212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va
yo‘riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga, shuningdek
ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan
har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har
qanday baxtsiz hodisa haqida o‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i
va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |