O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

5.
 
Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida 
Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo’lib, unga 
muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini 
to’liq yoki qisman uchinchi tomon (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) 
javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o’z zimmasiga oladi. 
Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy 
va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o’zining yuqori 
chegarasiga ega bo’lmog’i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan 
kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy 
valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. 
Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega 
bo’layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog’i kerak. 


219 
An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi
omonatlarini 
kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq 
ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo’yicha ham 
kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda. 
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning 
asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari 
jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha qarzlari mavjud bo’lgan subyektlarga 
kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Rezident-yuridik 
shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki 
u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning 
majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. 
Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluv-
chidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 
Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda 
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O‘zbekiston 
Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish 
uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet 
tarkibida kafolat jamg’armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg’armani tashkil etish va 
undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning 
kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaymoqda. Agar avval 
byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda 
og’irlik markazining kredit munosabatlari tomon o’zgarayotganligi sezilib turibdi. 
Chunki kredit munosabatlari mablag’lardan foydalanishda byudjet re-
surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi. 
Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi. 
Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki ko’rinishga ega (bu degani, hamma 
davlatlar amaliyotida ham bo’lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi 
mumkin): 

byudjet kreditlari; 

byudjet ssudalari. 
Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli bo’lib, u 
yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag’ berilishini ko’zda tutadi. 
Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika 


220 
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
ajratiladigan mablag’dir. 
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar quyidagilar bo’lishi mumkin: 

byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan 
hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish huquqiga ega emas (byudjet va 
byudjetdan tashqari jamg’armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda); 

davlat unitar korxonalari; 

byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo’lmagan yuridik shaxslar; 

ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari. 
Byudjet kreditlarini qaytarish bo’yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat 
bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan 
byudjet mablag’larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to’lash 
byudjet to’lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin 
berilgan byudjet mablag’lari bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan qarzlari 
bo’lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin. 
Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda 
tashkilotlarga berilishi mumkin bo’lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini 
aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o’tkazish uchun kelgusi moliya 
yilining boshlanishidan to’rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga 
etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan 
investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning 
samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda 
yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim: 

ijroiya hokimiyat organlarining import bo’yicha sotib olinishi 
rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji 
yo’qligi va ularni import bo’yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi
xulosasi; 

ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko’rsa-tilgan holda qarz 
mablag’larini to’liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari; 

da’vogarda avans to’lovlarini amalga oshirish uchun o’z mablag’lari 
borligining tasdiqlanganligi. 
Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va 
barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo’lgan uchinchi shaxslarning 
iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar garovi asosida taqdim 
etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog’liq bo’lgan holda 
turli kombinatsiyalarda qo’llanilishi mumkin. 
Ssudalarning miqdori tanlovdan o’tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish 
resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40%dan) oshmasligi 


221 
lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo’lgan 
manbalar hisobidan qoplanishi kerak. 
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog’liq va notijoriy 
xarakterga ega bo’lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga 
shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi 
mumkin. 
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro 
tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo’yicha xorijiy 
davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida 
davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi. 
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi 
qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to’g’risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli 
bo’lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak: 

xorijiy davlatlarning qarzlari bo’yicha qaytarilish (uzilish) summalari va 
foizlarining to’lovi; 

moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori; 

xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi; 

moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish 
miqdorlari ko’rsatilgan holda kreditlar ro’yxatidan iborat bo’lgan xorijiy davlatlarga 
davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish