Kelgusi yil
3.Mustaqillik yillarida oliy ta‟lim va hamkorlik aloqalari.
3. Mustaqillik yillarida oliy ta‟lim va hamkorlik aloqalari.
О‗zbekistonda oliy ta‘lim davlat tasarrufidagi oliy ta‘lim muassasalari tizimi
orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda О‗zbekiston oliy ta‘lim
muassasalarida
ikki bosqichli oliy ma‘lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida
2 yil muddatli magistratura. Bunday tizim oliy ta‘limning moslanuvchanligini, turli
bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga muvofiq ta‘lim yunalishi va
mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy ta‘limning joriy
etilganligi О‗zbekiston oliy ta‘limining jahon ta‘lim makoniga kirib borishini
ta‘minlamoqda. 2004-2005 о‗quv yilining boshiga kelib, respublikada 63
ta oliy
ta‘lim muassasalari faoliyat kо‗rsatdi. Ularda 263,6 ming talaba tahsil oldi. Oliy
ta‘lim muassasalari tizimi muntazam kengayib bormoqda. 2001 yildan boshlab oliy
ta‘lim muassasalarida о‗qish uchun ta‘lim kreditlari berish joriy qilindi.
Respublikada talabalarning aksariyati kunduzgi shaklda о‗qitilmoqda. 2004-2005
о‗quv yilida talabalarning 70,7 foizi kunduzgi shaklda, 29,3 foizi esa sirtqi shaklda
о‗qitildi. Oliy ta‘limning nufuzi ortib borayotganligini tufayli, 1997 yildan boshlab
oliy ta‘lim muassasalariga qabul qilinganlar soni ortib bormoqda. 2004 yilda
respublika oliy ta‘lim muassasalariiga 59,3 ming talab qabul qilingan bо‗lib, bu
1997 yilga nisbatan 2,1 baravar kо‗pdir. Oliy ta‘limga qabulning ortishi oliy ta‘lim
muassasalariga kirishdagi tanlovning ham ortishiga olib kelmoqda. Masalan, 2004
yilda har 100 о‗ringa 433 ta ariza tushdi. Eng kо‗p ariza tushayotgan
mutaxassisliklar yuridik, iqtisod va pedagogik yо‗nalishlar bо‗lib, ularda bir
о‗ringa 5-7 kishi tо‗g‗ri keldi.
О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20
iyuldagi
Farmoyishiga binoan mamlakatda kadrlarni kontrakt tо‗lovlari asosida tayyorlash
boshlandi. 2004-2005 о‗quv yilida 174,8 ming talaba kontrakt tо‗lovlari asosida
ta‘lim oldi, bu esa shu о‗quv yilida ta‘lim olayotgan barcha talabalarning 66,3
foizini tashkil etadi.
Respublikadagi oliy ta‘lim sohasida oliy darajadagi kadrlar salohiyati
saqlanib kelmoqda. 2004 yilda 22,7 mingta professor-о‗qituvchilarning 7,1
foizi
fan doktorlari, 34,4 foizi esa fan nom zodlari edi. О‗rtacha har bir professor-
о‗qituvchiga 13 ta talaba tо‗g‗ri keldi.
2015 yilda Respublikada 76 ta oliy о‗quv yurti faoliyat kо‗rsatgan bо‗lsa,
shundan 3 tasi Akademiya, 20 Universitet, 37 tasi institu, 1 tasi konservatoriya, 2
tasi oliy maktab (texnika va milliy raqs), 8 tasi Respublika va chet el oliygohlari
filliallari bо‗ldi. Hozirda oliy ta‘lim muassasalarining soni 126 taga yetdi. Birgina
sо‗nggi tо‗rt yil ichida 43 ta oliy ta‘lim muassasasi, shu jumladan, 13 ta
xorijiy oliy
о‗quv yurti tashkil etildi. Shulardan qariyb, 10 dan ortig‗i о‗z-о‗zini mablag‗ bilan
ta‘minlash tizimiga о‗tgan, 30 ga yaqini esa modul va modul-kredit tizimida
faoliyat kо‗rsatmoqda. 5 ta OTM transformatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda. 100
dan ortiq yangi bakalavriat yо‗nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi
bо‗yicha kadrlar tayyorlash yо‗lga qо‗yildi. Joriy yilda (2020 y.) oliy о‗quv
yurtlariga bir yarim millionga yaqin yoshlarimiz hujjat topshirdi. Bu raqam о‗tgan
yilga nisbatan 40 foizga kо‗p demakdir.
О‗zbekistonda о‗rta va о‗rta maxsus ta‘lim maskanlari bitiruvchilarini oliy
ta‘lim bilan qamrab olish 2016 yilgacha 9-10 foizni tashkil etgan bо‗lsa, bu
kо‗rsatkich 2017-2018 yillarda 15 foizni tashkil etdi. Lekin bu hali yetarli emas.
Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qarydigan bо‗lsak,
bu ularda
60-70 foizni tashkil qiladi. Shuni e‘tiborga olib, yoshlarni oliy ta‘limga qamrab
olishni 2020 yilda 20 -25 foizga, 2030 yilga borib 30-35 foizga yetkazish nazarda
tutilgan. Oliy ta‘lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqib, qabul
kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etilmoqda. Davlat grantlari 2 barobarga
Do'stlaringiz bilan baham: