Davlat universiteti «O„zbek xalq og„zaki ijodi»



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496050
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
ozbek xalq ogzaki ijodi

Darsning mazmuni:
So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo 
bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Bugungi tarixiy-fol’kloriy jarayon o’ziga xos 
taraqqiyot tamoyillariga egaligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz istiqlolga 
erishgandan keyin boshlangan keng ko’lamdagi ma`naviy tiklanish jarayoni bilan 
uzviy bog’liq holda ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilib, badiiy 
sayqal berib kelingan muhtasham fol’klor yodgorliklarining jahonshumul 


ahamiyati xususida so’z yuritish, xalq ijodiyotining unutilish arafasiga kelib qolgan 
ko’plab janrlarini qayta tiklash, ijrochilik an`analarini rivojlantirishning misli 
ko’rilmagan imkoniyatlari yuzaga keldi. Natijada joylarda faoliyat olib borayotgan 
fol’klor-etnografik jamoalar soni ko’paydi, nafaqat, Surxondaryo, Qashqadaryo va 
Xorazm viloyatida, balki baxshichilik maktablarining jonli an`analari yo’qolib 
ketgan deb hisoblangan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham baxshi-
shoirlar etishib chiqa boshladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi 
tantanalari keng nishonlanishi va baxshi-shoirlar hamda oqinlarning ko’rik-
tanlovlari an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotganligi ham ko’plab yangi 
ijrochilarni 
kashf 
etish 
bilangina cheklanib qolmasdan, «Alpomish», 
«Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «Orzigul», «Oshiq G’arib va SHohsanam» singari 
an`anaviy dostonlarning yangi variantlari yuzaga kelishiga yo’l ochdi. Baxshi-
shoirlar hur diyorimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini 
tarannum etuvchi termalarni yaratdilar. O’zbek marosim fol’klori, askiyachilik, 
qiziqchilik, tomosha san`ati, xalq hunarmandchiligining qadimiy an`analari 
tiklandi. 
Ayrim janrlar, jumladan, marosim fol’klorining ko’plab namunalari 
to’plandi. Masalan, «yo ramazon» qo’shiqlari, nikoh to’yi marosimida ijro 
etiladigan fotiha olqishlari, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ 
yurtdoshlarimiz to’g’risidagi tarixiy rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar, 
qal`alar, ziyoratgohlar, muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog’liq afsonalar, 
xalqimizning qadimiy mifologik tasavvurlari hamda miflari yozib olindi. Istiqlol 
yillarida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Fol’klor 
bo’limi xodimlari tomonidan bir nechta fol’klor ekspeditsiyalari o’tkazildi. 
Istiqlol sharofati tufayli O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot 
institutining Fol’klor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosini o’zida 
mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob`ektlaridan biri maqomi berildi. Fol’klor arxivi 
mamlakatimizning etakchi ilmiy fondlaridan biri bo’lib, unda saqlanayotgan 
materiallar o’zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning 
yaratilishi uchun manba bo’ladi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin fol’klor asarlarini nashr 
etish borasidagi ishlar ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o’sdi. 
Ko’pgina dostonlar, xalq kitoblari ilk bor nashr ettirildi. O’zbek xalq ertaklarining 
bir nechta to’plamlari dunyo yuzini ko’rdi. 
O’zbek fol’klorshunoslari, afsona va rivoyatlardan tuzilgan fol’klor 
to’plamlarini chop ettirdilar. 
Istiqlol tufayli marosim fol’klorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman 
ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, o’zbek fol’klorshunosligi 


tarixida birinchi marta navro’z bayrami bilan bog’liq o’zbek fol’klori asarlaridan 
tuzilgan «Navro’z» kitobi. 
O’zbek fol’klorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari o’zbek fol’klori 
materiallarini izchil to’plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov asos solgan ilmiy 
ekspeditsiya ishini yanada kengroq qamrovda o’tkazish va uning muntazamligini 
ta`minlash; H.Zarifov nomli O’zbek fol’klori arxivi materiallarini to’la ilmiy tavsif 
qilish va kataloglashtirishni amalga oshirish; fol’klorshunos olimlar tomonidan 
qariyib 80 yil mobaynida to’plangan arxiv materiallari va kelgusidagi ilmiy 
ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan fol’klor namunalari asosida «O’zbek 
fol’klori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nashrini tayyorlash; fol’klor 
asarlarining ilmiy va ommabop nashrlarini tayyorlab chop ettirish; o’zbek fol’klori 
janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo fol’kloristikasining 
ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy o’quv yurtlari talabalari uchun 
xalq og’zaki badiiy ijodiyoti bo’yicha yangi darslik va qo’llanmalar yaratishdan 
iboratdir. 
Xususan, M.Jo’raev Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari aholisining 
tabiat hodisalari va osmon yoritqichlari bilan bog’liq mifologik qarashlarini 
to’pladi; M.Jo’raev, U.Sattarov, R.Saidovalar Buxoro va Navoiy viloyatlaridan 
toponimik afsonalarni yozib oldilar; M.Jo’raev va M.Pirmatovaning ko’p yillik 
izlanishlari natijasida Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm 
viloyatlari hamda Qirg’iziston respublikasining O’sh viloyatida istiqomat qiluvchi 
o’zbeklarning an`anaviy taqvimiga oid boy fol’klor materiallari yozib olindi. 
Fol’klor bo’limining ilmiy xodimlaridan X.Xolova Buxoro viloyatining Qorako’l 
va Olot tumanlarida ilmiy izlanish ishlari olib borib, to’y marosim qo’shiqlarini 
to’plagan bo’lsa, L.Xudoyqulova Surxon vohasi aholisining bola tug’ilishi bilan 
aloqador irim-sirimlari, beshik to’yi, sunnat to’yi va nikoh to’yi marosimi 
fol’klorini yozib oldi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng 
nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzaev bu dostonning Berdi baxshi, 
Po’lkan va ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Saidmurod 
Panoh o’g’li variantlarini 1999 yilda alohida kitoblar holida to’la nashr ettirdi. 
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik hz berdi. Bunga 
erlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat etkazgani ma`lum darajada 
sabab bo`lgan. SHu munosabat bilan bir necha mashhur termalar yaratilgan. 
Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday 
asarlardandir. Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real 
aks ettiriladi. 
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng 
yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq og`zaki ijodi 
namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi, ibtidoiy, diniy va 


e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish imkoniyatlari tug`ildi. Natijada 
ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli nashr etilmagan ―SHoh Mashrab qissasi‖ 
(1991), ―Ibrohim Adham qissasi‖(1991), ―Hazrati Ali haqida qissalar‖ (1992), 
―Abu Muslim jangnomasi‖ (1992) va ―Bobo Ravshan‖ (1992) singari diniy-
axloqiy xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi. 
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu munosabat 
bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an`anaga aylanib 
bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. SHu ommaviy 
harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-
odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar 
sifatida e`zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda 
o`tkaziladigan ―Boysun bahori‖ ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax 
viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan ―O`zbek xalq o`yinlari‖ va Termizda 
o`tkaziladigan ―Alpomish o`yinlari‖ tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda. 
SHunisi quvonchliki, ―Boysun bahori‖ HNESKO qarori bilan xalqaro festival 
maqomini oldi va nodir ma`naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining 
qahramonlik eposi ―Alpomish‖ yaratilganligining 1000 va xalqimiz mifologik 
tafakkurining nodir durdonasi ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilliklari o`zbek 
fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida 
o`zbek fol`kloriga qiziqishni kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari – o`zbek 
fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan 
og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy – siyosiy voqealarini kuylash, 
xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi hksala borishini ko`rsatishga intilish
ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o`rin tutadi. 
 
ZARURIY ADABIYOTLAR: 
1.
X.Razzoqov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent: 
«O’qituvchi», 1980, 210-221 betlar. 
2.
T.Mirzaev. «Alpomish» dostonining o’zbek variantlari. Toshkent: «Fan», 1999. 
3.
E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. SamDU, 2005. 
4.
M.Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. Toshkent: «Fan», 2009. 
5.
O’zbek xalq dostonlari. 1-2 tom. Toshkent: «Fan», 1956-1957. 
6.
Z.Husainova. Go’ro’g’lining tug’ilishi. Toshkent: «Fan», 1996. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish