Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

 
2.
 
Mustaqillik yillarida madaniyat va sportning rivojlanishi. 
О‗zbekistonning mustaqillikka erishishi milliy madaniyat, adabiyot va sport 
rivojiga keng yо‗l ochdi. Ularning rivojlanishida mamlakat rahbariyatining doimiy 
e‘tibori muhim ahamiyat kasb etadi. О‗zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning «О‗zbekkino» davlat aksionerlik jamiyatini, musiqiy 
ta‘limni qayta tashkil etish, madaniyat va san‘at ta‘lim muassasalarini faoliyati 
tо‗g‗risidagi farmonlarida, Vazirlar Mahkamasining milliy raqs va xoreografiyani 
rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risidagi qarori va boshqa hujjatlarida sohaning 
asosiy yо‗nalishlariga e‘tibor qaratilgan.
90-yillarning oxiriga kelib, О‗zbekistonda 53 teatr va kо‗ngilochar 
muassasalar, madaniyat va san‘at yо‗nalishidagi 27 ta maxsus о‗quv muassasalari 
mavjud bо‗lib, ulardan 5 tasi oliy о‗quv yurtlari edi. 
О‗zbekiston madaniyatining chuqur tarixiy ildizlarini, uning bosqinchilarga 
qarshi kurashini aks ettiruvchi spektakllar nafaqat poytaxt, balki, viloyat teatrlarida 
ham namoyish etiladi. Kо‗pgina adabiyot va san‘at asarlarida kundalik hayotini, 
respublikada tinchlik va osoyishtalikni о‗rnatish uchun kurash manzaralari 
yoritilgan. Ularda yosh avlodni ma‘naviy va estetik tarbiyalashga katta e‘tibor 
qaratilmoqda. Buning uchun hamma joyda bolalar uchun yoshlar teatrlari tashkil 
etilgan. Bir qator teatrlarning jamoalari Amerika, Osiyo va Yevropa 
mamlakatlariga gastrol safarlarida bо‗lib, dunyoni О‗zbekiston bilan, о‗zbek xalqi 
madaniyati bilan yaqindan tanishtirib bormoqdalar. 
Munojat 
Yо‗lchiyeva, 
Farruh 
Zokirov, 
Qizlarxon 
Dо‗stmuhammedovalarning Angliya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Turkiya va 
boshqa mamlakatlardagi tomoshabinlar konsert zallarida samimiy kutib olishdi. 
Amerikalik qizlar xalq artisti Kizlarxon Dо‗stmuhamedova rahbarligida о‗zbek 
milliy raqslarini katta qiziqish bilan о‗rganmoqdalar.


О‗zbekistonda о‗tkazilayotgan san‘at festivallari respublika madaniyati 
yutuqlarining yorqin namunasidir. Har yili о‗tkaziladigan Mustaqillik festivallari 
milliy musiqa madaniyatining gullab-yashnashining о‗ziga xos namoyishiga 
aylangan. 
Butun umrini о‗zbek milliy madaniyati va adabiyoti rivojiga baxsh etgan bir 
qator ijodkorlar - G‗afur G‗ulom, Oyek, Abdulla Qahhor, Mulla Tо‗ychi 
Toshmuhamedov, Muhiddin Qoriyoqubov, Yunus Rajabiy, Abror Hidoyatov va 
boshqalar mustaqillik yillarida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan 
taqdirlandilar.
Har kuni madaniyat va adabiyot sohasida о‗sib kelayotgan yosh kadrlarni 
tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jamiyatning ma‘naviy madaniyatini 
boyituvchi yosh iste‘dodli egalari, bastakorlar va shoirlarni rag‗batlantirish 
maqsadida respublika Prezidenti tashabbusi va taklifi bilan «Nihol» mukofoti ta‘sis 
etildi. 
О‗zbekistonlik sportchilarning yutuqlari ham tahsinga loyiq. Mamlakat 
sportchilarning jasorati, ularning rekordlari О‗zbekistonni jahon sport arenalariga 
olib chiqdi. Butun mamlakat bо‗ylab katta shahar va viloyat markazlarida futbol va 
tennis kortlari barpo etilmoqda. Toshkentda jahon miqyosidagi «Yunusobod» va 
«Jar» sport majmualari barpo etildi. 
1992 yilda Norvegiyada bо‗lib о‗tgan Qishki Olimpiya о‗yinlarida 
о‗zbekistonlik Lina Chiryazova oltin medalni qо‗lga kiritdi. Olimpiadada birinchi 
marotaba davlat madhiyasi yangradi va О‗zbekiston Respublikasining davlat 
bayrog‗i kо‗tarildi. 1994 yilda Yaponiyada bо‗lib о‗tgan Osiyo о‗yinlarida 
о‗zbekistonlik sportchilar kо‗plab medallarni qо‗lga kiritishdi. Futbol bо‗yicha 
О‗zbekiston milliy terma jamoasi finalda Xitoy terma jamoasini yutib, Osiyo 
о‗yinlari chempioniga aylangani quvonarlidir. 1996 yilda Atlanta shahrida bо‗lib 
о‗tgan Yozgi Olimpiya о‗yinlarida о‗zbekistonlik sportchilarning yutuqlari ham 
sezilarli bо‗ldi. Xuddi shu yili Xalqaro Olimpiya Qо‗mitasining qarori bilan jahon 
sportini rivojlantirishdagi xizmatlari, Olimpiya о‗yinlari g‗oyalariga sadoqati 
uchun Respublika Prezidenti I.A. Karimovga «Olimpiya oltin» ordeni topshirildi. 
Sо‗nggi yillarda kurashchilar, bokschilar, shaxmatchilar va tennischilarning 
yutuqlari ayniqsa sezilarli bо‗ldi. О‗zbek kurashi dunyo miqyosida tan olingan 
sport turiga aylandi. Dunyoning 50 ga yaqin davlatlari sportchilarini birlashtirgan 
Xalqaro kurashchilar federatsiyasi tashkil etildi. Kurash bо‗yicha chempionatlar 
har yili respublika va jahon miqyosida о‗tkazila boshlandi. 
Prezident kubogi uchun xalqaro tennis turniri yetti marotaba о‗tkazildi. 2000 
yilgi kubok musobaqalarida xalqaro darajadagi tennischilar - AQSH kubogi sohibi 
Marat Safin, Olimpiya chempioni Yevgeniy Kafelnikov va boshqalar ishtirok 
etishdi. 


Sovet Ittifoqi hukmronligi davrida О‗zbekistonda bitta xalqaro shaxmat 
grossmeysteri tayyorlangan, xolos. Mustaqillik yillarida о‗n bitta shaxmatchi 
bunday yuqori kо‗rsatkichga erishdi. Jahon chempioni bо‗lgan yosh xalqaro 
grossmeyster Rustam Qosimjonov mamlakatning faxri bо‗ldi. 
Sidneyda (2000) yozgi Olimpiya о‗yinlarida о‗zbekistonlik 77 sportchi 
ishtirok etdi, bu avvalgilariga qaraganda ancha kо‗p. Ular 4 medalni qо‗lga 
kiritishdi ( 1 oltin, 1 kumush, 2 bronza ). 
2004 yildagi Afina (Gretsiya) Olimpiadasida о‗zbekistonlik sportchilari ikkita 
oltin medalga sazovor bо‗lishdi. 
2006 yilda Doxa shahrida (Qatar) bо‗lib о‗tgan Osiyo о‗yinlarida О‗zbekiston 
sportchilari 40 ta medalni qо‗lga kiritdilar ( 11 ta oltin, 14 ta kumush va 15 ta 
bronza). 
2008 yilda О‗zbekiston Pekindagi (Xitoy) Olimpiada о‗yinlarida birinchi 
о‗rinni egallab, dunyoning 204 mamlakati vakillari ishtirok etgan nufuzli xalqaro 
musobaqada g‗olib bо‗lib, 1 ta oltin, 2 kumush va 3 bronza medalini qо‗lga 
kiritdilar. 
2016 yilda Rio-de Janeyro shahrida bо‗lib о‗tgan yozgi Olimpiada о‗yinlarida 
yurtimiz sportchilari 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qо‗lga kiritdi. 
Zero, hech bir soha sportchalik mamlakatni tez suratda dunyoga tanita olmaydi – 
degan ibora naqadar tо‗g‗ri aytilganligini bilish mumkin. 



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish