3.
Milliy istiqlol g„oyasi va mafkuraviy masalalar.
Respublika mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy о‗zgarishlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida suveren
О‗zbekiston Respublikasining mafkurasini shakllantirish zaruratini kun tartibiga
qо‗ydi.
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 7
mayda II chaqiriq Oliy Kengashning XII sessiyasidagi nutqida milliy ongni
rivojlantirishni milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning ajralmas qismi deb
atadi. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyatni yangi
tafakkur va g‗oyaviy tiklanishsiz amalga oshirish mumkin emas va busiz
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishishni aqlga sig‗dirib
bо‗lmaydi. Shuningdek, I.Karimov milliy istiqlol mafkurasining mohiyati haqida
gapirib, yangi mafkuraning mazmuni eski mafkuraviy dogmalardan xalos bо‗lgan
va О‗zbekiston Respublikasi mustaqil mafkurasi bilan qurollangan shaxsni
tarbiyalashdan iborat ekanligini ta‘kidladi.
Mamlakatimiz tarixi kо‗rsatib turibdiki, yagona maqsad va g‗oyasiz jamiyat
yо‗q bо‗lib ketadi va ichki hamda tashqi dushmanlarning oson о‗ljasiga aylanadi.
Milliy istiqlol mafkurasi ming yillik о‗tmishni О‗zbekiston xalqlarining buyuk
kelajagi bilan bog‗laydigan kо‗prik bо‗lib xizmat qiladi. U odamlarni yagona
umumiy maqsad - respublika mustaqilligini mustahkamlash, Vatan ravnaqi,
odamlar, yuzdan ortiq millat va elatlar, bugungi kunda Respublikada istiqomat
qilayotgan turli dinlar nomidan birlashtiradi.
Milliy istiqlol g‗oyasining roli va ahamiyati har xil fundamentalistik va
ekstremistik oqimlarning xavfi oldida, ayniqsa, dolzarbdir. Shubhasiz, О‗zbekiston
Respublikasi
suverenitetining
barqarorligi
va
mustahkamligi,
avvalo,
respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy-axloqiy hayotini bozor
munosabatlari sharoitida demokratik jamiyat qurish yо‗lida barqarorlashtirish bilan
ta‘minlanadi. Shu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasining eng muhim vazifasi
yosh avlodni vatanparvarlik, о‗z Vataniga sadoqat va muhabbat ruhida
tarbiyalashdir. Respublikada odamlar, ayniqsa, yosh avlodni ma‘naviy, mafkuraviy
tarbiyalashga katta e‘tibor berilmoqda. О‗zbek davlatchiligi tarixida axloqiy
tarbiya doimo e‘tibor markazida bо‗lib kelgan. Shoir ta‘biri bilan aytganda,
―о‗zbek ma‘naviyati jahon madaniyatini bezab turgan gultojlardan biridir‖. Hozirgi
Do'stlaringiz bilan baham: |