о‗quv yilida umumiy о‗rta ta‘lim sohasida 9794 ta kunduzgi va 41 ta kechki
umumta‘lim maktablari mavjud bо‗lib, ularda mos ravishda 6130,5 va 20,9 ming
о‗quvchi о‗qidi.
Umumta‘lim muassasalaridagi о‗qitish usullaridan biri - turli fanlarni chuqur
о‗rgatishni keng tatbiq qilishdir. 2004-2005 о‗quv yilida bunday muassasalar soni
2853 taga yetgan bо‗lib, ularda 473 ming о‗quvchi ta‘lim olmoqda edi. Aqlan zaif
yoki nogiron bolalar uchun maxsus maktablarda 18,8 mingta о‗quvchi ta‘lim
olgan. 2004-2005 о‗quv
yilining boshiga kelib, umumiy о‗rta ta‘lim tizimida
mehnat qilayotgan maktab о‗qituvchilarining soni 476,9 ming kishiga yetdi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2012 yil 16-17-fevral kunlari
Toshkentda xalqaro hamjamiyatni О‗zbekistonda ta‘lim sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar samaralari, bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalashda davlatning roli va bu borada tо‗plangan boy tajriba bilan keng
tanishtirish maqsadida ―Yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni
tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning
eng mо‗him sharti‖ mavzusida xalqaro konferensiya о‗tkazildi. Unda dunyoning
48 mamlakatidan soha vakillari qatnashdi.Konferensiya yakunida qabul qilingan
rezolyusiyada О‗zbekistonning ta‘lim tizimini rivojlantirish borasidagi tajribasini
о‗rganish bо‗yicha tavsiyalar qabul qilindi.
Sо‗nggi ikki yil ichida (2017-2019 y.y.) maktab ta‘limida 11 yillik tizimga
о‗tish, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallashtirish, nodavlat ta‘lim
xizmati kо‗rsatish bо‗yicha keng kо‗lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 238 ta
yangi maktab barpo etildi.Holbuki, 2010-2016 yillarda bu sohaga yetarli e‘tibor
berilmagani tufayli 99 ta maktab yopilgan edi.
Bugungi
kunga kelib, ta‘lim sohasini rivojlantirish va isloh qilish sohasida
katta natijalarga erishildi, sohani yaxlit, uzluksiz tizimi shakllandi va
mustahkamlandi. Umumiy о‗rta ta‘limdan boshlab о‗rta maxsus,
kasb-hunar va
oliy ta‘limgacha bо‗lgan barcha bosqichlrda yuksak bilimli va malakali kasb
tayyorgarligiga ega bо‗lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari
izchil davom ettirilayotganligini kо‗rib turibmiz.
Prezidentimiz 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasiga qilgan Murojaatnomasida ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlarga alohida tо‗xtalib, shunday dedi:‖2017 yilda yangi ta‘lim
muassasalarini qurish, mavjudlarini ta‘mirlash ishiga alohida e‘tibor qaratildi. 12 ta
umumta‘lim maktabi yangidan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi,152 ta
maktab kapital ta‘mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta‘lim
muassasasi
rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‗cha kapital ta‘mirlandi.‖
Sо‗nggi 3-4 yil ichida О‗zbekistonda mutloq yangicha mazmunga ega
bо‗lgan ijod maktablari – Toshkentda A.Qodiriy va Said Ahmad, Jizzaxda Hamid
Olimjon,
Andijonda
Muhammad
Yusuf,
Farg‗onada Erkin Vohidov,
Qashqadaryoda Abdulla Oripov,
Namanganda Ibrat, Xorazmda Ogahiy nomidagi
maktablar, Toshkentda Temurbeklar va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan
maktablar, shuningdek, Prezident maktablari tashkil etildi.
Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasida ham ta‘lim masalasiga keng tо‗xtalib:‖...ilm-fan, zamonaviy va
uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning tо‗liq sikliga investitsiya kiritishga,
ya‘ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bо‗lgan davrda
uning tarbiyasiga sarmoya
sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar
miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu kо‗rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha
imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart‖, deb ta‘kidlab о‗tdi.
2020 yilda 36 ta yangi maktablar qurish, mavjularining 216 tasini kapital
ta‘mirdan chiqarish kо‗zda tutilgan bо‗lib, bu ishlarga 1,7 trln. mablag‗ sarflanishi
rejalashtirilgan. Aynan 2020 yil 14 sentabrda О‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim
tо‗g‗risida‖ gi zamonaviy qarashlar bilan boyitilgan yangi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunni qabul qilinishi ortidan maktabgacha ta‘lim, xalq ta‘limi va oliy va
о‗rta maxsus ta‘lim tizimidagi о‗quv ishlari yangi formatda olib borilishi belgilab
berildi.
Muhtaram Pezidentimizning 2020 yil 1-oktabr – О‗qituvchi va murabbiylar
kuniga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta‘kidlanganidek
Do'stlaringiz bilan baham: