish. 
Sug’urtalovchi: 

sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 

sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan axborotning 
mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; 

o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi; 

qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat 
organining talabiga binoan taqdim etishi; 


229 

sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug’urta 
(qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur 
hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni to’lashi; 

firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan 
taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga qonunda belgilangan 
tartibda etkazishi; 

sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda 
va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o’tishi; 

maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir 
marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi; 

maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va 
muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, 
moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart. 
Sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari qonunchilik 
hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda shakllantiriladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi 
subyektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul 
shaklida bo’lishi talab etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 
foiz shakllantirilgan bo’lish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb 
hisoblash to’g’risida”gi PF-5197-son Farmoniga asosan sug’urta faoliyati 
turlariga qarab, sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab 
belgilandi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish