Mashhur sarkardalar.
Bolaning millat tarixiga bo‘lgan qiziqishini
shakllantirish va rivojlantirish.
26
Zahiriddin Muhammad Boburning podshoh, shoir va buyuk sarkarda
bo‘lganligi haqida tushuncha berish.
Amir Temur mashhur sarkarda, yirik davlat arbobi bo‘lganligi haqida
ma’lumot berish.
O‘zbekiston harbiy qo‘shinlari va ularning vazifasi, 14-yanvar harbiylarning
kasb bayrami ekanligi haqida tasavvur hosil qilish. Vatanga muhabbat va uni ko‘z
qorachig‘idek saqlash hissini tarbiyalash.
Xalq amaliy san’ati.
Bolada o‘z xalqiga nisbatan muhabbat va iftixor
tuyg‘usini tarbiyalash. O‘zbek xalq amaliy san’atiga oid asarlar, milliy
hunarmandchilik namunalari hamda me’morchilik yodgorliklari bilan tanishtirish.
Ularga naqqoshlik, zardo‘zlik, kulolchilik kasblari haqida ma’lumot berish.
Kattalar mehnati.
Bolaning kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirish.
O‘zbek xalqi qadim-qadim zamonlardan beri dehqonchilik (paxta, bug‘doy,
arpa, sholi, makkajo‘xori va b.) va chorvachilik bilan shug‘ullanishi haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish. Chorvachilikka oid kasblar (cho‘pon, otboqar, sut
sog‘uvchilar) haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Kishilarning bog‘, poliz va dalalardagi mehnatlari haqidagi bilimlarini
mustahkamlash. Masalan, dehqon kuz faslidan yer haydab, kelgusi yil hosilini ekish
uchun tayyorlashi, o‘g‘itlashning ahamiyati, erta bahordan yerga urug‘ ekish, uni
parvarishlash, vaqtida sug‘orish va h.k.
Bolani paxtakorlarning mehnati bilan tanishtirish, uning yerga ishlov berib,
chigit ekishi, hosilni yig‘ib-terib olguncha g‘o‘zani asrab-avaylab o‘stirishi, vaqtida
sug‘orib, ishlov berish bilan birga, bu ishlarda ob-havo injiqliklarini yengishi
kerakligi haqida tushuncha berish.
Pilla, pillakorlar, pillaning ipakli gazlama holiga kelgungacha bo‘lgan mehnati
bilan tanishtirish. Ipak qurti tut bargi bilan oziqlanishi va pilla o‘rashi, undan ipaklar
27
yechilib o‘ralishi va ipakdan turli gazlamalar – atlas, adraslar to‘qilishi haqida
suhbatlar o‘tkazish.
O‘zbek paxtasi va pillasi jahon bozorida o‘z o‘rniga egaligi haqida qisqacha
so‘zlab berish, bola qalbida muvaffaqiyatlarimizdan faxrlanish, iftixor tuyg‘usini
shakllantirish.
Xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan qurilish haqida tushuncha
berish. Bola e’tiborini o‘lkamizda bo‘layotgan katta o‘zgarishlarga, qad
ko‘tarayotgan mahobatli binolar, zamonaviy uylar, keng yo‘llar, mustahkam
ko‘priklar qurilib, ishga tushirilayotganiga qaratish. Quruvchilarning mehnat
natijalari, quruvchilik kasbining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazish.
Bozor, do‘kon, sotuvchi, xaridor haqida, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi
muomala madaniyati haqida tushuncha berish. Bozor va do‘konlarning turlari (oziq-
ovqat, kiyim-kechak, xo‘jalik mollari) haqida tasavvurlarini mustahkamlash.
Bolaning shifokorlar mehnati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Kattalar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ilk mehnat ko‘nikmalarini
o‘rgatish maqsadida, tevarak-atrofda, uyda, guruh xonasida doimiy tartibni,
ozodalikni saqlashga, atrofdagilar uchun foydali bo‘lishga intilishga; navbatchilik
vazifasini mustaqil va sidqidildan bajarishga; stolni ovqatlanishga tayyorlash;
ovqatdan so‘ng idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, stollarni artish; tarbiyachi tomonidan
mashg‘ulotlar uchun tayyorlangan material va qo‘llanmalarni stol ustiga terib
qo‘yish; ijodiy o‘yin burchagini tartibga keltirish, o‘ynalgan o‘yinchoqlarni yig‘ib
joyiga qo‘yish, o‘yinchoq shkafni tartibga keltirish; guruh va yuvinish xonalaridagi
shkaflarni, deraza tokchasidagi changni, o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni artishga
odatlantirish.
Kitoblarni, o‘yinchoqlarni tuzatish ishlarida bolaning faol qatnashishiga
erishish.
28
O‘yin maydonchasi va yo‘lkalardagi barglarni terishga, tozalashga
odatlantirish. Qum idishdagi qumni kovlab yumshatishga o‘rgatish.
Bolada mehnat madaniyatini, xona ichidagi, maydonchadagi tozalik va
tartibdan mamnun bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish.
Kasb – hunarga o‘rgatuvchi “Do‘kon”, “Dehqon bobo”, “Pochta”, “Chevar”,
“Haydovchi”, “O‘qituvchi”, “Hamshira”, “Bozor-bozor”, “Oshpaz” “Bog‘bon-
bog‘bon”, “Kim chaqqon?”, “Nimaning o‘rni o‘zgardi?” kabi o‘yinlarni o‘ynash.
Do'stlaringiz bilan baham: |