Elektron Hisoblash Mashinasi



Download 21,89 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi21,89 Kb.
#67037
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi esse


Kompyuterning ma’nosi

EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Kompyuter tashqi qurilmalari

Printer – ma’lumotlarni qog’ozga chop etish vazifasini bajaradi. Uning bir nache turlari mavjud bo’lib, ular ma’lumotlarni turli usularda qog’ozga chop etadi:

Ignali printerlar. Bu turdagi printerlar ma’lumotlarni chop etishda bo’yoqli tasmalardan foydalanadi. Bo’yoqli tasmani mahsus tik joylashgan ignachalar yordamida qog’ogga uriladi. Har bir igna urilishi natijasida qog’ozda nuqtalar paydo bo’ladi. Shuning uchun bu tur printerlari ma’lumotni nuqtachalar yordamida qog’ozda tasvirlaydi.

Lazerli printerlar. Bu tipdagi printarlar ma’lumotni chop etishda lazer nurlaridan foydalanadi. Yani mahsus maghit barabanning ayrim qismlari lazer nurlari ostida magnitlanadi va bu qismlarga metal kukunlar yopishadi. Magnit baraban aylanish jarayonida qog’ozga tegib unga kukunlarni yopishtiradi, keyin qog’oz ikkinchi – isituvchi barabanga bosilib kukunlar qog’oz sirtiga yopishtiriladi va natijada qog’oz sirtida kerakli ma’lumotlar shakllanadi. Bu printerlarning oq-qora va bo’yoqli turlari mavjud.

Bo’yoqli printerlar. Bunday printerlar malumotni qog’ozga bo’yqlarni purkash orqali shop etadi. Bunday printerlar asosan rangli bo’ladi.

Sichqoncha. Bu qurilma kompyuterning qo’shimcha boshqaruv qurilmasi bo’lib, undan ko’mpyuterni boshqarishda, dasturlarni ishga tushirish, tasvirlar chizish, o’yinlarni boshqarish kabi bir qator hollarda foydalaniladi. Sichqonchaning sharli, optik turlari mavjud. Sichqonchaning stol ustidagi harakatini komptyuterga uzatish uchun unga ikki hil qurilma o’rnatish mumkin. Birinchi turda sichqoncha ostiga sharcha o’rnatib, shu sharchaning harakatiga qarab sichqonchaning stoldagi harakati aniqlanadi. Ikkinchi usulda uning ostiga mahsus optik qurilma o’rnatilib, bu qurilma sichqoncha ostidagi sirt(stol yuzasi)ning harakati ahiqlanadi. Sichqonchaning tugmachalari soni ham har hil bo’lishi mumkin. Uning tugmachalari ko’proq bo’lsa, bajaradigan faoliyati ham ko’proq bo’ladi.

Skaner. Bu qurilma ma’lumotlarni qog’ozdan o’qib kompyuterga uzatish uchun mo’ljallangan. Skanerda kuchli hur chiqaruvchi uzunchoq chiroq jaylashgan bo’lib, undan chiqqan nurlar qog’ozdan qaytishini tekshirib tasvirni aniqlovshi fotodiodlar yordamida ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. Oligan ma’lumotlar asosida kompyuterda qog’ozdagi tasvirning nushasi paydo bo’ladi.

Trekbol. Bu qurilma ham sichqoncha kabi yordamchi boshqaruv qurilmasidir. Trekbol sharchasini burish orqali ekrandagi tasvirni burish mumkin.

Planshet. Bu nurli qalam va doskachadan iborat qirilma kompyuterga tasvirlarni qo’lda chizib kiritish imkonini beradi. Nurli qalam yodamida planshet doskachasida chizilgan tasvir kompyuterga uztilib, ekranda uning nusxasi paydo bo’ladi.

UPS – zahira ta’minot manbai bo’lib, u elektr energiyasi uzilib qolganda ma’lum vaqtgacha kompyuterni zarur energiya bilan ta’minlab turadi. UPSning ba’zi turlari kompyuterni qisqa vaqt, 10-15 daqiqa davomida ta’minlab, undagi ma’lunotlarni doimiy hotiraga joylab olish uchun imkon yaratadi. Kompyuterni uzoq vaqt, bir necha soat yoki kun davomida energiya bilan taminlab tura oladigan UPSlar ham mavjud bo’lib, ulardan internet va lokal tarmoq serverlarini o’chib qolmasligini ta’minlash uchun foydalaniladi. Bunday UPS qurilmalari qimmatroq bo’ladi. UPSlardan boshqa elektr jihozlari uchun ham foydalanish mumkin. Ammo bu qurilmalarga katta energiya talab etedigan elektr jihozlarini ulash mumkin emas. Masalan, dazmol, elektr suv qaynatish choynaklari ulansa UPS yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Modem kompyuterni tashqi dunyo bilan telefon tarmog’i orqali bog’lash qurilmasi bo’lib, u orqali uzoq masofadagi kompyuterlar bilan bog’lanish, umumiy tarmoqlarga, hususan internet tarmog’iga ulanish mumkin. Telefon apparanlarining bazi turlari ma’lumotni qog’ozdan “o’qish” va chop etish imkoniyatiga ega bo’lib, yana ular ma’lumotni telefon tarmog’I orqali shunday apparat yoki kompyuter ulangan nuqtalarga jo’natishi mumkin. Bu apparatlar faks-modem deyiladi. Dastlab modemlar ushbu maqsadda, yani qog’ozdagi malumotlarni masofaga uzatishga mo’ljallangani uchun faks-modem deb yuritiladi.

Multimedia. Kompyuterni tovush hosil qiluvchi qurilmasi bo’lib, bu qurilma yordamida musiqa tinglash, ovozli o’quv dasturlarini yaratish, o’yinlar o’ynaganda tovushlarni eshitish mumkin. Multimedia qurilmasi mikrofon, karnaychalar va quloqchindan iborat bo’ladi. Kuchaytirilgan multimediya tizimida yana qo’shimcha video va avdio apparatlarga bog’lanish moslamalari, tele va radio to’lqinlarni qabul qilish jihozlari ham bo’lishi mumkin.
Kompyuterning ichki qurilmalari
Kompyuterlar usiz ishlamaydigan eng muhim periferiya platasi (agar tizimli platada qo‘shib ishlangan, o‘rnatilgan videoadapter bo‘lmasa), bu videokarta yoki videoadapterdir (3.6-rasm). Videoadapterga 1,8 metrgacha uzunlikdagi kabel yordamida monitor ulanadi. Videoadapter protsessordan olingan buyruqlarni monitor ekranidagi tasvir nuqtalarining yorqinligini boshqaruvchi uchta analog: qizil, yashil va ko‘k signal qilib qayta ishlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina tizimli platalar o‘rnatilgan (qo‘shib ishlab chiqarilgan) videoadapterga ega bo‘lib, u asosan idoraviy ilovalar uchun yaraydi, shuning uchun multimediya ilovalarining ishlashini yaxshilash uchun baribir "tashqi" videoadapter o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.

Axborot to‘plovchining eng eski tipi - egiluvchan disklarning diskovodidir (3.8-rasm). Garchi, zamonaviy kompyuter usiz ham ishlay olsada, dasturiy ta’minotni sozlash bo‘ycha deyarli barcha ishlar bu diskovodning mavjudligini hisobga oladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar egiluvchan disklardan kompyuterlar korxonaning lokal tarmog‘iga ulanmagan, konfedensial (maxfiy) axborot almashish uchun internetdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan paytda bir-biri bilan axborot almashish uchun foydalanadilar.

Hozirgi kunda eng mashhur ommalashgan axborot saqlovchi lazer kompakt disklardir. Ko‘p hollarda CD-ROM yoki DVD uzatmalardan foydalanadilar. Bular kompakt disklardagi axborotni o‘qib olishlari va qaytarishlari, masalan, musiqani eshittirishi yoki yangi dastur o‘rnatishlari mumkin. Keyingi vaqtlarda esa narxlar pasayganidan so‘ng CD-R yoki CD-RW turdagi kompakt-disklarga axborotni yoza oladigan CD-RW uzatmalari ommalashib ketdi, endi CD ROM va egiluvchan disklarning diskovodlari o‘rniga CD-RW uzatmalarini o‘rnatish tendensiyasi paydo bo‘ldi.

Ovoz kartasi kompyuterning majburiy qismi (komponenti) emas, chunki har bir tizimli blokda dinamik o‘rnatilgan (lekin ulardan taraladigan ovoz sifati juda yomon). Ammo dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar hozir qaysidir ovoz adapteri bo‘lishini talab qiluvchi dasturlar tuzmoqdalar. Ovoz platasining o‘zi kompyuterning ichiga o‘rnatilgan dinamik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Shuning uchun ovozni eshitish uchun alohida ovoz kalonkalari talab qilinadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda ular monitoring korpusiga montaj qilingan bo‘ladi.

Kompyuterning hamma qismlarini quvvat bilan ta’minlovchi ta’minot (iste’mol) bloki an’ana bo‘yicha chetda (periferiyada)gi uskuna hisoblanmaydi. Ammo shuni bilish lozim-ki, zamonaviy ta’minot bloki shunchaki zarur kuchlanishni ishlab chiqarish bilan kifoyalanmaydi, balki u kompyuterning yoki tashqi uskunalarning buyruqlariga ko‘ra, ish rejimini ham o‘zgartirishi mumkin.

Tizimli plata kompyuterning o‘ta muhim qismlaridan biridir, chunki u kompyuterning hamma uskunalarini bir butun qilib birlashtiradi. Amalda aynan u kompyuterning bosh parametrlarini, masalan, siz qanday protsessorni ishlatishingiz mumkinligini, protsessor bilan tezkor xotira (039) bir-biri bilan axborotni qanday tezlikda almashishini belgilab beradi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ta’minot blokidan tashqari, chetda (periferiyada) joylashgan bu uskunalardan istalgani yo‘q bo‘lganda ham kompyuter ishlayveradi. Tizimli plataning o‘zida esa har doim ularsiz kompyuter, hatto yoqilmaydigan bir nechta qism o‘rnatiladi. Ularning eng muhimlari bu protsessor va tezkor xotiradir. Bundan tashqari, katta tezlikda ishlaydigan protsessorlar uchun majburiy vositalar (atributlar) to‘plamiga protsessor korpusining darajasini xavfsiz kattalikkacha tushirish uchun zarur bo‘lgan ventilyatorli sovutuvchi radiator kiradi. Protsessor kompyuterning yuragidir u hamma hisoblarni bajaradi va tashqi uskunalarni boshqaradi. Kompyuterning quvvati uning unumdorligiga bog‘liqdir. Konstruksiya jihatidan protsessor markazida metall plastikasi joylashgan keramik (sopol) plastina ko‘rinishida ishlangan. Tizimli plata bilan ulanish uchun protsessor past tomonda tilla suvi yugurtirilgan chiqishlar - oyoqchalar bilan ta’minlangan. Ularnig soni esa bir necha yuzta bo‘lishi mumkin..
Tizimli platada protsessorni o‘rnatish uchun soket (Soket) deb ataluvchi ajratish joyi mo‘ljallangan. Shuningdek, korpuslari kartrij ko‘rinishida ishlangan protsessorlar ham mavjud, bunday protsessorlar uchun slot (Slot) deb ataluvchi ajratish joyi (rez’yom) o‘rnatiladi.

Ancha yuqori chastotalarda ishlovchi zamonaviy protsessorlar haddan tashqari qattiq qizib ketadi. Ammo protsessorlar ham mansub bo‘lgan yarim o‘tkazgichli mikrosxemalar 80-100 darajadan ortiq haroratga chidolmaydi. Ozgina qizib ketsa ham, ular yo o‘chib qoladi, yoki ishdan chiqadi. Protsessorning korpusini sovutish uchun katta miqdorli qovurg‘alarga ega bo‘lgan alyuminiy yoki misdan yasalgan og‘ir radiatorlardan foydalaniladi. Ularni ventilyator havo bilan puflab turadi. Ventilyator uchun "kuler" (inglizcha, "cooler" - muzlatgich, issiqlikni oluvchi) atamasi ommaviydir. Bir qator tizimli platalar u chiqarayotgan va ko‘tarilayotgan shovqinni kamaytirish uchun ventilyatorning aylanish tezligini tartibga solib tura oladi..

Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, ancha yangi tizimli platalarda ISA slotlarini o‘rnatmaslikka harakat qilinadi, ularning o‘rniga bitta AMR slotini yoki ovoz kartasi, yoki modem uchun mo‘ljallangan, AC'97 spetsifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi CNR slotini montaj qilinadi. O‘ngda esa Intel korporatsiyasining protsessorini o‘rnatish uchun katta soket joylashgan. Ushbu holatda - bu Soket 370 dir (Pentiuim, AMD K5 hamda K6 protsessorlari uchun keng tarqalgani Socket7 edi). Pentium 4 protsessorlari uchun boshqacha jaylashtirilgan va kontaktlari soni boshqacha bo‘lgan soketlar ishlatiladi. Athlon va Duron protsessorlari uchun Socet A dan foydalaniladi. Tizimli plataning pastida 168 kontaktli DIMM modullarini o‘rnatish uchun uchta slot joylashgan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, xotira modullari uchun 2 tadan 4 tagacha miqdorda bo‘lgan slotlar ko‘pincha plataning o‘ng qanotida o‘rnatiladi.

Ko‘rib chiqilayotgan tizimli plata AT shakl-omiliga ega bo‘lgani uchun unda faqat klaviaturani ulash uchun ajratish joyi bor, xolos. U o‘ng tepa burchakda joylashgan. ATX shakl-omilga ega bo‘lganda esa tizimli platada ketma-ket va parallel ulanadigan interfeyslar uchun ham uzilish joylari (raz’yomlar) o‘rnatiladi. Pastki chap burchakda kompyuterning chap paneliga chiqaruvchi indekatorlar va tugmachalarni ulash uchun kontakt maydonlari montaj qilingan. Bu yerda, shuningdek, ichki dinamik va klaviaturaning qulfini (bu qulfdan uni korpusga o‘rnatish ham qulay) ulash uchun kontaktlar mavjud.

Ular yordamida kompyuterning konfiguratsiyasi yaratiladigan jamperlar uchun Jn va JPn sifatida belgilangan kontaktlar butun tizimli plata bo‘yicha erkin joylashtirib chiqilgan. Jamperlarning to‘plami nimaga mo‘ljallangani va qanday joylashuvi har bir tipdagi tizimli plataning faqat o‘ziga xos bo‘ladi. Ularni to‘g‘ri o‘rnatish uchun tizimli plataga oq bo‘yoqlarda bitilgan yozuvlardan yoki mazkur plataning hujjatlaridagi ko‘rsatmalardan foydalanish kerak.

VIA yozuvli kvadratlar - bu chinsetning mikrosxemalaridir. Battery yozuvni doiracha kompyuterning konfiguratsiyasini saqlashga mo‘ljallangan. BIOS yordamida o‘rnatiladigan CMOS xotirani ta’minlovchi 3 voltli tizimli kuchlanishdir.



Download 21,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish