208-modda. Korxonaga uning rahbari tomonidan yetkazilgan zararning to‘lanishi
Korxona mulkdori yoki u vakolat bergan organ bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
bo‘yicha ishlayotgan korxona rahbari tomonidan korxonaga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda
belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona rahbaridan yetkazilgan zararni undirib olish sud tartibida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi
(“Da’vo ishini yuritish”).
(208-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni
tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |