§4. Aqli zaiflik darajalari
Yengil darajadagi aqli zaiflikning namoyon bo‘lishi.
Engil darajadagi aqli zaif bolalar maxsus dastur bo‘yicha ta’lim
olishlari mumkin. Bu dastur bolalarga matematika, yozuv,
o‘qish va boshqa predmetlarni ancha oson o‘zlashtirishga
yordam beradi. Keyinchalik ular kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lib,
ishlab chiqarishda mustaqil mehnat qila oladi.
Engil darajadagi aqli zaif bolalar nutqiy ko‘nikmalarini in-
sonlar bilan muloqotlarga sarflaydilar, lekin ularning nutqida
fonematik buzilishlar, duduqlanish, so‘z boyligining kamligi,
so‘zlarni yaxshi tushunib etmaslik, ishlatayotgan so‘zlarni aniq
bilmaslik kabi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘z mu-
loqot sifatida qo‘llanilmaydi. Faol so‘z boyligi takrorlanadigan
so‘zlarga to‘la. So‘z birikmalari grammatik me’yorlardan yiroq,
sifat, bog‘lovchilar ishlatilmaydi. So‘zlari bir bo‘g‘inli, uzuq-
yuluq holda fikrni ifoda etishda qiynaladilar. Bir xil hollarda
umumiy nutqiy etishmovchiliklar uchraydi.
Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, sezgi organla rining
zaiflashuvi, atrof-muhitga bo‘lgan moslashishga xalaqit beradi.
Qabul qilishning yaxshi rivojlanmaganligi aqli zaif bola-
ning atrof-muhit va o‘zi haqidagi aniq fikrga kela olmasligini
bildiradi.
Ranglarning o‘xshashligi, predmetlarning o‘zaro farqlanishi,
hajmlar noaniq tasavvurga olinadi va analiz, sintez jarayonida
xalaqit beradi. Diqqat-e’tibor noaniq, qattiq talab qilingan hol-
da jalb qilish, tez toliqish, chalg‘ishga olib keladi. Bu aqli zaif
bolaga katta qiyinchiliklar tug‘dirib, nafaqat maktab dasturi,
hattoki o‘zini boshqarishda ham murakkabliklarni tug‘diradi.
Xotira zaifligi, eslash qobiliyatining sustligi, tez yoddan
chiqarishi, qaytarishning noaniqligiga olib keladi. Shu bilan
birga, mexanik xotira yaxshi saqlanadi. Hislari to‘la diffrensi-
yalanmagan. Ular atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moyil emas.
Ular sekingina kulib qo‘yish lozim bo‘lganda, xoholab kula-
dilar. O‘zlarining qahr-g‘azablarini esa, berkita olmaydilar.
18
19
Qiyinchilik bilan qadriyatlar, estetik hissiyotlar shakllanadi.
Olgisi kelgan narsadan mahrum bo‘lgan paytda, o‘zini tiyol-
maslik hissi paydo bo‘ladi. Kayfiyati odatda muntazam rav-
ishda bir xil emas.
Aqli zaif bolalarda intilish, ehtiroslarni jilovlash, qaysarlik,
shaxsiy motivlar rivojlanmagan bo‘ladi. Harakatlari passiv, tez
xulosa chiqara olmaydilar, noo‘rin xatti-harakatlari bilan ha-
yotga moslashishlari qiyinlashadi. Ko‘p hollarda bunday bolalar
o‘z-o‘ziga xizmat qila oladilar, o‘zlari ovqatlanadilar, yuvinib-
kiyinadilar, hojatxonaga bora oladilar. Hatto uy-ro‘zg‘or ishlar-
ida ham qatnashadilar, (garshi juda sekin harakat qilsalar ham).
Ularning hayotga moslashuvi qiyin bo‘lgani uchun ja-
moatchilikdan ajralib turadilar. Psixomotor etishmovchiligi
harakatlarning sustligiga olib keladi. Ko‘pincha maktab das-
turini bajarishda bu yaqqol ko‘zga ko‘rinib, o‘qish, yozishda
qiyinchiliklarga uchraydi. Ko‘p hollarda engil aqli zaif insonlar
mehnatga jalb qilinadilar, ularga ko‘p qiyin bo‘lmagan vazifa-
lar yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |