201-modda. Xodimning moddiy javobgarligi chegarasi
Agar ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, xodim yetkazilgan
zarar uchun o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori doirasida moddiy javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 169 va 202-moddalari.
Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni g‘ayriqonuniy
ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning 274-
moddasida belgilangan miqdorda moddiy javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |