V. Kattalar mehnati;
1. Sanoat korxonalari (zavod, fabrika, mebel fabrikasi, chinni ishlab chiqarish
korxonasi, nonvoyxona v.b.) ga sayohat.
2. Kasblar haqida ma’lumot (tikuvchi, kosib, nonvoy, oshpaz, buyoqchi, suvoqchi,
haydovchi, ip yigiruvchi, tukuvchi va d.k.
3. Dehqonchilik, bog‘dorchilik sohalari haqida ma’lumot.
34
4. Cho‘shon-cho‘liqlar, sut sotuvchilar mehnati haqida tushuncha hosil qilish.
5. Pillakorlik mehnati.
6. Qurilish obyektlariga sayohat.
7. Qurilishda ishlatiladigan asbob-uskunalar.
8. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari.
9. Madaniyat xodimlari.
10. Yo‘l harakati qoidalari.
11.Aloqa vositalari (pochta, telefon, telegraf) xizmati.
VI. Bolalar o‘yinlari;
1. Ot uyin, do‘ppi o‘yin, hammompish, tosh o‘yin, chillak o‘yin, varrak o‘yin,
loysuvoq o‘yin.
2. Chitti gul, oq terakmi - ko‘k terak, teddik – sandiq ochildi, boychechagim
boylandi, hakkalakam-dukkalakam.
3. Qorxat, Qorqiz, Qorbobo o‘yinlari.
Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini
boyitish bilan birga, borlanishli nutqi ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan,
Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalarning lug‘at boyligiga birdaniga bir
necha mavzu bo‘yicha so‘zlar, birikmalar ko‘shildi. Masalan, Amir Temur maydoni,
Amir Temur haykali, Amir Temur - buyuk sarkarda, Toshkent mexmonxonalari,
≪
O‘zbekiston
≫
mehmonxonasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, san’at saroyi, Xamza
nomidagi akademik drama teatri, rus drama teatri, O‘zbekiston milliy banki, san’at
muzeyi, markaziy univermag, Chorsu bozori, Navoiy ko‘chasi, hayvonot bori kabilar
shular jumlasidandir. Bular 5-6-yoshli bolalarning kundalik turmushida hali
ishtatilmasa-da, ularning xotirasi
kuchli bulgani bois so‘z va birikmalarni yaxshi o‘zlashtirib oldilar.
Bolalarning nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at boyligini faollashtirish muhim va
zarurdir. Qishloq bolalari ko‘proq o‘ynaydigan o‘yinlar bolalarning sanoqlarni
35
o‘rganishiga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug‘at
boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa qo‘shiq-o‘yinlar muhim ahamiyat
kasb etadi:
Bir-ikki, o‘n olti,
O‘n olti deb kim aytdi?
O‘n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab ko‘r . . .
(O‘yindagi bolalar sanaladi).
Yoki;
Xakkalakam-dukkalakam,
Chori amal, beri amal,
Qayda edi, tog‘da edi
Tog‘man, zuvman . . .
(Chillakda zuvillanadi).
Ayni paytda qo‘shiq-o‘qinlar, topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar bolalarning bilimini
oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi. “Chitti gul-0, chitti
gul”, “Oq terakmi - ko‘k terak”, “Tepdim-sandiq ochildi” ertak-o‘yinlari ham xuddi
shunday ahamiyatga ega o‘yinlardan sanaladi.
Chitti tul-o, chitti gul,
Xay-yu, chitti gul.
Chitti gulga gul bosay,
Xay-yu, chitti gul.
Dukur-dukur ot keldi,
Chiqib qarang kim keldi?
Aravada un keldi,
Childirmada pul keldi.
Xay-yu, chitti gul,
36
Xay-yu, chitti gul.
Yoki qish faslida, oftob chiqqanda bolalar sevib kuylaydigan
≪
Oftob chiqdi
olamga
≫
qo‘shig‘ini olaylik:
Oftob chikdi olamga,
Yugurib bordim xolamga,
— Xola, xola kulcha ber.
Xolam dedi: — Chupchak ter.
Cho‘pchak terdim bir kuloq,
Kulcha yopdi bir uchoq.
Yoz fasli bilan bog‘liq
≪
Laylak keldi, yoz bo‘ldi...
≫
qo‘shig‘i ham bolalarning
sevimli qo‘shiqlarida hisoblanadi:
Laylak keldi, yoz bo‘ldi,
Kanoti qog‘oz bo‘ldi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Xalqasi tushib qoldi,
O‘tirdi yig‘lamoqqa. . .
≪
Chitti gul
≫
,
≪
Dukur-dukur ot keldi
≫
,
≪
Aravada un
≫
,
≪
Childirmada
pul
≫
,
≪
Oftob chiqdi olamga
≫
,
≪
Cho‘pchak ter
≫
,
≪
Kulcha yopdi bir o‘choq
≫
,
≪
Laylak keldi, yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi
≫
mazmuni gullar, qushlar,
narsalarning nomi, ularning asl va ko‘chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir
tomondan bolalarning tez yodlash qobiliyatini oshirib, yangi- yangi so‘zlarning
ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini
faollashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga
qiziqitiradi. Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir insonning
qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishda ham yordam beradi. Bolalar nutqning
37
grammatik qurilishini shakllantirish esa nutqni rivojlantirishda eng muhim
talablardan sanaladi.
Ona tilining grammatik tuzilishini tushunish -bu kamolga yetayotgan yosh
avlodning intellektual shakllanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutq
jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri tuzish, uyushiq bo‘lakli, sodda yoyiq va yiriq gaplarni
tug‘ri qo‘llash malakasini egallay boradilar. Ular tevarak-atrofni kuzatish jarayonida,
masalan, ovqatlanish paytida idishlarni avaylab asrash tug‘risida ma’lumotga ega
bo‘ladilar, guruh xonasidagi buyumlar, ularning shakli, rangi, gullar va guldonlar,
qo‘g‘irchoklar, o‘yinchoqlar bilan muomalada jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri
tuzishga harakat qiladilar. Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida
uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan o‘tib
qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyidagicha yfodalaydi:
—
≪
Vuy, ana u bola eshakda uchayapti
≫
.
Murabbiy tuzatadi:
- eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi;
- yana nimaga miniladi?
- velosipedga miniladi;
- poyezdga miniladi;
- otga miniladi;
- samolyotga miniladi.
Boshqa bir bola tuzatadi:
- poyezdga chiqiladi, samolyotda uchiladi.
Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. Shunda quruvchilik
kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish
materiallari, quruvchilik kasbi —ganchkorlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi; binolarning
balandligi, go‘zalligi va hokazolar haqida jumlalar tuzadilar.
38
Gulzorlar, bog‘larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poyezdlar, gullar,
favvoralar haqirda suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi,
tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o‘xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib
boriladi.
≪
Nima shirin?
≫
,
≪
nima uchadi?
≫
,
≪
tushirib qoldirilgan so‘zlarni
toping
≫
,
≪
men boshlayman, siz davom ettiring
≫
kabi mashqlar ham grammatik
jihatdan jumlalarni to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi. Nutqning tovush madaniyatini
shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar
ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-u, x-x, k-r tovushlarini tug‘ri talaffuz kila olmaydilar.
Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Xojaxon Shohjahon, Yustam - Rustam,
qalga - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo‘l ko‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni
to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish
metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar uzidan kichiklarni jerkib,
ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq
madaniyatiga, meyorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda
tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muxrlanib qoladi.
Samimiy muomala meyori, hatto muomalada ko‘z qarashlari, boshqalar oldida o‘zini
tuta bilish -muomala madaniyatining oddiy talablaridir.
So‘zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng
muhim talablardan sanaladi. So‘zlashuv nutqni bolaning lug‘at boyligiga bog‘liq
bo‘ladi. Bunda bola o‘ziga murojaat qilganlarida suhbatdoshini eshita olish,
tushunish, savollarga to‘g‘ri javob bera olish bilan birga, so‘zlashuv madaniyatini
egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko‘prok,
yo‘naltiruvchi savollar beriladi.
Masalan, tabiatga sayohat paytida:
— Xozir yilning qaysi fasli?
— Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
39
— Bahorda qanday kushlar uchib keladi? kabi savollarning berilishi
bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam beradi.
≪
Ovchilar va
quyonlar
≫
,
≪
Oqsoq va bo‘rilar
≫
,
≪
Nimaning pati?
≫
kabi o‘yinlardagi savol-
javoblar ham bolalarning dialogik nutqini rivojlantiradi. Tarbiyachi bolalarga
≪
nimaning pati?
≫
deb savol beradi.
Bolalar javob beradilar:
— o‘rdakniki;
— qarg‘aniki;
— burgutniki.
Qushning nomini takror aytgan bola biror shartni bajaradi: o‘yinga tushadi,
she’r aytadi yoki qo‘shiq kuylaydi. Bolalarning nutqini rivojlantirishda monologik
nutq (hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda
yuqorida sanab o‘tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo‘ladi.
Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning
asosiy shartlaridan biridir. Zero, nutq bolalar tafakkurini va unga borliq bulgan
zehnni o‘tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toptiradi. Bolalarda hikoya
qilish ko‘nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham
ahamiyatlidir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo‘yicha ertaklar, rasmlar
asosida hikoya tuzish topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday topshiriq ustida
ishlash orqali ularda mustaqillik ijodiy faollik rivojlantiriladi. “Bizning oila”, “Bahor
fasli”, “Yoz — o‘tar soz”, “Qaldirg‘ochlar uchib keldi”, “Qo‘g‘irchoq teatrida”,
“Qish”, “Qor”, “Qorboboning sovrasi”, “Kushlar bizning do‘stimiz”, “Mening
to‘tilarim”,
“Xayvonot
bog‘ida”,
“Ertaklar
mamlakatida”,
“Sirkda”,
“Qo‘g‘irchoqlarim— ovunchoqlarim”, “Uch ayiq”, “Quyonlar”, “Qovoqpolvon” va
boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.
40
Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish, tovushlarni,
qo‘shimchalarni to‘g‘ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan
to‘g‘ri foydalana olishiga yordam berib boriladi.
Kattalarning mehnat jarayonini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga,
daryo, cho‘l, dalalarga sayohatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham
bolalarning borlanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi.
“Bolajon” dasturiga binoan muayyan mavzular buyicha mustaqil jumlalar tuzish, ona
tiliga xos tovush, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga erishish,
rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib
berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish talab etiladi. Lekin kuzatishlar bu
talablarning tuliq bajarilmayotganini ko‘rsatadi. Vaholanki, bolalarning nutqini
rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir. Maktabgacha tarbiya
muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyotning eng yorqin namunalari bilan har
kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez
aytishlar va qo‘shiqlar ular nutqining
ifodaliligini ta’minlab qo‘ya qolmaydi, balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til
imkoniyatlaridan bahramand qiladi.
Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar xam tavsiya etilgan bo‘lib, bular asosiy adabiyotlar
vositasida o‘tiladigan mavzularni to‘ldirishga va mashg‘ulotlarni yanada boyitishga
yordam beradi.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |