Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda.  Xodimning  maxsus  yozma  shartnoma  asosida  unga  ishonib



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/237
Sana29.04.2020
Hajmi0,88 Mb.
#48122
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   237
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1)

203-modda.  Xodimning  maxsus  yozma  shartnoma  asosida  unga  ishonib

topshirilgan  qimmatliklarning  saqlanishini  ta’minlamaganligi  uchun  to‘liq  moddiy

javobgarligi

Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodim maxsus yozma

shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi

uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi. Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat




vazifasiga  kirmaydigan  xodim  bilan  to‘liq  moddiy  javobgarlik  haqida  tuzilgan  shartnoma

haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qiluvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan

xodim  bilan  ishga  qabul  qilish  paytida  ham,  keyinchalik  ham  mehnat  shartnomasiga

qo‘shimcha  tarzda  to‘liq  moddiy  javobgarlik  haqida  maxsus  yozma  shartnoma  tuzilishi

mumkin.


To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladigan xodimlarning toifalari ro‘yxati

jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi bilan kasaba

uyushmasi  qo‘mitasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik  organi  o‘rtasidagi  kelishuvga  binoan

belgilanadi.  Bevosita  pul  yoki  tovar  boyliklari  bilan  muomala  qiluvchi  xodimlar  tomonidan

ishlar  birgalikda  bajariladigan,  jamoa  (brigada)  moddiy  javobgarligi  joriy  etilishi  mumkin

bo‘lgan bo‘linmalarning ro‘yxati ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.

Agar  xodim  talabgor  bo‘layotgan  ish  (lavozim)  to‘liq  moddiy  javobgarlik  haqida

shartnoma  tuzishni  talab  qilsa,  xodim  esa  bunday  shartnoma  tuzishga  rozi  bo‘lmasa,  ish

beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqlidir.

Yakka  tartibdagi  to‘liq  yoki  jamoaning  (brigadaning)  to‘liq  moddiy  javobgarligi

to‘g‘risidagi  shartnomada  mehnat  shartnomasi  taraflarining  xodimga,  jamoaga  (brigadaga)

ishonib  topshirilgan  qimmatliklarning  saqlanishini  ta’minlash  bo‘yicha  vazifalari  aniq

ko‘rsatiladi  hamda  ularning  qo‘shimcha  huquqlari,  majburiyatlari  va  javobgarligi  belgilab

qo‘yiladi.

Yakka  tartibdagi  to‘liq  moddiy  javobgarlik  haqidagi  shartnomaga  binoan  qimmatliklar

ularning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladigan aniq bir xodimga

topshiriladi. Bunday shartnoma tuzgan xodim javobgarlikdan ozod bo‘lish uchun o‘zining aybi

yo‘qligini isbotlab berishi kerak.

Jamoa  (brigada)  moddiy  javobgarligi  haqidagi  shartnomaga  muvofiq  qimmatliklar

ularning  saqlanishini  ta’minlamaganligi  uchun  to‘liq  moddiy  javobgarlik  yuklatiladigan,

oldindan  belgilangan  shaxslar  guruhiga  (brigadaga)  topshiriladi.  Brigadaning  ayrim  a’zosi

javobgarlikdan ozod bo‘lish uchun o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berishi lozim.

Zarar  ixtiyoriy  ravishda  to‘langanda  (206-modda)  brigada  har  bir  a’zosining  aybi

darajasi  brigadaning  barcha  a’zolari  bilan  ish  beruvchi  o‘rtasidagi  kelishuvga  asosan

belgilanadi.  Zarar  sud  tartibida  undirilganda  brigada  har  bir  a’zosining  aybi  darajasi  sud

tomonidan aniqlanadi.

Qimmatliklarga oid xizmat (saqlash, sotish, tashish, qayta ishlash) bilan shug‘ullanuvchi

korxonalarda ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik

organi  o‘rtasidagi  kelishuvga  binoan  tahlika  (tavakkalchilik)  jamg‘armasi  tuzilishi  mumkin,

kamomadlarni shu jamg‘arma hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yiladi.

Xodim  bilan  to‘liq  moddiy  javobgarlik  haqida  yozma  shartnoma  tuzilmagan,

shuningdek  bunday  shartnoma  pul  yoki  tovar  qimmatliklari  bilan  muomala  qilish  xizmat

vazifasiga  kirmaydigan  xodim  bilan,  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmagan  shaxs  bilan  yoki  ushbu

moddaning uchinchi  qismida  ko‘rsatilgan  xodimlar  toifasi  ro‘yxatiga  kirmaydigan  shaxs  bilan

tuzilgan  hollarda  ish  beruvchiga  yetkazilgan  zarar  uchun  xodimga  cheklangan  moddiy

javobgarlik  yuklatilishi  mumkin.  Bunday  hollarda  xodimga  to‘liq  moddiy  javobgarlik,  ushbu

Kodeksning 202-moddasi birinchi qismining 2 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud

bo‘lsagina yuklatilishi mumkin.




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish