O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
«O„ZBEK XALQ OG„ZAKI IJODI»
fanidan
MA‟RUZALAR MATNI
Samarqand -
2015-y.
1-MAVZU:
Fanning maqsadi va vazifalari, manbalari. Folklor – xalq og„zaki
ijodining o„ziga xos xususiyatlari.
REJA:
1.
Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari.
2.
Fanning asosiy manbalari, mazmuni va uning tarkibi.
3.
Xalq og’zaki poetik ijodining o’ziga xos belgilari.
4.
Xalq og’zaki poetik ijodi haqida umumiy ma`lumot.
Tayanch iboralar
: Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari.
Darsning maqsadi
: Xalq og’zaki ijodi fanining maqsadi va vazifalari haqida
fanning o’z oldiga qo’ygan rejalari haqida atroflicha ma`lumot berish.
Darsning vositalari
: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning
ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning metodi:
Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo
bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Xalq og’zaki poetik ijodi – mehnatkash omma
ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san`atining boshqa turlaridan
(muzika, teatr, raqs, o’yin, tasviriy va amaliy san`at hamda boshqalardan) o’ziga
xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san`atidir. Har bir xalqning
asrlar orzusini aks ettirgan boy og’zaki so’z san`ati bo’lganidek, o’zbek xalqining
ham og’zaki adabiyoti durdonalari mavjud. Mehnatkash omma tomonidan og’zaki
yaratilib, xalqning istedodli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan-avlodga o’tib
kelayotgan badiiy asarlar o’zbek xalq poetik ijodini tashkil etadi.
Og’zaki so’z san`ati «fol’klor» yoki «xalq og’zaki poetik ijodi» («xalq
poetik ijodi», «xalq og’zaki ijodi») terminlari bilan ifodalanadi. «Fol’klor» termini
birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vil’yam Toms tomonidan 1846 yilda
qo’llangan bo’lib, u ikki so’zdan iborat: «fol’k» (folk) – xalq, «lor» (lore) – bilim,
donolik, donishmandlik, ya`ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq
donishmandligi» demakdir. «Fol’klor» – xalqaro termin.
O’zbek fol’klorshunosligiga «fol’klor», «o’zbek fol’klori» terminlarini
birinchi marta Hodi Zarif kiritdi (1932, 1935). U oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan
birinchi xrestomatiya kitoblarini «O’zbek fol’klori» deb atadi (1939, 1941).
Ungacha «El adabiyoti», «Og’zaki adabiyot», «O’zbeklarda og’zaki adabiyot»
kabi atamalar ishlatilar edi. Bu atamalar sohani aniq ifodalamasligi tufayli
iste`moldan chiqib ketdi va hozirgi kunda «O’zbek fol’klori», «O’zbek xalq
og’zaki poetik ijodi» terminlari fanda mustahkam o’rnashib qoldi.
Milliy mustakillik xalkimizning o’z bobolari zakovati tufayli yaratilgan ulkan
madaniy merosga bulgan munosabatini tubdan yangilab, ajdodlarimiz tarixi,
madaniyati, ma`naviy kadriyatlari tizimini keng kulamda targ’ib etishning misli
kurilmagan imkoniyatlarini ochib berdi. Istiklol sharofati bilan dunyokarashimizda,
ongimizda ruy bergan yangilanish, ruhiy poklanish va ma`naviy tiklanish jarayoni
fol’klor san`atining taraqqiyotida ham yaqqol aks etmokda. Zero, fol’klor san`ati
an`analari “mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va
zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxc - komil insonni
tarbiyalash”, dek ulug’vor maksadlarga xizmat qiladi.
O’lkamiz mustaqillikka erishganidan keyin xalk og’zaki ijodiyotiga bo’lgan
qiziqish kuchaydi va bu narsa fol’klorni o’rgatuvchi, xalk og’zaki badiiy ijodi
buyicha dars beruvchi, fol’klor san`ati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar oldiga
ham dolzarb vazifalarni qo’ydi. Ayniqsa, an`anaviy fol’klorni tadqiq etish, uning
qadimiy uzvlarini tiklash, nodir ijro yo’llari, fol’klor janrlari va ularning badiiyati
haqida darslik, o’quv qo’llanmalari va dasturlar yaratish fol’klorshunoslikning
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalaridan biriga aylandi.
Ajdodlarimizning ko’p acrlik badiiy tafakkur durdonalarini bebaho milliy
kadriyatlar tizimi sifatida saklab kolish, targ’ib va tadqiq etish, uning eng nodir na-
munalarini keng ommalashtirishda fol’klorshunoslik fanining xizmatlari benihoya
kattadir. Asrlar davomida xalqimizni yuksak ma`naviy komillik ruhida
tarbiyalashdek ezgu maksadga xizmat qilib kelgan ana shu badiiy qadriyatlarni
to’plash, fol’klor asarlarini arxivlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr
etish, ilmiy urganish va ommalashtirish fol’klorshunoslikning asosiy maksadini
tashkil etadi.
Fol’klorshunoslik fanining asosiy maksadi va vazifalari bu fanning o’ziga xos
ilmiy mezonlari va kriteriylarini ko’rsatish, fol’klorshunoslikdagi asosiy metodlar
va ilmiy maktablar, hozirgi kunga qadar erishilgan asosiy natijalar, o’zbek
fol’klorini mustakillik davrida urganishning yangicha tamoyillari va bu fanning
istiqbollari haqida chuqur bilim berishdan iboratdir.
Fol’klor asarlarida muzika, raqs, teatr san`ati elementlari qo’shilib ketadi,
shu sababdan fol’klor sinkretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda fol’klor asarlari
san`atning boshqa turlaridan o’ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Fol’klorda
so’z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og’zaki ijodi uzoq davrlardan beri
tarixning yo’ldoshi, uning chinakam aks sadosi bo’lib kelgan.
Xalq ijodini o’rganuvchi, tekshiruvchi fan
Do'stlaringiz bilan baham: |