64
Web Page…», Sibelius 2, 3, 4, 5…», «Sibelius Student…») tanlash orqali o„sha
formatga konvertatsiya qilish uchun sozlashlarni bajarish jarayoniga o„tiladi.
«
Graphics
…» formati tanlanganda nota hujjati (uning qismlari)ni quyidagi
grafik formatlarga konvertatsiya qilish mumkin: «EPS», «TIFF», «BMP», «PNG»,
«EMF». Buyruq tanlangandan so„ng taqdim etiladigan oynada kerakli format
tanlanadi. Masalan, Word dasturida foydalanish uchun nota hujjatini «TIFF» yoki
«BMP» formatlariga konvertatsiya qilgan ma‟qul.
Konvertatsiya sozlashlari oynasining chap tomonida
dasturlar va grafik
formatlar ro„yxati («Program/Format») taqdim etiladi (rasmga qarang).
Ro„yxatning o„ng tarafida nota hujjatining konvertatsiya qilinadigan
sahifalari ko„rsatiladi («Pages»):
«All» – hujjatning barcha sahifalarini tanlangan grafik formatga o„tkazish;
«Graphics selection» – nota hujjatida «Alt+G» klavishalar kombinatsiyasini
bosib, so„ngra belgilab olinadigan fragmentni tanlangan grafik formatga o„tkazish;
«Selected System» – nota hujjatida belgilangan tizimlarni tanlangan grafik
formatga o„tkazish;
«Pages» – nota hujjatining kiritish maydonida ko„rsatilgan
sahifalarini
tanlangan grafik formatga o„tkazish.
65
Oynaning markazidan o„rin olgan «Folder» guruhi sozlashlari yordamida
konvertatsiya natijalari saqlanadigan fayl va papkalar ko„rsatiladi:
«File name» – konvertatsiya natijalari saqlanadigan fayl nomi;
«Save to» – konvertatsiya natijalari saqlanadigan papka;
«Browse…» – konvertatsiya natijalari saqlanadigan joyni tanlash tugmasi;
«Create subfolder» – konvertatsiya natijalari
saqlanadigan papkada ichki
papka yaratilishini ko„rsatish.
Grafik formatlarga konvertatsiya sozlashlari oynasining o„ng tomonida
konvertatsiya sifati, fayllarning o„lchamlari, kattaligi,
grafikada aks ettiriladigan
elementlar, grafika rangi bo„yicha sozlashlar belgilanadi.
Sibelius 4 va Sibelius 6 versiyalarida nota hujjatlarini «MIDI» va «WAV»
audio formatlariga o„tkazish imkoniyati mavjud. Buning uchun «File» menyusi
«Export» menyu-buyrug„idan «Audio…» varianti tanlanishi lozim.
Nota hujjatinini Sibeliusning boshqa versiyalariga o„girish uchun «File»
menyusi «Export» menyu-buyrug„ining «Export Sibelius 2,3,4,5 or Student»
variantlaridan foydalaniladi. Bunda, taqdim etiladigan faylni saqlash oynasida
konvertatsiya natijalari saqlanadigan
faylning nomi kiritilishi, u joylashtiriladigan
papka va Sibelius versiyasi ko„rsatilishi mumkin (rasmga qarang):
Do'stlaringiz bilan baham: