Geografiyasi


Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi

6.2. Qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllari 
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bo’lgani kabi agrar 
sohada ham keng qamrovli iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Agrar sohani isloh 
qilishdan ko’zlangan bosh maqsad, erning haqiqiy egasini topish, er-suv 
munosabatlarini takomillashtirib borib, erdan, suvdan va boshqa resurslardan 
samarali foydalanishdir. Shu boisdan dehqon xo’jaliklariga er maydonlari merosga 
qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga, fermer xo’jaliklariga uzoq muddatga 
ijaraga berish qonun bilan belgilab qo’yildi. 
Agrar sohada mulkiy munosabatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bozor 
islohotlarini amalga oshirishning: 

birinchi bosqichi 1991-2000 yillarni o’z ichiga olib, ushbu davrda past 
rentabelli, odamlarga o’z imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratib 
bermagan shirkat xo’jaliklarini tugatib, shaxsiy tashabbuskorlikni rag’batlantirishga 
qaratilgan fermer xo’jaliklarini tashkil etish yo’li tanlandi.

ikkinchi bosqichi 2001 yil va undan keyingi yillarni o’z ichiga olib, ushbu 
davrda fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi sohasidagi asosiy xo’jalik yuritish 
shakliga aylandi. 
Agrar sohada iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri xo’jalik 
yuritishning bozor talablariga mos keluvchi yangi shakllarini rivojlantirishdir. Bozor 
iqtisodiyotining shartlaridan biri alohida mulk shaklining yakka hokimligiga yo’l 


22 
qo’ymaslik orqali raqobatchilik muhitini yaratish hisoblanadi. Bu agrar sohada 
davlat mulki hissasini keskin kamaytirishni taqozo etadi, fermer, dehqon 
xo’jaliklari, agrofirmalarni rivojlantirish talab etiladi. 
Respublikamizdagi fermer xo’jaliklariga mulk tariqasida uzoq muddatga 
ijaraga berilgan er resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni
rag’batlantirish, huquqiy shart – sharoitlar va kafolatlar yaratish, ularning haq 
huquqlarini to’laqonli himoya qilish fermer xo’jaliklarining to’liq mulkiy, iqtisodiy 
va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bilan 
birga qishloq aholisining bandligini oshiradi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida mulkiy islohotlarni takomillashtirish 
natijasida qishloqda dehqonning erga va o’zi yaratgan mahsulotga egalik hissini 
oshirishga qaratilgan mulkiy munosabatlar hamda uning mukammal huquqiy 
asoslari shakllantirildi. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligida mulkiy islohotlarni takomillashtirish 
natijasida fermer xo’jaliklari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va 
uni rivojlantirishga oid munosabatlar, fermerlik harakatining huquqiy asoslari 
rivojlanib bormoqda. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor 
vazifalaridan biri va mulkiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri etib 
belgilandi.
Mulk egalarini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish 
va uni doimiy ravishda takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Er kodeksi, «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Dehqon 
xo’jaligi to’g’risida» «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi 
qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda qishloqda tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Fermer xo’jaliklarining moliyaviy aktivlarini oshirish, aylanma mablag’lar 
zaxira bazasini yaratish, garov kapitalini ko’paytirish orqali moddiy-texnik 
ta’minotni mustahkamlash, qolaversa, kredit resurslari bo’yicha foydalanilmayotgan 
imkoniyatlarni ishga solish, mavjud mablag’larni o’z xo’jaligini kapitallashtirish 
uchun yo’naltirish hamda iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. 
Prezidentimiz farmonida belgilab berilgan barcha masalalar qonun loyihasida 
o’z aksini topgan. Asosiy maqsadi ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish 
uchun qulay sharoitlar yaratish, fermerlar faoliyatining moliyaviy barqarorligi va 
samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu qonun loyihasida fermer xo’jaliklari 
ustav fondi shakllantirilishining mukammal qoidalari, shuningdek, faoliyat 
yo’nalishlarini kengaytirish, kommunal va muhandislik tarmoqlariga ulanishi 
borasida davlat va mahalliy hokimiyat organlarining amaliy yordam ko’rsatishi, 
ishlab chiqarishga tomchilatib sug’orish tizimini joriy etuvchi qishloq xo’jaligi 
sub’ektlariga soliq imtiyozlari berishga oid huquqiy normalar ham kiritilgan. 
Bunday choralar, shubhasiz, mamlakatimizda fermerlik harakati istiqbolini yanada 
kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fermer 
xo’jaliklarining jamiyatdagi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’rnini yanada 
mustahkamlash yo’lida ular uchun qo’shimcha huquqiy kafolati bo’lib ham xizmat 
qiladi
Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida 2016 yil yakuniga 


23 
kelib respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 101070 tadan 160372 tagacha 
yoki 60,0% ga ko‘paytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha 
yer maydoni hajmini 35,8 gektardan 22,3 gektargacha kamaytirishga erishildi. 
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonlarini tarmoqlar 
bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich paxtachilik va g‘allachilikda 55,2 
gektarga, sabzavotchilikda va polizchilikda 4,0 gektarga, bog‘dorchilik va 
uzumchilikda 2,8 gektarga, chorvachilikda 29,3 gektarga teng bo‘lmoqda (9.2-
jadval). 
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 160 ming 372 ta fermer xo‘jaliklari 
bo‘lib, ularga 5 mln. 854 ming gektar yer ajratilgan. Bir fermer xo‘jaligining 
o‘rtacha yer maydoni 22,3 gektarni tashkil etmoqda. Paxtachilik va g‘allachilik 
yo‘nalishida 53 ming 862 ta fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ularga 1 mln. 667 ming gektar 
yer ajratilgan. Ularning o‘rtacha yer maydoni 55,2 gektar (6.6-jadval, 6.6-rasm). 
Sabzavotchilik-polizchilik yo‘nalishida 6 ming 480 ta fermer xo‘jaliklari 
bo‘lib, ularga 22 ming 776 gektar yer ajratilgan, ularning o‘rtacha yer maydoni 4 
gektar. 
Bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishida 74 ming 113 ta fermer xo‘jaliklari 
bo‘lib, ularga 34 ming 50 gektar yer ajratilgan. Ularning o‘rtacha yer maydoni 2,8 
gektar.
Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlar umumiy 
hajmining 63,6 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga, 34,7 foizi – fermer 
xo’jaliklariga, 1,7 foizi – qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi 
tashkilotlarga to'g’ri kelishini ko'rsatmoqda. 
Fermer xo’jaliklarining er, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada 
oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib bormoqda, 
fermer xo’jaliklari samaradorligi va rentabelligi o’sishini ta’minlash imkonini 
beradigan moddiy-texnik baza mustahkamlanmoqda, ularning er maydonlarini 
maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda 
fermer xo’jaliklariga barcha zarur xizmatlarni ko’rsatuvchi zamonaviy ishlab 
chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. 


6.2-jadval 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish