52
2.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring
:
Bilaman
Bildim
Bilmoqchiman
MUSIQIY SIMVOLLAR
Nota matnini terishda ba‟zi musiqiy simvollarni qo„yish
zarurati paydo
bo„lishi mumkin. Ushbu simvollar ko„p hollarda bezak vazifasini bajaradi hamda
ular nota matnida maxsus simvollar yoki tahrirlanmaydigan tasvir ob‟yektlari
sifatida aks ettiriladi. Ularni faqat siljitishgina mumkin, xolos. Musiqiy simvollarni
nota matniga kiritish uchun «Create» → «Symbol» buyrug„i (tezkor klavisha «Z»)
yordamida taqdim etiladigan «Symbol» oynasidan foydalaniladi. Ushbu oynada
musiqiy simvollarning umumiy ro„yxati, ularning toifalari bo„yicha tartib bilan
taqdim etilgan (rasmga qarang). Ro„yxatdan kerakli simvolni tanlash va «ОК»
tugmasini bosish orqali uni nota hujjatiga qo„yish mumkin. Simvolni tanlash uchun
sichqoncha ko„rsatkichini
simvolga olib borib, chap tugmasini bosish yetarli.
So„ngra sichqoncha ko„rsatkichini nota hujjatining kerakli joyiga olib borib, chap
tugmasini yana bir marotaba bosish lozim.
Aytib o„tilganidek, musiqiy simvollarni nota hujjatining xohlagan joyiga
siljitish mumkin, shu bois ularni talab darajasida joylashtirish muammo
tug„dirmaydi. Ushbu maqsadda sichqoncha yoki
klaviaturaning boshqaruv
klavishalaridan foydalanish mumkin.
Simvollar oynasining pastki qismida belgilab olingan simvolning musiqa
hujjatida aks ettirilish kattaligini («
Size»
) tanlash mumkin: «Normal» – me‟yoriy
o„lchamda, «Cue size» – asliga nisbatan 75%
kattalikda, «Grace note size» –
asliga nisbatan 50% kattalikda, «Cue grace note size» – asliga nisbatan 25%
kattalikda.
Shuningdek, musiqiy simvolni nota hujjati elementlariga bog„langan holda
joylashuvini («
Attach to»
) belgilash mumkin: «Staff» – nota qatoriga bog„lash,
«System» – nota tizimiga bog„lash.
53
«House Style» menyusining «Edit symbols…» buyrug„idan foydalanib
musiqiy simvollarni tahrirlash va yangi simvollar yaratish mumkin.
Taqdim
etiladigan «Symbol» oynasining (1) pastki qismidagi «New...» (2) tugmasi yangi
simvollar yaratish imkonini beradi. Bunda, avvalambor,
ochilgan oynaning
«Name» (3) maydoniga yangi simvolning nomi kiritiladi. «Music font» (4)
ro„yxatidan yaratilayotgan simvolning shrift garniturasi tanlanadi. Barcha
simvollar Sibelius dasturining va Windows operatsion tizimining shriftlari asosida
yaratiladi, shu bois kerakli shriftni topish va undan pastroqda taqdim etiladigan
mos ro„yxatdan (5) kerakli simvolni (6) tanlash lozim bo„ladi.
Tanlab olingan
simvol konstruktorning ishchi maydonida (7) aks ettiriladi. «Extra Symbol»
oynasining «Add…» (8) tugmasini bosish yordamida simvollar ro„yxatidan
yaratilayotgan simvolning navbatdagi (mazkur holatda, ikkinchi) elementini
tanlash mumkin (9). «Extra Symbol» oynasidagi «Position» guruhiga mansub
boshqaruv tugmalari (10) yordamida simvol elementlarining o„zaro
joylashishi
sozlanadi. Yangi simvol ko„rinishi yaratilganidan so„ng «ОК» tugmasi bosilsa, u
simvollar oynasida paydo bo„ladi.