Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va
innovatsiyalardir.
Kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar
Xulosa о‗rnida, Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga
qilgan Murojaatnomasida qayd etilgan ushbu jumlalarni keltirish joiz:‖...intelektual
va madaniy salohiyatni qanday noyob boylik ekanini, nodir talant egalarini
tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga
haqqimiz yо‗q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga
aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat‖.
2. Ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar.
О‗zbekiston mustaqillikka erishgach dastlab, ta‘lim sohasidagi davlat
siyosatining huquqiy asoslari yaratildi. Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar
ichida birinchilardan bо‗lib, О‗zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil
2 iyulda «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonunni tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta‘lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta‘lim tizimi, uning boshqaruv
tarkibi, pedagog hodimlarning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyatlari aniq belgilab
berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta‘lim sohasida
amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati
bо‗ldi.
Ta‘lim tizimi О‗zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor
yо‗nalishlardan biri sifatida qabul qilindi va ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta‘limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy о‗rta, shuningdek, о‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining
majburiyligi;
о‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yо‗nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida о‗qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bо‗lishni va iste‘dodni rag‗batlantirish;
ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‗unlashtirish.
О‗zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e‘tiqodi,
dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi,
Respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat‘iy nazar, har kimga
bilim olishda teng huquqlar kafolatlangan (О‗zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi, 41-modda).
О‗zbekistonda mustaqillikni dastlabki kunlaridan Davlat tomonidan
quyidagilarni amalga oshirish yо‗lga qо‗yildi:
davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta‘lim olishni tashkil etish;
ta‘lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul о‗qitish,
shuningdek, ta‘lim muassasalarida shartnoma asosida tо‗lov evaziga kasb-hunar
о‗rgatish;
barcha turdagi ta‘lim muassasalarining bitiruvchilarini keyingi bosqichdagi
о‗quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bо‗lishini ta‘minlash;
boshqa davlatlarning fuqarolarini О‗zbekiston Respublikasida halkaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega bо‗lishi;
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bо‗lmagan shaxslar bilim
olishda О‗zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bо‗lishi.
Ta‘lim sohasidagi islohotlarning asosiy yо‗nalishlari uning demokratik,
insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an‘analari va
pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg‗or yutuqlari asosida
ta‘lim mazmunini tubdan о‗zgartirish, shu maqsadda о‗qituvchilar, pedagogik
jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har
tomonlama rag‗batlantirish, bilim va kо‗nikmalarining puxtaligini ta‘minlaydigan
zamonaviy didaktik vositalarni qо‗llashni keng kо‗lamda yо‗lga qо‗yish, shu
asosda ta‘lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bо‗ldi.
Buning natijasida 1997 yil 5 iyunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini
tuzish» komissiyasi tashkil etildi.
О‗zbekistonda ishlab chiqilgan ta‘lim sohasini islohotlashtirish konsepsiyasi
eng muhim maqsadlar sifatida quyidagilarni kо‗zda tutdi:
ta‘lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yо‗naltirish;
aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta‘lim olish
uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
ta‘lim xizmatlarining barqaror va sifatli kо‗rsatilishini ta‘minlash maqsadida
ta‘lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish;
ta‘lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish.
О‗zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va ta‘limni islohotlashtirish
Konsepsiyasi О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29
avgustda qabul qilingan «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida о‗z aksini topdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga
oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |