dahshatidan talvasaga tushgan inson yovuz kuchlarga qarshi kurasha oluvchi
homiy izlagan. Nihoyat, yaxshilik va yomonlik haqidagi
mifologik tasavvurlar
paydo bo’lgan.
Olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlar ana shu tarzda yuzaga kelgan bo’lib, u
o’z navbatida osmon, oy, quyosh hamda turli xil hayvonlar haqidagi xudolarni,
g’ayri tabiiy tasvirlangan pahlavonlar haqidagi miflarni hosil qildi. Mazkur miflar
kishilarga ruhiy kuch, tetiklik
va osoyishtalik baxsh etgan, nihoyat, insoniyatni
g’alabaga chorlagan. Qadimgi ertaklar, afsona, miflarning asosiy g’oyasi qadimgi
davrlardagi mehnat kishilarining yukini engillashtirishga, ishning unumini
oshirishlariga, to’rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlarga
qarshi qurollanishlariga
hamda so’z kuchi – «avrash», «afsun» yo’li bilan tabiatning kishilarga xatarli
bo’lgan hodisalariga ta`sir etishlariga qaratilgan. Ko’rinadiki, mif zo’r kuch va
qudrat, osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g’alaba qila olish haqidagi
orzu-umidning yakunidir.
«Avesto» da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik va yomonlik Axuramazda va
Axriman qiyofasida namoyon bo’ladi. Mazkur kitob g’oyasiga ko’ra,
tabiat va
jamiyatdagi hodisalarning barchasi yaratuvchining o’zaro kurashidan kelib
chiqqan.
Axuramazda yaxshilik, yorug’lik, obodonlik va ezgu kuchlarning xudosidir.
Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga va xizmat qilishga
qaratilgan. U o’z yordamchilari orqali olov, chorva, metall, er-suv va o’simliklar
dunyosini boshqaradi.
Angra Man`yu (Axriman) barcha yovuzlik va yomonlikni boshqaradi. U
Axuramazdaga qarshi chiqadi va o’ziga qarashli
devlar yordamida odamlarga
azob-uqubat, mashaqqat, kulfat keltiradi. Axriman zo’r kuch va qudratga ega
bo’lsa-da, biroq Axuramazda kabi har narsaga qodir va qobil emas,
shu sababli
yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doimo mag’lubiyatga uchraydi. YOrug’lik
manbai quyosh deb ko’rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag’ishlaydi. Olov esa
quyoshning bir parchasidir. SHuning uchun ham inson olovni muqaddas hisoblab,
otashkadalarda saqlar edi. Bunday otashkadalar Xorazmda, Jonbos qal`ada
topilgan. Demak, o’zbeklar orasida quyoshga – olovga e`tiqod qo’yib, unga
topinish juda qadimdan davom etib kelgan. Mitra – quyosh va yorug’lik xudosi,
Noxit – obodonlik va farovonlik xudosi, Humo – baxt, tole va davlat xudosi,
Anaxita va Xubbi (Farg’onada er Xubbi) – suv xudosi, Mirrix – urush va g’alaba
xudosi, yaxshilik
va ezgulik esa Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp kabi
mifologik obrazlarda mujassamlashgan. YOmonlik kuchlari esa ajdar, dev, jin kabi
salbiy miflar orqali tasvirlangan. Ko’ramizki, ilk bor yuzaga kelgan badiiy obrazlar
ibtidoiy inson orzularining naqadar hayotiy ekanligidan dalolat beradi. Bu diniy