Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Tayyorlov bosqichi
. Bu bosqichning asosiy maqsadi bola diqqatini maqsadga 
qaratilgan logopedik jarayonga qaratish. Buning uchun bir qator umumpedagogik va 
maxsus logopedik masalalarni yechish lozim. 
Muhim umumpedagogik masalalardan biri mashg‘ulotlar yo‘nalishini 
shakllantirishdir: logoped bolani logopedik kabinet jihozlariga, muhitiga o‘rgatishi, 
bolada mashg‘ulotga nisbatan qiziqish va xohish uyg‘otish lozim. Bolalarda notanish 
odamlarga nisbatan uyalish, tanglik, indamaslik ba’zi hollarda, hatto qo‘rquv hollari 
ham kuzatiladi. Logopeddan asosan xushmuomalalilik talab qilinadi; bola bilan 
munosabatda rasmiyatchilik, qattiq qo‘llik qilish kerak emas. 
Bola mashg‘ulot qoidalariga rioya qilishi, logoped bergan instruksiyalarni 
bajarishni, muloqotga faol ravishda kirishishni o‘rganishi kerak. Mashg‘ulotlarga 
tushungan holda, erkin faoliyat shaklida yondashishni shakllantirish lozim. 
Tayyorlov etapining muhim masalalaridan biri erkin diqqat, xotira, fikrlash 
operatsiyalarini, analiz va sintez, taqqoslash, xulosa chiqarish operatsiyalarini 
rivojlantirishdir. 
Maxsus logopedik masalalardan biri tovushlarni bir-biridan ajratishga, tanishga, 
artikulyatsiyani shakllantirishni bilish va ko‘nikishga o‘rgatishdir. 


Bu masalalar dislaliyaning qaysi formasi ekanligiga qarab parallel yoki ketma-ket 
ravishda yechiladi. Idrok qilish jarayoni buzilmagan artikulyar formada (fonematik yoki 
fonetik) bo‘lsa, yuqoridagi masalalar parallel ravishda olib boriladi. 
Dislaliyaning akustiko-fonematik formasining muhim masalasidan biri bolalarni 
fonemalarni tanishga, ajratishga va eslab qolishga o‘rgatishdir. Bu yuqoridagi 
masalalarni yechmasdan tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini shakllantirishga o‘tib 
bo‘lmaydi. Bola tovushni to‘g‘ri talaffuziga erishishi uchun, u tovushni (fonemani) 
eshita bilishi lozim. 
Dislaliyaning aralash va murakkab shaklida retseptiv bilimlarni rivojlantirish 
uchun artikulyar bazani shakllantirish lozim. Fonematik idrok qo‘pol buzilgan bo‘lsa, 
artikulyar bilim va malaka jarayonlarini shakllantirish ishlari olib boriladi. 
Artikulyatsion bazani shakllantirish uchun bir qancha mashqlar turi, metodik 
tavsiyalar, talaffuzni to‘g‘rilash uchun qo‘llanma va didaktik talablar ishlab chiqilgan. 
Dislaliyada qo‘pol motor buzilishlar yo‘q. Dislalik bolada nutq uchun maxsus 
bo‘lgan artikulyatsion organlar harakatining ayrimlari shakllanmagan. Artikulyatsion 
organlar harakatining shakllanish jarayoni erkin va tushungan holda amalga oshadi: 
bola vazifani to‘g‘ri bajarishga va artikulyatsion organlar harakatini nazorat qilishga 
o‘rganadi. Zarur bo‘lgan harakatlar oldin ko‘rsatilib taqlid qilish asosida 
shakllantiriladi: logoped oyna oldida bolaga tovushning to‘g‘ri artikulyatsiyasini 
ko‘rsatadi, tushuntiradi, qanday harakatlarni bajarishni ko‘rsatadi va qaytarishni 
so‘raydi. Ko‘rish nazorati ostida bir necha marta qaytarish natijasida bola to‘g‘ri 
(kerakli) vaziyatni egallashga erishadi. Agar bola qiynalsa, logoped zond yoki shpatelь 
bilan yordam beradi. Keyingi mashg‘ulotda ko‘rsatmasiz og‘zaki instruksiya bo‘yicha 
qildirishga harakat qilish kerak. Keyinchalik bola to‘g‘ri bajarayotganini kinestik 
sezgisi asosida tekshirishi mumkin. Bola qachon artikulyatsiyani ko‘rsatmasiz, bexato 
bajarsa, Shunda o‘zlashtirib olgan bo‘ladi. 
Tovush talaffuzini 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish