Chor
Rossiyasi
davrida
ham,
sovet
totalitarizmi
davrida
ham
mustamlakachilik siyosati О‗zbekiston xalqlarining tarixiy, ma‘naviy va madaniy
yо‗qotishlariga olib keldi.
Zero, mamlakatimiz suverenitetini tom ma‘noda ma‘naviy, milliy, diniy va
tarixiy qadriyatlarni tiklamasdan amalga oshirib bо‗lmaydi. Shu sababli,
О‗zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq respublikada siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy о‗zgarishlar bilan bir qatorda, xalqning ma‘naviy merosi va
madaniy qadriyatlarini tiklashga alohida e‘tibor qaratildi. Jamiyatni ma‘naviy
yangilash, milliy mustaqillik g‗oyasini shakllantirish О‗zbekiston Respublikasi
suverenitetini mustahkamlashning ajralmas qismiga aylandi.
Zamonaviy madaniy о‗zgarishlarning milliy modeli suveren milliy rivojlanish
dasturining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning nazariy va konseptual asoslari
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ishlab
chiqilib, hayotga tatbiq etilgan. Ularda milliy uyg‗onishning strategik vazifasini hal
etish ma‘naviy tiklanishsiz amalga oshirilmaydi va faqat «yuksak ma‘naviyat
buyuk kelajakka yо‗l ochadi», degan fikr ustuvorlik qilgan.
Islom Karimov о‗z davrida ushbu muammoni kо‗rib chiqib, quyidagi
xulosaga keladi: «Biz
о‗z taqdirimizni о‗z qо‗limizga olib, azaliy
qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini
hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz,
xalqimiz aslar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo
etayotganimiz, bu yо‗lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan
olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun
hammamiz chuqur anglaymiz‖. Shu nuqtai nazardan О‗zbekiston Respublikasining
birinchi rahbari «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» kitobida mustaqil
О‗zbekistonning ma‘naviy rivojlanishi konsepsiyasini yaratib bergan.
О‗zbekistonda qabul qilingan ma‘naviy rivojlanish konsepsiyasi О‗zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga asoslanadi. Prezidentning farmonlarida, nutqlarida,
Vazirlar
Mahkamasining
qarorlarida,
mamlakatning
davlat
dasturlarida
Konsepsiyani hayotga tatbiq etish choralari belgilangan. Konsepsiya davlatning
oila, ta‘lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, diniy birlashmalar, madaniyat va
sport, ommaviy axborot vositalari va shu kabi ustuvor institutlar bilan о‗zaro
munosabatlarining meyoriy asosidir. Ushbu hamkorlikning maqsadi esa,
odamlarning ma‘naviy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta‘minlashdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: