Nota shtillarini teskari ag‘darish va notani bir nota qatoridan ikkinchisiga
o‘tkazish
Nota shtilini teskari ag„darish uchun nota belgilab
olinadi va xususiyatlar panelining «General» bo„limidagi
«Flip» maydoniga bayroqcha o„rnatiladi. Natijada notaning
shtili teskari ag„dariladi. Ushbu amalni tezkor klavishalar
yordamida ham bajarish mumkin, buning uchun nota
belgilanadi va «Х» («Ч») klavishasi bosiladi.
Fortepianoda ijro o„ng qo„ldan chap qo„lga yoki
teskarisiga o„tishi mumkin. Boshqacha aytganda, notalarni
bir nota qatoridan ikkinchisiga o„tkazish uchun «Ctrl+Shift+↑» («Ctrl+Shift+↓»)
klavishalar kombinatsiyalaridan foydalaniladi (↑ – pastki nota qatoridan
yuqoridagiga, ↓ – yuqoridagi nota qatoridan pastkisiga).
Bir qo„ldan ikkinchi qo„lga o„tib ijro etiladigan taktlardagi ba‟zi nota
qatorlarida pauzalar qolishi mumkin (rasmga qarang). Ushbu pauzalarni belgilab,
«Delete» tugmasi bosilsa, ular yashirilgan holatga o„tadi.
Notalarning guruhlari (triol, akkordlar)
Ko„p holatlarda musiqa matnlarida «triol» deb nomlanuvchi uchtalik nota
guruhlari uchraydi. Triollarni hosil qilish uchun bo„lajak triol guruhining birinchi
38
notasi kiritiladi (1) (notaning o„rniga pauza ham qo„yish mumkin). Triol guruhi
qaysi cho„zimda bo„lishiga bog„liq tarzda birinchi nota cho„zimi tanlanadi.
Masalan, sakkiztalik triol guruhida birinchi nota sakkiztalik, choraktalik triol
guruhida – choraktalik nota va hokazo bo„lishi zarur. Birinchi nota kiritilganidan
so„ng «Ctrl+3» (2) tezkor klavishalar kombinatsiyasi bosilsa, belgilangan nota
ustida triol guruhi chegaralari chizig„i va raqami hamda qo„shimcha pauzalar
paydo bo„ladi (rasmga qarang):
3-taktda ko„rsatilganidek triol guruhidagi pauzalar bo„lajak notalarning
o„rnini to„ldirib turadi (3). 4-taktda esa barcha notalar terilgan bo„lib, triol guruhi
hosil qilingan. Shunda triolning chegara chiziqlari avtomatik ravishda yo„qoladi
(choraktalik va undan katta cho„zimlardagi triol guruhlari bundan mustasno) va
faqatgina raqamli ko„rsatkich saqlanib qoladi (4).
Hosil qilinadigan triollar guruhlarining xiliga qarab quyidagi tezkor
klavishalar kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin: «Ctrl+2» – duol; «Ctrl+3» –
triol; «Ctrl+4» – kvartol; «Ctrl+5» – kvintol; «Ctrl+6» – sekstol va hokazo.
Ammo, ba‟zi triol guruhlari 10 va undan ortiq notalardan iborat bo„lishi
mumkin. Bunday triol guruhlarini hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
guruhning birinchi notasi kiritiladi (1); «Create» menyusiga kirib (2), «Tuplet»
buyrug„i tanlanadi (3); taqdim etiladigan oynadagi ma‟lumot kiritish maydoniga
bo„lajak guruhning notalari soni kiritiladi (masalan, 12) va «ОК» tugmasi bosiladi.
Shunda talab etilgan triol guruhi hosil bo„ladi (4). «Tuplet» buyrug„i oynasida triol
guruhining chegaralarini va raqamini kerakli shaklda aks ettirilishini ham sozlash
mumkin.
39
1
2
3
4
Triol nota guruhini sozlash ishlarini bajarish uchun
xususiyatlar
panelidagi
«Notes»
(Notalar)
bo„limidan
foydalanish mumkin (1). Ushbu bo„limning pastki qismida
triollarni sozlashga mo„ljallangan ro„yxatlar mavjud (Tuplet, 2).
Chap tomondagi ro„yxat yordamida belgilab olingan triol
guruhining raqamini, nota belgilari bilan ifodalanishini ko„rsatish
yoki yashirish mumkin. O„ng tomondagi ro„yxat yordamida esa
triol guruhining chegara chiziqlarini ko„rsatish yoki yashirish mumkin.
Triol guruhlarining chegara chiziqlarini notalarning tepasidan pastki tarafiga
tushurish yoki pastidan tepa tarafiga ko„tarish uchun chegara chiziqlari belgilab
olinadi (1) va kompyuter klaviaturasidagi «Х» («Ч») klavisha bosiladi (2).
Natijada triol guruhining chegara chiziqlari o„z o„rnini tepadan-pastga yoki
pastdan-tepaga o„zgartiradi.
Triol guruhlari ustida amallarni bajarishda notalarning tarkibiga ahamiyat
berish lozim, chunki bir triol guruhida har xil cho„zimdagi notalar ishtirok etishi
mumkin (rasmga qarang):
Rasmda ko„rsatilganidek, birinchi taktda notalarning pauzalari qo„yilgan (o„n
oltitalik, sakkiztalik, choraktalik pauzalar). Ikkinchi taktda esa triol guruhlari hosil
1
2
40
qilingan (pauzalardan iborat triol guruhlari). Uchinchi taktda esa turli cho„zimdagi
notalarning har xil triol guruhlarida birlashishining ba‟zi variantlari namoyish
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |