O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

10-MAVZU: SUG’URTA 
REJA: 
1.
 
Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari. 
2.
 
Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari. 
3.
 
Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari. 
4.
 
Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari. 
1.
 
Sug’urta haqida tushuncha
 va uning o’ziga xususiyatlari 
Ma’lumki, turli ko’ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv toshqini, 
qurg’oqchilik, yer ko’chkisi, sel, kuchli shamol, do’l va shunga o’xshash tabiiy 
ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab 


224 
chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi turli texnogen 
tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan. 
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida fuqarolarning bir 
maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol. 
Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi 
muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik vaziyatning tang ahvolga 
tushib qolishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko’nikib 
yashashga o’rgangan, ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong’in va 
boshqa noxush hodisalar ro’y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar, 
yo’qotishlarning o’rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan. 
Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hayot kechirgan 
ajdodlarimiz bunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilishi mumkin 
bo’lgan zararlar va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko’rganlar. Ana 
shunday choralardan biri sifatida qurg’oqchilikdan saqlanish maqsadida suv 
omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni 
yaratish va oldindan ko’rib bo’lmaydigan hamda insoniyatning ongi bilan 
boshqarib bo’lmaydigan ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lishi oqibatida yuzaga 
kelgan zararlarning o’rnini qoplash hozirgi zamon sug’urta munosabatlarining 
asosini tashkil etadi. 
Tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar yuz berishi natijasida 
etkazilgan zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy adabiyotlarda sug’urta tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. 
Ulardan eng keng tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari 
hisobidan maxsus pul jamg’armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning 
sodir bo’lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti va faoliyatiga etkazilgan 
zararlarni mazkur jamg’arma hisobidan qoplash bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlarga sug’urta deyiladi”
58
. 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida 
sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy 
shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari 
hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga 
sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li 
bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”
59
.
Ko’rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi sifatida 
to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo’ljallangan pul 
fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari sug’urta tashkilotlarining tasarrufida 
58
Ермасов С.В., Ермасов Н.Б. Страхование: Учебное пособие для вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004. – 5 с.
59
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.// Xalq so’zi, 2002-yil, 28-may. 


225 
bo’ladi. Sug’urta tashkiloti yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasida tuzilgan 
sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida 
etkazilgan zararlarni qoplaydi. 
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar, faqat, sug’urta 
tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan yoki sug’urta polisini olgan 
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnomada ko’rsatilgan xavf-xatarlar sodir 
bo’lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini olish uchun yuridik 
yoki jismoniy shaxs sug’urta mukofotini to’lagan va shu asnoda pul fondini 
shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak. 
Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan: 
- hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat 
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda 
shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 
sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni 
o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab 
oladi); 
- umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish 
hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta 
turlari). 
Har bir sug’urta tarmog’i sug’urta risklari va majburiyatlarining umumiy 
xususiyatlariga qarab sug’urta klasslariga bo’linadi. Hayotni sug’urta qilish 
tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni o’z tarkibiga oladi. Har bir 
sug’urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta sug’urta 
turlarini (mahsulotlarini) o’z ichiga oladi. Sug’urta tarmoqlariga oid sug’urta 
klasslarining to’liq nomlanishi 2002- yil 27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan. 
Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 
O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: 

harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar 
hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi; 

soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi; 

davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy 
sug’urta qilish; 

sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta 
qilish; 

Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag’lari 
hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi; 


226 

xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli ishlab 
chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti
sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; 

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 
qilish; 

ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; 

tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish. 
Majburiy sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat sug’urtasi 
davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta esa yuridik yoki 
jismoniy shaxsning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urta qilish, fuqarolarni 
baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish, 
tibbiy sug’urta, uzoq muddatli hayotni sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi 
sug’urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish