Davlat universiteti «O„zbek xalq og„zaki ijodi»



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496050
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
ozbek xalq ogzaki ijodi

qo`g`irchoqbozlar
yoki 
korfarmonlar
deb hritiladi. Ular sahna oldida, yo sahna 
ortida turib, qo`g`irchoqlarning o`zaro munosabatiga aralashadilar, aniqrog`i, 
ularni harakatga solib, o`zaro munosabatga kirishuvlarini ta`minlaydilar. Har bir 
qo`g`irchoqning ruhiyatiga, ko`rinishiga moslab ovoz beradilar, bunda ovozni 
turlantirish uchun tillari tagiga maxsus safil (kichkina plastinka moslama) qo`yib 
oladilar. Binobarin, qo`g`irchoqlarni jonlantirib, voqelik mantiqiga mutanosib 
harakatga omuxta ovozda so`zlash uchun korfarmon (qo`g`irchoqboz)larda alohida 
aktyorlik iste`dodi shakllangan bo`lmog`i zarur. Qolaversa, ularning o`z leksikasi 
mavjuddir. So`z ularning asosiy quroli hisoblanadi. Ular jonli xalq tilidan ustalik 
bilan foydalanib, qo`g`irchoq ijro etayotgan personajning individualligini 
ta`minlaydilar. 
Qo`g`irchoqbozlik san`ati sirlari esa o`tmishda avloddan-avlodga o`tishi 
uchun korfarmonlar o`z hunarlarini bolalariga o`tkazish asosida an`anaviylik kasb 
etgan. Buning uchun esa o`tmishda hrtimizda qo`g`irchoqbozlar alohida 
mahallalarda yashagan, hatto chetdan qiz ham olmagan va chetga qiz ham 
chiqarmay, o`z kasblarini farzandlariga o`rgatishgan. Faqat ko`rsatgan 
tomoshalaridan tushgan daromad evaziga ro`zg`or tebratishgan. Buxoroda O`g`lon 
darvozasi mahallasida qo`g`irchoqboz va sozandalarning hzga yaqin oilasi 
yashagani ma`lum. Toshkentda ham Ko`kcha, Sebzor, Beshyog`och va 
SHayxontohur dahalarida qo`g`irchoqbozlar oilalari istiqomat qilishgan. 
Qo`g`irchoq teatri o`ziga xos o`yin-kulgi vositasi bo`lib, xalqning ijtimoiy-
maishiy turmush tarzi, axloq normalari, turli munosabatlarini satira va hmor orqali 
namoyish etish san`ati sanaladi. Qo`g`irchoq teatrining tarixiy-genetik ildizlari 
juda qadimga borib taqaladi. Uning ilk ildizlari ajdodlarimizning o`tmishdagi urf-
odatlari va marosimlariga bog`liq bo`lib, ibtidoiy insonning tabiat hodisalari oldida 
o`zini ojiz sezib, turli ma`budlarga sig`inishi, tabiiy ko`ringan hodisalarni ta`riflash 
maqsadida yasalgan ramziy shakllarga, totem sanalgan hayvonlar qiyofasini aks 
ettiruvchi niqoblarni kiyib ritual raqsga tushishi hodisalari pirovardida qo`g`irchoq 
teatri hzaga kela boshlagan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, qo`g`irchoq 
teatrining paydo bo`lishi dunyodan o`tgan ajdodlarni teatrlashtirilgan holda yodga 
olish marosimi asosida hz bergan. Bu marosim qoidasiga ko`ra, marhumning eng 
yaqin kishisi uning niqobini kiyib, xuddi o`sha marhumga o`xshab va o`xshatib 
6
Umаr Хаyyom. Rubоiylаr. T.,1981,13-b. 


gapirgan, harakat qilgan. Keyinchalik esa, bu marosim o`zidagi urfiy belgilarini 
yo`qotib, oddiy tomoshaga aylana borgan, ibtidoiy-mifologik ishonchlarning 
kuchsizlanishi 
va 
yo`qola 
borishi 
natijasida 
mazkur 
ramziy 
shakllar 
qo`g`irchoqbozlar qo`liga o`tib, tanqidiy vazifani ado eta boshlashi tufayli 
qo`g`irchoq teatri shakllangan. Qo`g`irchoq teatrining mavzulari kengaya 
boshlashi oqibatida niqoblar arsenali ham turfalashib ko`paya borgan. XI-XII 
asrlarda O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri juda tez rivojlangan. Temuriylar davriga 
kelib qo`g`irchoq teatri yanada gullab-yashnaganki, buni Alisher Navoiyning 
―Xamsa‖ asarida odamlar hayotini qo`g`irchoq teatriga o`xshatib ta`riflagani ham 
yaqqol tasdiqlaydi. Qolaversa, XY asrda yashagan Husayn voiz Koshifiy 
―Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati‖ asarining to`rtinchi fasli 
ikkinchi qismini maxsus ―Qo`g`irchoqbozlar bayonida‖gi sarlavha bilan xalq 
qo`g`irchoq teatrining tabiati va turlarini tavsiflashga bag`ishlangani bejiz emas.
Ayni zamonda qo`g`irchoq teatrining uch ichki turi keng taraqqiy etayotir: 
1. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish