Musiqiy ovoz rejissyorligi va informatika kafedrasi umurov nodir qosimovich



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana13.03.2022
Hajmi2,69 Mb.
#492408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
04. Sibelius 4, 6. uzb Умуров Н.

Akkordlar
(frans. 
accorde
– rozilik, kelishuv), musiqada – har xil 
balandlikka ega bo„lgan tovushlarning hamohangligi, ularning uyg„unligi. Musiqa 
asarlarida 
akkordlar 
asosan 
tersiyalar 
bo„yicha 
joylashadi. 
Akkordlarning 
uchtovushlik, 
septakkord, nonakkord va boshqa 
ko„rinishlari ko„p uchraydi. 
Sibelius 
dasturida 
akkordlarni hosil qilish unchalik 
qiyin 
emas. 
Akkordlar 
hosil 
qilishning 
asosiy 
variantlari 
«Notes» 
menyusining 
«Add 
interval» buyrug„idan o„rin olgan. Ular ochiladigan menyu-ro„xat tarzida tepadan 
pastga qarab kamayib borish tartibida keltirilgan. Menyu-ro„xatning o„rtasida 
unison joylashgan. Menyu-ro„xatning tezkor klavishalari ham keltirilgan. 
Kompyuter klaviaturasining yuqori qismida joylashgan 1 dan 9 gacha raqamlar 
yordamida belgilab olingan nota uchun akkordlar hosil qilinadi. Masalan, «1» – 
unison, «2» – sekunda, «3» – tersiya, «4» – kvarta va hokazo (1). Belgilab olingan 
nota uchun pastdan akkord intervallarini qo„shish uchun raqamli klavishalar bilan 
birgalikda «Shift» klavishasini ham bosish lozim: «Shift+2» – sekunda, «Shift+3» 
– tersiya, «Shift+4» – kvarta va hokazo (2) (rasmga qarang): 
1)
2)
1.
 
3-mashqni bajaring.
?! 


41 
PAUZALAR 
Sibelius dasturida ma‟lum cho„zimdagi nota kiritilganida taktning qolgan 
qismi takt o„lchoviga muvofiq avtomatik tarzda pauzalar bilan to„ldiriladi (rasmga 
qarang): 
Agarda zarurat bo„lsa, pauzalarning cho„zimini o„zgartirish mumkin. Buning 
uchin pauza belgilanadi «Nota belgilari paneli»ning asosiy yoki boshqa notalar 
bo„limidagi kerakli cho„zimdagi nota bosiladi. Bunda belgilangan pauza o„rnida 
bosilgan notaga mos pauza paydo bo„ladi, taktning 
qolgan qismidagi pauzalar ham muvofiq tarzda 
o„zgartiriladi. Masalan, bo„sh taktdagi butun notaning 
pauzasini belgilaymiz, so„ngra «Nota belgilari 
paneli»ning asosiy notalar bo„limidagi o„n oltitalik 
nota belgisini bosamiz. Ushbu holda butun pauza muvofiq tarzda o„n oltitalik 
pauza bilan boshlanuvchi pauzalar ketma-ketligiga ajraladi (rasmga qarang): 
Ba‟zi holatlarda nuqtali notaga mos keluvchi pauzalarni qo„yish talab etiladi. 
Buning uchun pauza belgilab olinib, nuqtali notaga mos keluvchi nota belgisi 
bosiladi, so„ngra asosiy yoki boshqa notalar bo„limidagi mos nuqta 
(ikki yoki 
uch nuqta) belgisi bosiladi (rasmga qarang):
Ta‟kidlash joizki, panelning yuqori qismida joylashgan nuqta «aksent» deb 
nomlanadi, u notaning tepasiga (ba‟zida pastiga) qo„yiladi. 
Pauzani yo„qotish uchun «Delete» klavishasidan foydalaniladi. 
Multipauzalar 
– pauzalardan iborat bir necha taktlarning bitta pauza sifatida 
ifodalanishi va pauza belgisi ustida taktlar sonining ko„rsatilishi. Odatda, 
multipauzalar orkestr yoki ansambl partiturasining umumiy sadolanishida 
vaqtincha ishtirok etmaydigan cholg„ularining partiyalariga qo„yiladi. Orkestr 
partituralarida barcha cholg„ular o„z joylashish o„rniga ega. Orkestr ijrosi vaqtida 


42 
ba‟zi cholg„ular bir necha takt mobaynida umumiy sadolanishida ishtirok etmasligi 
mumkin. Orkestr partiturasida ushbu cholg„ularning partiyalari pauzali taktlar bilan 
to„ldirilib, davom ettiriladi. Musiqa asarining partiturasi orkestr dirijyori uchun 
yoziladi. Chunki, dirijyor asarning umumiy ijroviy qiyofasini, jumladan pauzali 
taktlarni ham, ko„rib turishi zarur. Biroq, cholg„ularning partiyalarida bu 
ko„rinishdagi yozuvlarni aks ettirilishi orkestr ijrochilari uchun noqulay. Ushbu 
maqsadda ijrochilar partiyalaridagi ketma-ket kelgan pauzali taktlar umumiy 
multipauzalarga almashtiriladi. Ana shunda ijrochi multipauzada ko„rsatilgan 
pauzali taktlar sonini ko„radi va kerakli ijroviy qarorni qabul qiladi.
Multipauzalarni hosil qilish uchun «Layout» menyusiga o„tiladi (1), undan 
«Auto Breaks» buyrug„ini tanlab (2), muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan oynaning 
«Multirests» bo„limiga o„tib (3), «Use multirests» (4) va «Automatically split 
multirests» (5) maydonlariga bayroqcha o„rnatiladi. So„ngra faollashgan kiritish 
maydonlarining (6) birida har bir multipauzaga qamrab olinadigan pauzali taktlar 
soni ko„rsatiladi va «ОК» tugmasi bosiladi. Multipauzalarning hosil qilinishi 
tanlangan kiritish maydoniga ham bog„liq: «Split into groups of … bars» – har bir 
multipauzada pauzali taktlar soni ko„rsatilgan sondan oshmaydi; «Split where bar 
numbers are multirests of…» – har bir multipauza ko„rsatilgan songa karrali 
taktdan boshlanadi va ulardagi pauzali taktlar soni ko„rsatilgan sondan oshmaydi:

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish