Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda
bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
86-modda. Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarining tatbiq etilishi
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada
o‘rnatilgan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi.
Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: