O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


 Shaxslararo muloqotda biznes etikasi va ma’naviyatining



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

5.2. Shaxslararo muloqotda biznes etikasi va ma’naviyatining 
boshqarilishi 
 
Shaxslararo muloqotda biznes etikasi va ma’naviyati namoyon 
bo‘ladi. 
Muayyan muloqotda shaxs o‘z rolini bajaradi (ya’ni, undan kutilgan 
harakat amalga oshiriladi). Bunday holatda shaxsning o‘zi anglamagan 
stereotiplar harakat tartibini belgilab beradi.
Tashkil etilgan har bir makon kishi xususiyatining indikatori hisob-
lanadi. Masalan, boshliqning kabineti, odatda, shunday makon bo‘lishi 
mumkin. U yerdagi makonning har nuqtasi uni egallamoqchi bo‘lgan 
subyektning maqomini belgilashi mumkin, chunki subyekt rahbar 
makonidan ma’lum masofaga uzoqlashtirilgan. Shuning uchun boshliq 
kimga yaqinroq joyga o‘tirishni taklif qilsa, boshqalar tomonidan bu 
kishi boshliq hurmat qilgan yoki ishongan odami deb qabul qilinadi. 
Biznes muloqotining har bir ishtirokchisi makonda o‘ziga yarasha 
harakat usulini tanlash va uni o‘z manfaati bo‘yicha tasarruf etishda 


52 
erkindir. Bunday tashkillashtirishning bir qator o‘ziga xos qoidalari 
mavjud: 

makon qancha keng bo‘lsa, sherik harakatiga shuncha ko‘p ta’sir 
qilishning imkoni bor. Muloqot makoni qismlarga bo‘linishi lozim. Bu 
qismlar muayyan “psixologik markaz” bilan bog‘lanadi. Bu markaz 
rolini rahbar, eshik, yozuv doskasi, deraza va shu kabilar bajarishi 
mumkin. Boshqa barcha qismlar markazdan uzoqlashib, tegishli 
maqomga ega bo‘lib qolaveradi. 

qo‘shimcha muomalalarni amalga oshirmasdan makonning 
ma’noga ega bo‘lgan qismlarini almashtirish mumkin emas (masalan, 
tobe bo‘lgan kishilarga rahbarning o‘rniga o‘tirish, muzokora olib borish 
va h.k.). Agar joy yetishmasa, ko‘p funksiyali makonlar bo‘lishi 
mumkin. Bunday holatda har bir funksiyani amalga oshirish uchun 
nazorat kerak bo‘ladi (ma’lum vaqtda biror-bir ish stoli atrofida majlis 
o‘tkazish, choyxo‘rlik uchun yig‘ma stolning mavjudligi); 

biznesmenning taxmin qilinayotgan o‘zaro faoliyatining xusu-
siyatini, makonda joylashtirilgan predmetlarning himoya funksiyalarini 
kamaytirish yoki oshirish orqali tartiblashtirilsa bo‘ladi, ya’ni: 

yumshoq mebel – norasmiy muloqot, taranglashib turgan muhit-
ning yumshashi; 

ishchi stol - har bir ishtirokchi muayyan joyni egallaydi; bu ja-
rayon paritet usuli asosida amalga oshirilishini nazorat qilish kerak. 
Makonni “egallab olish usullari”: vizit kartochkasi, reklama prospekti, 
shartnoma loyihasi va b. 

minbar – yuqori rasmiylashtirilgan muloqot (masalan, boshliq 
rahbarligida blankalar to‘ldiriladi); 

deraza – o‘ta rasmiyatli muloqot. Ishtirok etuvchi kishilar ro‘yxati 
cheklangan. 
Muloqot vaqtida kishilar o‘zgarib boradigan makondagi joylarni 
egallaydi. Boshqa ishtirokchi bilan joy almashish, hamkorlik qilishga 
tayyor turish. 
Tinglovchilarni auditoriyada joylashtirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Zamon va makondagi muloqotni tashkil qilish haqidagi fan - 
proksemika quyidagi joylashtirish usullarini taklif qiladi (2-jadval). 


53 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish