207-modda. Zararni undirish tartibi
O‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda yetkazilgan zarar summasi aybdor
xodimdan ish beruvchining farmoyishiga muvofiq undiriladi. Farmoyish zarar yetkazilganligi
aniqlangan kundan boshlab bir oy ichida chiqarilishi mumkin.
Etkazilgan zararning xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan summasi uning o‘rtacha oylik
ish haqidan oshib ketsa yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa,
zarar sud tartibida undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi
(“Da’vo ishini yuritish”).
Do'stlaringiz bilan baham: |