O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

4.
 
Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar 
Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat 
qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldida vujudga kelgan 


216 
hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston 
Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat 
qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish 
natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig’indisi”dir deb, ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi: 

davlat ichki qarzlari; 

davlatning tashqi qarzlari. 
Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan 
O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari 
deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ 
jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig’indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, 
kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi. 
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish 
jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish 
aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish 
hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi 
yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil 
sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat o’z rezidentlari 
oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki 
qarz vujudga keladi. Masalan, biror bir korxona ijtimoiy obyektni o’zining yoki jalb 
qilingan mablag’lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o’z vaqtida 
moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat 
ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana 
shunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi 
payda bo’ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda qisman 
qaror topgan edi.
Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan 
mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ 
jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik 
shaxslardan va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida 
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi 
rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi 
majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun 
mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi 
qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. 


217 
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat 
qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (odatda, Moliya 
vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni 
(qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-larini, shu jumladan, davlat 
investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 

davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi tushumlar 
vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) 
to’g’rilash; 

mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish; 

byudjet defitsitini moliyalashtirish; 

tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan 
ehtiyojlarni qoplash. 
Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz 
majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va 
muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli 
(bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh 
yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat g’aznachilik qog’ozlari; 

kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli); 

O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 

byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash 
uchun qisqa muddatli ssudalar; 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. 
Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo’lishiga 
qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar 
davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, 
milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish 
uchun milliy fond bozorida talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emissiya
qilinadi. Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq 
imtiyozlaridan foydalaniladi. 
Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond 
bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim 
bo’lgan mamlakat investorlarining o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga 
olinadi. 


218 
Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan amalga 
oshiriladi: 

qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish; 

ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. 
Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish 
tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu 
qonunga muvofiq, faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli 
qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi. 
Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga 
kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi 
vazifalarni bajarishga imkon beradi: 

byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy 
shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish; 

Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o’tkazishni ta’minlash; 

tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni 
amalga oshirish. 
Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning 
ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy 
valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to’lanishi kerak. Shunga o’xshash, 
qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi 
qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va 
shu valyutada to’lanmog’i lozim. 
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning 
yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi 
hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish