a‘zolari tarkibini fanning ustuvor yо‗nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-
tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat
tomonidan e‘tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy
maktablar an‘analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta‘minlash
maqsadida 32 ta olim О‗zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a‘zosi etib
tasdiqlandi.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev 2016 yil 30- dekabr kuni ilm-fan
vakillari bilan bо‗lgan uchrashuvi chog‗ida ‖...bugungi zamon barcha sohalar
qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kо‗tarishni talab qilayotganini, zotan,
jamiyat oldida turgan dolzar masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanligini
ta‘kidlab‖ о‗tdi va ―mazkur sohani qо‗llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor
vazifalardir‖, deya qayd etdi.
Uchrashuvda:
-fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirsh;
-mavjud ilmiy salohiyat va mablag‗larni iqtisodiyot tarmoqlaring buyurtmalari
va muayyan muammolarini yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor
tadqiqotlarga yо‗naltirish;
-jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar
akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish;
-yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashda birinchi bosqich – maktab
ta‘limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali
mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta‘minlash;
-Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bо‗lgan
Innovatsion markaz tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Dunyo miqyosida ilm-fanga bо‗lgan e‘tibor bundan buyon ham kuchayib
boraveradi. Bu tabiiy, albatta. Chunki 21 asr – ilm-fan, intellektual salohiyat asri.
Mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi ilm-fan ravnaqiga bog‗liq.
Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev 2019 yilning may oyida
О‗zbekiston Milliy Universitetida oliy ta‘lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari
rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bо‗lgan uchrashuvda
ushbu soha vakillari oldiga ilm-fanni rivojlantirsh bо‗yicha dolzarb vazifalar
qо‗ydi, shuningdek, uchrashuvda olimlarni ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash,
rag‗batlantirish, ularni uy-joy bilan ta‘minlash, oylik maoshlarini oshirish bо‗yicha
takliflar bildirdi. Darhaqiqat, har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-
tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va
innovatsion markazlar bо‗lishi maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatda
investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar –
―nou-xau‖lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: